Farmatsevtika menejmenti
Xodimlarning ishini baholash
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.4. Farmatsevtika tashkilotlarida tuzulmaviy mehnat taqsimoti
Xodimlarning ishini baholash
16.4. Farmatsevtika tashkilotlarida tuzulmaviy mehnat taqsimoti Farmatsevtika tashkiloti menejerlarining tuzulmaviy mehnat taqsimoti funksional ixtisoslashishni hamda huquqlar, vakolatlar va javobgarlik sohalari cheklanishini ko‘zda tutadi. Farmatsevtika tashkilotida doimiy ravishda mehnatning gorizontal va vertikal taqsimoti amalga oshiriladi. Mehnatning gorizontal taqsimoti — butun ishni mehnat jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida kasbiy alomati bo‘yicha uni tashkil etuvchi (masalan, dorixona tashkilotida bu dorinomalarni qabul qilish, dorilarni sotish, sifatini nazorat qilish, ehtiyojni aniqlash, tovar zaxiralarini shakllantirish, tovar-moddiy qimmatliklarni hisobga olish, moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalarini tahlil qilish, rejalar tuzish va boshqalar) muolaja (komponent)larga taqsimlashdan iborat. Mehnatning vertikal taqsimoti harakatlarni muvofiqlashtirish (boshqarish) bo‘yicha ishlarni harakatlar(ijro)ning o‘zidan ajratadi. Mehnatning vertikal taqsimoti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: umumiy rahbarlik (rivojlantirish vazifasi (missiyasini), maqsadlari va strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish); texnologik rahbarlik (ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, oqilona tashkil etish va joriy qilish); iqtisodiy rahbarlik (strategik va tezkor rejalashtirish, moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish, mehnatni rag‘batlantirish); tezkor boshqaruv (tezkor rejalarni tuzish, ijrochilarni ish joylari bo‘yicha joy-joyiga qo‘yish, yo‘riqnoma berish, faoliyat va uning natijalari ustidan muntazam ravishda samarali nazorat olib borilishini tashkil etish); xodimlarni boshqarish (xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rivojlantirish, mehnat va ijro intizomini ta’minlash). Mehnatning vertikal taqsimoti boshqaruvning uchta: quyi, o‘rta va yuqori pog‘onasi ajratilishiga asoslangan (16.3- jadval). Quyi pog‘onaga asosan o‘z tasarrufida ijro bo‘g‘inining xodimlariga ega bo‘lgan menejerlar kiradi. Ular, odatda, dorixona bo‘limlari, mayda chakana savdo shoxobchalarining (dorixona punktlari, kiosklar, do‘konlar) boshqaruvini amalga oshiradilar, ma’lum ish uchastkalariga (smenaning kattasi, katta kassir va hokazo) boshchilik qiladilar. 16.3- jadval Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling