Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet77/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Boshqaruv tuzulmasi korxona boshqaruvi organlarining tarkibi, ularning bajariladigan vazifalar va faoliyatni muvo­fiqlashtirish shakllariga muvofiq ixtisoslashishi bilan belgilab beriladi. U rasmiy ravishda korxonaning nizomi bilan ifodalanadi va bo‘limlar to‘g‘risidagi maxsus nizomlar, boshqaruvning hamma darajalaridagi lavozim yo‘riqnomalari bilan hujjatlar ko‘rinishida rasmiy­lashtiriladi.
Alohida xodimlar va bo‘linmalar tuzulmaning elementlari bo‘lib hisoblanadi, ular o‘rtasidagi munosabatlar esa gorizontal va vertikal bo‘yicha ajratilishi qabul qilingan bog‘lanishlar tufayli saqlab turiladi.
Gorizontal bog‘lanishlar kelishuv xususiyatiga ega bo‘lib ular, odatda, bir pog‘onali bo‘ladi.
Vertikal bog‘lanishlar — bu bo‘ysunish bog‘lanishlaridir. Ularga bo‘lgan zaruriyat boshqaruv bir nechta pog‘onaga (ya’ni iyerarxik boshqaruv) ega bo‘lganda paydo bo‘ladi. Har qanday (eng kichikdan tortib eng kattasigacha) tashkilot uchta asosiy elementga: rahbar, bo‘ysinuvchi xodim va bajarilishi kerak bo‘lgan ishga ega bo‘lishi lozim. Katta tashkilot­larda ushbu elementlar ko‘p marta takrorlanadi, shuning uchun ularning birikmasini tashkiliy yacheykalar deb hisoblash mumkin. Elementlarning o‘zaro harakatlari tashkilotdagi munosabatlarni belgilab beradi, ular gorizontal (bir pog‘onali) va vertikal (ko‘p pog‘onali) bog‘la­nishlar tufayli saqlanib turadi.
Bog‘lanishlar maqsadga erishish yo‘lidagi alohida harakatlarni muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi va menejment jarayonida amalga oshiriladi.
Tashkiliy tuzulmani yasashda u gorizontal bo‘yicha kerakli bo‘g‘inlar soni va vertikal bo‘yicha kerakli boshqaruv darajalari (pog‘onalari) sonini asoslab berilishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Boshqaruv bo‘g‘ini — boshqaruvning tegishli funksiyalarini bajaruvchi tuzulmaviy bo‘linmalar yoki alohida mutaxassislar.
Boshqaruv darajasi (pog‘onasi) — teng huquqli bo‘g‘inlar majmuasi.
Bo‘g‘inlar quyi, yuqori turuvchi va teng huquqli bo‘ladi. Pog‘onalar sonini tuzulmaning turi, uning murakkabligi — ikki, uch, to‘rt pog‘onali bo‘lishi nuqtayi nazaridan belgilanadi. Bosh­qaruv tuzulmasining har bir pog‘onasidagi bo‘g‘inlar soni bajarila­digan ishlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, belgilangan boshqaruvchilik me’yorlaridan oshmasligi lozim (Nu). Odatda, quyidagi bosh­qaruvchilik me’yorlari asos sifatida olinadi: bo‘lim mudirlari uchun Nu = 6—12 kishi, tashkilot rahbari uchun esa Nu = 5—8 kishi. Boshqaruvning har bir pog‘onasida boshqaruv­chilik me’yoriga rioya etilishi har bir rahbar uchun bir maromdagi ruhiy-jismoniy ish rejimini ta’minlash imkonini beradi.
Boshqaruv tuzulmalarida bog‘lanishlar chiziqli va funksional xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Chiziqli bog‘la­nishlar boshqaruv qarorlarining va chiziqli deb ataluvchi rahbarlar, ya’ni tashkilot­ning faoliyati uchun to‘liq javob beradi­gan shaxslar (ombor mudiri yoki dorixona direktori) yoki tashkilotning tuzulmaviy bo‘linmalari faoliyati uchun javob beradigan shaxslar (ombor, dorixona bo‘limlarining mudirlari) o‘rtasidagi axborot harakatini aks ettiradi. Funksional bog‘la­nishlar axborot va boshqaruv qarorlarining harakat chizig‘i bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iyerarxik boshqaruv tuzulmalarining ko‘pincha quyidagi: chiziqli, funksional, shtabli, matritsali turlari taqdim etiladi. Shuningdek, ularning modifikatsiya qilingan chiziqli-funksional, chiziqli-funksional-shtabli va hokazo turlari ham uchrab turadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har qanday tashkilotning rivojla­nishida an’anaviy iyerarxik tuzulmadan tegishlicha foyda­lanish bosqichini o‘tish majburiydir. Bu davr qisqa yoki uzoq davom etadigan bo‘lishi mumkin ammo undan „sakrab o‘tish“ tashkilotni „Rahbar — bo‘ysunuvchi xodim“ munosabatlarini ishlab chiqish va ularni tashqi muhit yanada murakkabroq va samaraliroq tuzulmalarni talab qilishi darajasiga olib chiqish imkoniyatidan mahrum etadi.
Farmatsevtika tashkilotlarida ko‘pincha boshqaruv tuzulmala­rining to‘rtta: chiziqli, chiziqli-shtabli, funksional, chiziqli-funksional xilini ko‘rish mumkin. Matritsali tashkiliy tuzulma turi kamroq uchraydi. 15.3- jadvalda boshqaruv tuzulmalarining asosiy turlarini solishtirma tavsifi keltirilgan.


15.3- jadval



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling