Farmatsevtika tashkilotining tuzulmasi — bu o‘zaro barqaror munosabatlarda bo‘lgan, bir-biriga bog‘langan, tashkilotni yaxlit butunlik sifatida ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi elementlarning tartibga solingan majmuasi.
Tashkilot tuzulmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
tashkiliy — ishlab chiqarish — bo‘limlar (bo‘linmalar) majmuasi;
boshqaruv (boshqaruv tuzulmasi) — boshqaruv organlari majmuasi;
ijtimoiy — jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi va hokazo tamoyillari bo‘yicha birlashtirilgan xodimlar majmuasi;
kommunikatsion (axborot) — tashkilot a’zolarining o‘zaro muloqoti, axborotlar almashinuvi amalga oshiriladigan kanallar majmuasi;
texnologik — moddiy va energetika resurslari majmuasi.
Boshqaruv tuzulmasi va tashkiliy ishlab chiqarish tuzulmasi umumiy — tashkiliy tuzulma tushunchasiga birlashtirilgan.
Tashkilotning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot rasmiy va norasmiy munosabatlar doirasida bo‘lganligi sababli tashkilotlar ham o‘zining tuzulmaviy mavqeyiga muvofiq rasmiy va norasmiy bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish 15.2- jadvalda keltirilgan bir qator alomatlarga asoslanadi.
15.2- jadval
Tashkilotning rasmiy va norasmiy tuzulmasini solishtirma tavsifi
Tasniflash alomatlari
|
Tuzulmalar
|
rasmiy
|
norasmiy
|
Yaratish sabablari
|
Jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq rasmiy biriktirlgan maqsadlarga erishish
|
Tashkilot a'zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish
|
Tartibga solish asoslari
|
huquqiy mе'yorlar
|
An'analar, odatlar
|
Sub'еktlar
|
Lavozimlar
|
Shaxslar
|
Bog’lanish xususiyati
|
Lavozimlar o’rtasida ko’zda tutilgan (rеglamеntlangan)
|
Erkin
|
Funktsiyalar
|
Odamlarni jamoatchilik mеhnatining vositalari va maqsadlari bilan birlashishi
|
Axborot almashinuvi, muloqot, bir-birini qo’llab-quvvatlash
|
Tashkiliy tuzulma xodimlar o‘rtasidagi faqat rasmiy munosabatlarni belgilab va ular (munosabatlari)dan tashkilotning maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |