Farmatsevtika menejmenti
Statikadagi tashkilot qonunlariga quyidagilar kiradi
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
Statikadagi tashkilot qonunlariga quyidagilar kiradi:
1) kompozitsiya qonuni, uning mohiyati shundaki, tashkilotning barcha tizimchalarining (elementlarining) ishlashi, maqsadlar aniqlik kiritadigan umumiy maqsadga bo‘ysunadi. Kompozitsiya qonuni bir maqsadga qaratilgan deb atalishi mumkin bo‘lgan tizimlarga taalluqlidir. Tizim maqsadlarining strukturizatsiyasi uning namoyon bo‘lish usullaridan biridir. Tashkilot maqsadlari strukturizatsiyasining natijalariga qarab iyerarxiya pog‘onalari bo‘yicha uning tuzulmasi yasaladi; 2) mutanosiblik qonuni, tashkilotda har qanday o‘zgarishlar yuz berganda uning barcha elementlari va umuman tashkilot o‘rtasida mutanosiblik saqlanib qolishini talab qiladi. Mazkur qonun tizimning komponentlari (butunning qismlari) o‘rtasida ma’lum nisbat zarurligini hamda o‘lchamlar bo‘yicha moslik, muvofiqlik yoki bog‘lanish bo‘lishini taqozo etadi. Turli tabiatli tashkilot doirasida mutanosiblik qonuniga rioya etilishi tizimning yashash qobilyatini va uning ishlashi samaradorligini oshirish demakdir. Nomutanosiblik tizimining barqarorlik va samaradorligiga putur yetkazadi, uning buzilishiga sabab bo‘ladi. Tizim komponentlarining mutanosibligi shuningdek sinergik samaraning oshishiga yordam beradi. Farmatsiyadagi tizimlarni rivojlantirish mutanosibligini ta’minlashda davlat katta o‘rin egallaydi, u ijtimoiy va bozor infratuzulmalarining monitoringini o‘tkazishi va ularni tahlil qilishi, budjet mablag‘lari taqsimotini maqbullashtirishi lozim; 3) eng kichiklar qonuni, unga ko‘ra: „Butunning barqarorligi uning eng kichik qismlari barqarorligi bilan belgilanadi. Tizimning mazkur muhitga nisbatan jami barqarorligi ushbu tizimning turli qismlarini ularga yo‘naltirilgan ta’sirlarga nisbatan barqarorligini murakkab natijasi bo‘lib hisoblanadi“. Odatda, tizim o‘zining turli qismlarida teng bo‘lmagan va notekis ta’sirlarga duchor bo‘ladi, shuning uchun tizim(butun)ning barqarorligi har qanday daqiqada qismlarining eng kichik nisbiy qarshiliklariga bog‘liq bo‘ladi; 4) ontogenez (rivojlanish) qonuni, uning mohiyati shundan iboratki, har bir tizim hayotiy siklni — yaratilishidan tortib shakllanish orqali buzilishgacha hamma bosqichlarini bosib o‘tadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling