Tashkilot rivojining sikli — vaqt davri bo‘lib, uning miqyosida tashkilot o‘zining ichki qadriyatlari va yo‘nalishlarini jiddiy ravishda o‘zgartiradi.
Oxirgi bosqich albatta tashkilotning tugatilishi bilan yakunlanishi shart emas. U yangi hayotiy sikl doirasida qaytadan tiklanishi mumkin. Agar tashkilot bozorda yangi o‘ringa ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, bu holda u qaytadan keyingi rivojlanish sikliga o‘tib, uning hamma bosqichlarini bosib o‘tadi, yangi inqiroz bundan istisno emas.
Rivojlanishning 1-sikli davrida shaxsiyatlararo muomala, jamoada qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish qadriyatlari ustuvor bo‘ladi; 2-sikl davrida — faoliyatni maksimal shakllantirish va tartibga solish; keyingi davrlarda esa tadbirkorlik potensialini shakllanishiga yo‘nalishlik ustuvorlik qiladi.
Rivojlanishning bundan yuqori sikli har qaysi xodim va umuman hammani sifatga yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga farmatsevtika yordamining sifatini va xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir bosqich doirasida dominant bo‘lib qoladi.
Ko‘rinib turibdiki, farmatsevtika tashkilotining rivojiga obyektiv qonunlar ta’sir ko‘rsatadi (15.1- jadval), bunda ularning ta’sir etish darajasi hayotiy siklning har bir bosqichida turlichadir (15.1- rasm).
Tashkilot qonunlari nazariy poydevorni tashkil etadi, empirik boshqaruvdan malakali boshqaruvga o‘tishga yordam beradi, yuzaga keladigan vaziyatlarni tahlil qilish va baholash imkonini beradi, farmatsevtika tashkilotining boshqaruv madaniyatini oshirishga zamin yaratadi.
15.1- jadval
Hayotiy siklning turli bosqichlarida tashkilot qonunlarining ko‘rsatadigan ta’siri
Qonunning nomi
|
Ta'sir etish darajasi
|
maksimal ta'siri
|
minimal ta'siri
|
Sinеrgiya qonuni (ZS)
|
E1
|
E8
|
Kompozitsiya va mutanosiblik qonunlari (ZKP)
|
E1, E2
|
E7, E8
|
Rivojlanish (ontogеnеz) qonuni (ZR)
|
E5
|
E8
|
Axborot olish - batartiblik qonuni (ZIU)
|
E1-E8
|
E1-E8
|
O’z-o’zini saqlash qonuni (ZSS)
|
E8
|
E1
|
Tahlil va sintеzning birligi qonuni (ZЕAS)
|
E5
|
E1,E8
|
Do'stlaringiz bilan baham: |