16.2. Kadrlar menejmentining asosiy funksiyalari,
tamoyillari va yo‘nalishlari
Kadrlar menejmenti farmatsevtika tashkiloti umumiy menejmentining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Kadrlar menejmenti normativ va ro‘yxat bo‘yicha soni, kasbiy layoqati (ya’ni ko‘zda tutilgan lavozim majburiyatlarini bajarish qobiliyati), bilimdonligi (ya’ni majburiyatlarini bajarish uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan) bilan tavsiflanadigan kadrlar tarkibiga nisbatan amalga oshiriladi.
Kadrlar menejmentining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
kadrlar bilan ta’minlash;
mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, oqilona va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;
farmatsevtika va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish;
mehnatni baholash, mutaxassislarning attestatsiyasi;
mehnat intizomini saqlash;
jamoadagi ijtimoiy keskinlik holatining oldini olish, uni aniqlash va bartaraf qilish;
samarali faoliyatni asoslantirish va rag‘batlantirish.
Mazkur funksiyalar xodimlarni boshqarishning yuzaga kelgan tizimi tufayli amalga oshiriladi (16.1- jadval).
16.1- jadval
Farmatsevtika tashkilotining xodimlarini boshqarish tizimi
Kadrlar mеnеjmеntining yo’nalishlari
|
Kadrlarni tanlash, saralash, joy-joyiga qo’yish, lavozimini ko’tarish
|
kadrlarni ba-holash va ri-vojlantirish
|
mеhnat sharoit-lari
|
mеhnatni rag’batlantirish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |