Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azot (II) oksid.
- 24.4.Nitrat kislota va uning tuzlari Nitrat kislota.
- Labaratoriyada olinishi.
- Ishlatilishi.
- 24.5. Fosfor Fosfor(Phosphorus).
.. .. .. .. H O N N O H .. .. Giponitrit kislotasi gidroksilaminga nitrit kislotasini ta‘sir etib olinadi: NH 2 OH+HNO 2 = H 2 N 2 O 2 + H 2 O Agar kumush giponitritiga ham kuchli kislotalar ta‘sir etganda giponitrit kislota olish mumkin: Ag 2 N 2 O 2 +2HCl= H 2 N 2 O 2 + 2AgCl H 2 N 2 O 2 erkin holda uchramaydi. U ikki asosli kislota :K 1 =10 -8 , K 2 =10 -12 . Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag 2 N 2 O 2; PbN 2 O 2 . N 2 O tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. U ―kuldiruvchi gaz‖ ham deyiladi, chunki u bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo‘lib kula boshlaydi. Kattaroq dozada ishlatilsa kishi oqriqni sezmaydi. Ana shu tufayli jarrohlik amaliyotida narkoz sifatida kislorod bilan aralashtirib qo‘llaniladi. Uning eng yaxshi tarafi organizm uchun bezararligidir. Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog‘lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli boglanish mavjud. Bu gaz harorat ta‘siriga chidamli. Lekin 100 o S da parchalanadi: 3NO=N 2 O+NO 2 NO azot va kislorodning o‘zaro ta‘siridan hosil bo‘ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta‘sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo‘ladi. 3000 o S da darhol muvozanat yuzaga keladi. N 2 + O 2 2NO NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo‘ladi: 4NH 3 + 5O 2 4NO + 6H 2 O NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi: 2KJ + 2KNO 2 + 2H 2 SO 4 = 2K 2 SO 4 + 2NO + J 2 + 2H 2 O 3Cu + 8HNO 3 = 3Cu(NO) 2 + 2NO + 4H 2 O NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO 2 ni oksidlab SO 3 ga aylantiradi: SO 2 + 2NO= SO 3 + N 2 O NO ga galogenlar ta‘sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo‘ladi: 2NO + Cl 2 =2NOCl nitrozilxlorid hosil bo‘lib (u sariq rangli). Shunga o‘xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma‘lum. Juda kuchli oksidlovchilar( K 2 Cr 2 O 7 va K 2 Cr 2 O 7 ) ta‘sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi: 10NO+6KMnO 4 +9H 2 SO 4 =6MnSO 4 +10HNO 3 +3K 2 SO 4 +4H 2 O NO havo kislorodi bilan oson oksidlanib qo‘ng‘ir tusli gaz NO 2 ni hosil qiladi: 215 2NO+O 2 =2 NO 2 NO turli komplekslarda ligand sifatida qatnashadi. [Fe(NO) 4 ], [Fe(NO) 4 I 2 ], [Co(NO) 4 ]. Past haroratda NO qattiq holatga o‘tib dimer - N 2 O 4 hosil qiladi. NO nitrat kislota olishda ishlatiladi. Azot (III) oksidi. Juda beqaror oksid, u zangori rangli va qattiq holda past haroratda barqaror. 3,5 o S da parchalanadi. Azot(III) oksidi molekulasining tuzilishi(41-rasm) quyida keltirilgan. O-N-O bog‘lari orasidagi valent burchaklar 120 o S. N=O bog‘ining uzunligi 0,121 nm, N-N bog‘ining uzunligi bo‘lsa 0,186 nm ni tashkil etsa, N-O bogining uzuligi esa 0,114 nm ni tashkil etadi. 41-rasm. Azot (III) oksidi molekulasining tuzilishi. NO 2 ga NO ta‘siri etilib qaytar sharoitda olinadi: NO 2 +NO= N 2 O 3 Laboratoriyada kaliy nitritiga sulfat kislota eritmasi ta‘sir etib N 2 O 3 olsa bo‘ladi: 2KNO 2 +H 2 SO 4 =K 2 SO 4 +N 2 O 3 +H 2 O HNO 2 kislotaning oksidi N 2 O 3 (nitrit angidrid) hisoblanadi. N 2 O 3 ning ishqorlar bilan ta‘siridan nitritlar hosil bo‘ladi: N 2 O 3 +2KOH=2KNO 2 +H 2 O Odatda nitritlar olish uchun nitratlar qizdiriladi. Bu reaksiyada kislorod ham hosil bo‘ladi: NaNO 3 =2NaNO 2 +O 2 Laborotoriyada N 2 O 3 mishyak(III) oksidiga nitrat kislota ta‘sirida olinadi: As 2 O 3 + 2HNO 3 + 2H 2 O= 2H 3 AsO 4 + N 2 O 3 Nitrit kislotada markaziy azot atomi sp 2 gibridlangan(42 rasm), O-N-O burchagi 120 o S. N-O- bog‘ining uzunligi 0,117 nm bo‘lsa, H-O bog‘ining uzunligi 0,096 nm ga teng. 42-rasm. Nitrit kislota molekulasining tuzilishi. Nitrit kislota tuzlariga sulfat kislota eritmasini ta‘sir ettirish orqali nitrit kislotasini olish mumkin: 216 NaNO 2 + H 2 SO 4 = NaHSO 4 + HNO 2 Nitrit kislotasi faqat eritmada mavjud lekin uning tuzlari ma'lum. Nitrit kislota kuchsiz elektrolit K=7·10 -4 . U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi. Kislorod ishtirokida oksidlanadi: 2HNO 2 + O 2 = 2HNO 3 U disproporsialanish reaksiyalariga kirishadi: 2HNO 2 = NO + NO 2 + H 2 O KJ, H 2 S ishqoriy metallarning amalgamasi bilan nitrit kislotasi oksidlovchi xossasini namoyon etadi: H 2 S + 2HNO 2 = 2H 2 O + S + 2NO 2KJ + 2KNO 2 + 2H 2 SO 4 = J 2 + 2NO + 2K 2 SO 4 + 2H 2 O Kuchli oksidlovchilar ta‘sirida nitritlar qaytaruvchilik xossasini namoyon etadi va nitratlargacha oksidlanadi: 5NaNO 2 + 2KMnO 4 + 3H 2 SO 4 = 5NaNO 3 + 2MnSO 4 + K 2 SO 4 + 3H 2 O Fe 2+ ioni qaytaruvchi bo‘lgani uchun nitritlar oksidlovchi bo‘lib NO gacha qaytariladi: 2FeSO 4 + 2KNO 2 + 2H 2 SO 4 = Fe 2 (SO 4 ) 3 + K 2 SO 4 + 2NO + H 2 O Nitrit kislota tuzlari zaharli moddalardir. NaNO 2 stenokardiyada tomirlarni kengaytiruvchi modda sifatida tavsiya etilgan. Azot (IV) oksidi. NO 2 qo‘ng‘ir tusli zaharli gaz modda. NO 2 - sovutilganda qizil-qo‘ng‘ir suyuqlikka aylanadi. Suyuqlanish harorati 22,45ºS sovutilsa borgan sari sarg‘ish oq, keyin rangsiz bo‘ladi. -11,2ºS rangsiz kristall hosil qiladi. Isitilganda uning rangi o‘zgarib to‘qlashadi, 140ºS da qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. NO 2 ni aralash angidrid deyish mumkin, chunki u suvda eritilganda HNO 2 va HNO 3 hosil bo‘ladi: 2NO 2 + H 2 O= HNO 3 + HNO 2 NO 2 ishqorlarga ta‘sir ettirilganda ham nitritlar va nitratlar hosil bo‘ladi: 2NO 2 + 2NaOH= NaNO 3 + NaNO 2 + H 2 O HNO 2 beqaror kislota hisoblanib, uning parchalanishidan nitrat kislota va NO hosil boladi: 3HNO 2 = HNO 3 + 2NO + H 2 O NO 2 issiq suv bilan ta'sirlashganda: 3NO 2 + H 2 O= 2HNO 3 + NO Agar NO 2 ga kislorod ishtirokida suv ta‘sirlashsa u to‘la HNO 3 ga aylanadi: 4NO 2 + O 2 + 2H 2 O= 4HNO 3 NO 2 kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. U uglerod, azot, oltingugurt, vodorod va metallarni oksidlaydi: 7H 2 + 2NO 2 = 4H 2 O + 2NH 3 Kuchli oksidlovchilar Br 2 , F 2 bilan u qaytaruvchi: 2NO 2 + F 2 + 2H 2 O= 2HNO 3 + 2HF NO ning olinish usullari: NO ning kislorod ishtirokida oksidlanishi: 2NO + O 2 = 2NO 2 Nitratlarning parchalanishi(Pb(NO 3 ) 2 , Ba(NO 3 ) 2 , Cu(NO 3 ) 2 ): 2Pb(NO 3 ) 2 = 2PbO + 4NO 2 + O 2 Mis metaliga suyultirilgan sulfat kislota ta‘sir etib: Cu + 4HNO 3 = Cu(NO 3 ) 2 + 2NO 2 + 2H 2 O NO 2 -11,2 o S dan , to 140 o S gacha NO 2 va uning dimeri(N 2 O 4 ) aralashgan holda bo‘ladi. NO 2 paramagnit xossaga ega va uning molekulasi burchakli tuzilgan. Suyuq N 2 O 4 ga 5 mPa bosimda 75 o S da suv kislorod ta‘sir ettirilsa kons. nitrat kislota hosil bo‘ladi: 2N 2 O 4 +2H 2 O+O 2 = 4HNO 3 Agar reaksiya ishqoriy muhitda o‘tkazilsa nitratlar hosil bo‘ladi: 217 2N 2 O 4 +4NaOH+O 2 =4NaNO 3 +2H 2 O Azot (V) oksidi- nitrat angidrid, rangsiz kristall modda, gigroskopik. N 2 O 5 olish uchun nitrat kislotaga P 2 O 5 ta‘sir ettiriladi: 2HNO 3 + P 2 O 5 = 2HPO 3 + N 2 O 5 N 2 O 5 nitrat kislotaning angidridi hisoblanadi. Uning suvda erishidan nitrat kislota hosil bo‘ladi: H 2 O + N 2 O 5 = 2HNO 3 N 2 O 5 beqaror modda u xona haroratida parchalanadi va NO 2 va O 2 hosil qiladi: 2N 2 O 5 = 4 NO 2 + O 2 Natriy nitrat holatida oz miqdorda atmosferadagi elektr razryadi paytida ham hosil bo‘ladi. 24.4.Nitrat kislota va uning tuzlari Nitrat kislota. HNO 3 - kuchli kislota bo‘lib, och sariq tusli, bug‘lanadigan suyuqlik. U 84 o S da qaynab, -42 o S da qattiq holatga o‘tadi. Konsentrlangan nitrat kislota 63 % li bo‘lib, sanoat miqyosida 96%li ( =1,45 g/sm 3 ) nitrat kislota eritmasi ham uchraydi. Labaratoriyada olinishi. Nitrat kislotaning tuzlariga yuqori konsentrasiyali kislota ta‘sir ettirib olinadi: 2NaNO 3 +H 2 SO 4 =Na 2 SO 4 +2HNO 3 Sanoatda olinishi. Sanoat miqyosida nitrat kislota olish uchun asosiy xom ashyo ammiak va havo hisoblanadi: 4NH 3 +5O 2 =4NO+6H 2 O 2NO+O 2 =2NO 2 Oksidlanish jarayoni 900 o S da Pt-Rh katalizatori ishtirokida olib boriladi. Boshqacha usulda azot va kisloroddan azot(II) oksidi, so‘ngra uni NO 2 gacha oksidlanishi ham mumkin. Hosil bo‘lgan azot(IV) oksidi kislorod ishtirokida suvda eritiladi: 4NO 2 +O 2 +2H 2 O = 4HNO 3 Agar azot(IY) oksidi suvda eritilsa, nitrit va nitrat kislota aralashmasi hosil bo‘ladi: 2NO 2 +H 2 O=HNO 2 +HNO 3 Nitrit kislotasi ajratilib undan azotning oksidlari va boshqa mahsulotlar olinishi mukin. Nitrat kislota yorug‘lik va harorat ta‘sirida parchalanadi: 4HNO 3 =2H 2 O + 4NO 2 + O 2 Bu kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo‘lishi mumkin.Unga Fe, Al, Cr, Au va Pt ta‘sir etmaydi. Cu, Ag, va Ag ni eritib, o‘zi NO 2 ga qadar qaytariladi. Sn,As, P, B kislotalarigacha oksidlanadi: Sn + 4HNO 3 = H 2 SnO 3 + 4NO 2 + H 2 O Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli , ozi esa NO, NH 4 NO 3 va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi: 3Cu + 8HNO 3 = 3Cu(NO 3 ) 2 + 2NO + 4H 2 O 4Mg + 10HNO 3 = 4Mg(NO 3 ) 2 + NH 4 NO 3 + 5H 2 O PbS + 8HNO 3 = 3PbSO 4 + 4H 2 O + 8NO 3HCl + HNO 3 = 2H 2 O + 2Cl 2 + NOCl Platina ham zar suvida (3HCl * HNO 3 ) eriydi. 3Pt + 4HNO 3 + 12HCl= 3PtCl 4 + 4NO + 8H 2 O Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta‘sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi: S+6HNO 3 (kons)=H 2 SO 4 +6NO 2 +2H 2 O Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi: 3P+5HNO 3 +2H 2 O=3H 3 PO 4 +5NO Uglerod nitrat kislota ta‘sirida CO 2 gacha oksidlanadi: 3C+4HNO 3 =3CO 2 +2H 2 O+4NO 218 Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. NaNO 3 -natriyli selitra, KNO 3 - kaliyli, Ca(NO 3 ) 2 -kalsiyli, NH 4 NO 3 - ammoniyli selitradir. Kaliy nitratga olitingugurt va uglerod qo‘shilsa, qora porox hosil bo‘ladi .Qora poroxning portlash reaksiyasi: 2KNO 3 + S + C = K 2 S + N 2 + 3CO 2 +707 kJ Bu reaksiyada ko‘p miqdorda issiqlik chiqadi, shuning uchun portlash sodir bo‘ladi. Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo‘ladi: 2KNO 3 = 2KNO 2 + O 2 Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo‘lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO 2 va kislorod hosil bo‘ladi. 2Zn(NO 3 ) 2 = 2ZnO + 4NO 2 + O 2 Agar metallar aktivligi kam bo‘lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o‘zi, NO 2 va kislorod hosil qiladi: 2AgNO 3 = Ag + 2NO 2 + O 2 Hg(NO 3 ) 2 = Hg + 2NO 2 + O 2 Ishlatilishi. Nitrat kislota nitratlar, mineral og‘itlar, selitralar olish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Anorganik va organik nitritlar qon tomirini kengaytirish uchun ishlatiladi. Ularga natriy nitrit, erinit, nitrigliserin kiradi. Natriy nitrit boshqa birikmalar bilan aralashma holatida nafas olish yo‘llarining mushaklarini kengaytirishda qo‘llaniladi. Ammoniy xlorid tuzi eritmasidan peshob haydovchi va balg‘am ko‘chiruvchi omil sifatida foydalaniladi. Ba‘zan nitrat kislotadan so‘gallarni kuydiruvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Azotli o‟g‟itlar. O‘g‘itlatlar sifatida kalsiy nitrat – Ca(NO 3 ) 2 ishlatiladi. Ohakni nitrat kislota bilan neytrallash natijasida olinadi. Natriy nitrat – NaNO 3 chili selitrasi deyiladi. Tabiiy holda faqat Chilida juda katta zahira holda uchraydi. Kaliyli selitra -KNO 3 hind selitrasi deyiladi. Suniy ravishda kaliy xlorid va natriy nitrat ta‘siridan olinadi. Ammoniyli selitra -NH 4 NO 3 ham ko‘p ishlatiladi. 24.5. Fosfor Fosfor(Phosphorus). Fosfor keng tarqalgan element, yer sharini 0,04 % ni tashkil qiladi. Oson oksidlangani uchun tabiatda erkin holda uchramaydi. Tabiatda appatit minerali 3Ca 3 (PO 4 ) 2 ·CaF 2 yoki CaCl 2 va fosforitlar Ca 3 (PO 4 ) 2 va har xil qo‘shimchalar bo‘ladi. 3Ca 3 (PO 4 ) 2* CaCl 2 - xlorli apatit. Fosforitlar va apatitlar fosforli mineral o‘g‘itlar olishda o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Appatitlarning katta miqdorda Kola yarim orolida, Ural, Markaziy Osiyoda Qora tog‘da bor. Fosfor tirik organizm uchun kerakli element: qon, miya, nerv sistemasi to‘qimalarida bo‘ladi. Ko‘p miqdorda fosfor Ca 3 (PO 4 ) 2 holida hayvonlar suyagida bo‘ladi. Suyak yoqilsa uning tarkibidagi hamma organik moddalar yonadi, qolgan modda Ca 3 (PO 4 ) 2 bo‘ladi. Odam organizmida fosforning umumiy miqdori 4,0 % ga boradi. Birinchi marta erkin fosfor 1669 yilda gamburglik alkimyogar Brand tomonidan olingan. Fosfor faqat bitta izotopga ega bo‘lgan element; 15 31 P. Uning sun‘iy izotoplari ham olingan. Olinishi. Hozirgi paytda kalsiy fosfatdan olinadi. Buning uchun kalsiy fosfat qum, ko‘mir bilan havo kirmaydigan joyda- elektr pechlarida qizdiriladi. Ketayotgan jarayonni tasavvur qilish uchun kalsiy fosfatdan fosforga o‘tiladi: 3CaO·P 2 O 5 ·3SiO 2 = 3CaSiO 3 + P 2 O 5 P 2 O 5 + 5C = 2P + 5CO 219 Ca 3 (PO 4 ) 2 + 3SiO 2 + 5C = 3CaSiO 3 + 5CO + 2P↑ P +5 +5e → P 0 │ 2 C 0 -2e → C +2 │ 5 Ajralib chiqayotgan fosfor bug‘lari suv bilan ushlanadi. Fizik xossalari: Fosfor elektronlar soniga ko‘ra azotning analogi hisoblaniladi. P 3s 2 3p 5 3d 0 N 2s 2 2p 3 Lekin fosfor 3-davr elementi, 3d orbitallari valent elektron rolini o‘ynaydi. Fosfor uchun sp 3 d 2 , sp 3 d 1 , sp 3 gibridlanish xarakterli. Fosforni maksimal koordinatsion soni 6 ga teng. O‘n birta allotropik shakl o‘zgarishi borligi aniqlangan. Fosfor atomlari ikki atomli P 2 , to‘rt atomli P 4 yoki polimer P n bo‘lishi mumkin. P 2 molekulasi 1000ºC dan yuqorida mavjud. Molekuladagi P 2 bog‘lanish energiyasi juda katta (450 kJ/mol), uning atomlarining parchalanishi 2000ºC sodir bo‘ladi. Oq fosfor. Suyuq erigan holda, hamda 1000ºC dan pastda P 4 molekulalari barqaror, u tetraedr konfiguratsiyasiga ega. Fosfor bug‘larini kondensatsiyasida oq fosfor hosil bo‘ladi ( =1,8 g/sm 3 ). U molekulyar kristall panjaraga ega, kristall panjara uchlarida P 4 turadi. Oq fosfor - oq amorf modda. U oson suyuqlanadi. Suyuq holda ham qattiq holda ham P 4 holda bo‘ladi. Suyuqlanish harorati 44ºS, qaynash harorati 275ºS, uchuvchan, CS 2 va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Oq fosfor juda zaharli (odam uchun o‘ldirish dozasi 0,1g). Suv ostida saqlansa sarg‘ayib qoladi. Fosforning hidi sarimsoq piyoz hidiga o‘xshaydi. P 4 molekulasida bog‘lar oson uziladi (200 kJ/mol). Shuning uchun oq fosfor kimyoviy aktiv, u turaverib polimer shakl o‘zgarishga o‘tadi. Polimer shakl o‘zgarishlar ichida eng barqarori qizil va qora fosfor. Tashqi ko‘rinishi jihatidan qora fosfor (d=2,7g/sm 3 ) grafitga o‘xshaydi, uni oq fosfordan 200ºS va 1200 atm. bosimda olish mumkin. P oq → P qora +16,7 kJ/mol Qizil fosfor. Oq fosforni 400 o S da qizdirishdan olinadi. Qizil fosfor sovitilsa oq fosforga aylanib qoladi. Qizil fosforni bir qancha shakl o‘zgarishlari bor. Ularning tuzilishi hali to‘la aniqlanmagan. Ular polimer moddalar, o‘zaro piramidal bog‘langan. Olinish usuliga qarab qizil fosfor har xil xossaga ega. Masalan, uning zichligi 2,0-2,4 g/sm 3 , suyuql. harorati 585-600ºS orasida rangi to‘q jigardan qizil, binafshaga o‘zgaradi. Qizil fosfor eritmaga o‘tkazilishi uchun polimer shakl o‘zgarishdagi bog‘larni uzish kerak. Shuning uchun polimer shakl o‘zgarishlar hech qanaqa erituvchilarda erimaydi va yuqori suyuqlanish haroratiga ega. Shuning uchun fosfor bug‘larini kondensatsiya qilganda qizil emas, oq fosfor hosil bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling