Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
+ 2NaNO 3 Boshqa kationlar bilan magniy, vismut, temir va alyuminiy ionlari olinsa, ulardan karbonatlar va gidrokarbonatlar hosil qiladi. Al 2 (SO 4 ) 3 + 3Na 2 CO 3 + 3H 2 O = 2Al(OH) 3 + CO 2 + 3Na 2 SO 4 Hozirgi kunda soda olishning uch xil usuli bor: Leblan, Solvey va elektrolitik usullar. 1.Leblan usuli.1781 y. Fransiyalik olim Leblan yaratgan. Buning uchun osh tuziga konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi: 2NaCl + H 2 SO 4 = Na 2 SO 4 + 2HCl Natriy sulfatni ohak va ko‘mir bilan aralashtirib pechda kuydiriladi. 2С + Na 2 SO 4 = Na 2 S + 2CO 2 Na 2 S + CaCO 3 = Na 2 CO 3 + CaS Olingan HCl xlorid kislota olishiga ketadi. CaS – oltingugurt olish uchun sarflanadi. Kamchiliklari:Olinadigan moddalar qimmat. Sodaning sifati yaxshi emas. Solvey usuli. Suvda kam eriydigan gidrokarbonatlar hosil bo‘lishiga asoslangan. Bunda NaCl hamda NН 4 НСО 3 orasidagi reaksiyadan foydalaniladi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Kalsiy va magniy ionlaridan tozalangan osh tuzini ammiak bilan to‘yintirib СО 2 yuboriladi. Shunda NaНСО 3 cho‘kmasi tushadi. Buni filtrlab NН 4 Сl ajratib olinadi: NaCl + NH 4 CO 3 = NaHCO 3 + NH 4 Cl yoki reaksiya: NaCl + NH 3 + CO 2 + H 2 O = NaHCO 3 + NH 4 Cl Agar gidrokarbonat kuydirilsa: 2NaHCO 3 = Na 2 CO 3 + H 2 O + CO 2 CO 2 kalsiy karbonatdan olinadi. CaCO 3 = CaO + CO 2 CaO ammiakni regeneratsiya qilishda ishlatiladi. CaO + H 2 O = Ca(OH) 2 Ca(OH) 2 + 2NH 4 Cl = CaCl 2 + 2NH 3 + 2H 2 O Solvey usuli bilan olingan soda 98,5% natriy karbonat, 0,75% osh tuzi, 0,03% natriy sulfat tutadi.Bu usulda hozirgi paytda O‘zbekistonda soda ishlab chiqazilmoqda. 3.Elektrolitik usul. Buning uchun dastlab osh tuzining suvli eritmasi elektroliz qilinib, olingan natriy gidroksid СО 2 bilan to‘yintiriladi. NaOH + CO 2 = NaHCO 3 Soda juda muhim mahsulot. U shisha olishda, sovun ishlab chiqarishda, to‘qimachilik sanoatida va suvning qattiqligini yo‘qotishda kerak bo‘ladi. Ichimlik sodasi NaHCO 3 100 g suvda xona haroratida 7 g ichimlik sodasi eriydi. Tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Muhim o‘g‘itlardan biri karbamid hisoblanadi: CO 2 + 2NH 3 = (NH 2 ) 2 CO + H 2 O 200 Suvda yaxshi eriydigan kristall modda(suyuql. harorati 132,7 o S).O‘g‘it sifatida, polimerlar olishda va farmatsevtik preparatlar(veronal, lyuminal) olishda ishlatiladi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari COCl 2, CCl 4 , COS, CS 2 va H 2 CS 3 ma‘lum. Uglerod(II)oksid. Rangsiz gaz, hidi yo‘q, suyuqlanish harorati - 205 S, qaynash harorati – 191,5 S. U zaharli is gazi ham deyiladi. СO da uchlamchi bog‘ bor, valent bog‘ usuliga ko‘ra ikkita juftlashmagan elektronlar hisobiga 2 ta kovalent bog‘ hosil bo‘ladi. СО С О. Harorat va bosim oistida CO o‘yuvchi natriy bilan ta‘sirlashadi va formiatlar hosil qiladi: NaOH + CO = HCOONa CO – ancha kuchli qaytaruvchi, ayniqsa yuqori haroratda oksidlanadi. CO ga O 2 , Cl 2 metall oksidlari, suv bug‘i va oksidlovchilar ta‘sir etadi: 2CO + O 2 = 2CO 2 CO nur ishtirokida zaharli modda fosgenga aylanadi: CO + Cl 2 = COCl 2 CO metallarni oksidlaridan qaytaradi: CO + NiO = CO 2 + Ni CO ga suv bug‘i tasir etganda vodorod hosil bo‘ladi: CO + H 2 O = CO 2 + H 2 CO metallarni tuzlaridan ham qaytarishi mumkin: CO + PdCl 2 + H 2 O = CO 2 + Pd + 2HCl Kuchsiz oksidlovchilik xossasini namoyon qiladi: 3Н 2 + СО = СН 4 + Н 2 О 2Н 2 + СО = СН 3 ОН ( 300 - 600 S, р – 500 atm.) Disproportsiyalanish: СО + СО = С + СО 2 СО – neytral holatdagi metallarga nisbatan ligand bo‘lishi mumkin. Bunda metallarning karbonillari hosil bo‘ladi: [Fe(CO) 5 ], [Ni(CO) 4 ]. 40- rasm. Temir va nikel karbonillarining tuzilishi. СО – bo‘yoq moddalar bilan birikadi: shuning uchun qondagi gemoglobin tarkibidagi kislorodni eritish xossasini yo‘qotadi, organizm СО bilan nafas olsa zaharlanadi. Laboratoriyada is gazi chumoli kislotasiga konsentrlangan Н 2 SO 4 ta‘sir ettirib olinadi: HCOOH = CO + H 2 O K 4 Fe(CN) 6 + 6H 2 SO 4 + 6H 2 O = 2K 2 SO 4 + FeSO 4 + 3(NH 4 ) 2 SO 4 + 6CO Sanoatda СO generator gazi, suv gazi va aralash gazlardan olinadi: 1.Generator gazi. Toshko‘mir chala yonganda hosil bo‘ladi. 25% СО, 70% N 2 , 4% CO 2 qolganlari CH 4 , H 2 , O 2 .Q= 3347 – 4602, kJ/m 3 2.Suv gazi. Qizib turgan cho‘g‘ ko‘mir ustidan suv bug‘i o‘tkazib olinadi: С + Н 2 О = СО + Н 2 СО + Н 2 О = СО 2 + Н 2 3.Aralash gaz. Bir paytning o‘zida cho‘g‘ holdagi ko‘mirning ustidan havo va suv bug‘i o‘tkazib olinadi: Tarkibi: 30 % СО, 15 % Н 2 , 5 % СО 2 , 50 % N 2 . Q=5440 kJ/mol. 201 СО asosida chumoli kislotasi, fosgen, metanol, sun‘iy benzin olinadi. Sian va uning birikmalar yoki disian: C=N-N=C Disian. Disian rangsiz gaz( suyuql.harorati -34,4 o S), achchiq bodom hidiga o‘xshaydi, zaharli. U odatdagi bosimda -20,5 o S da suyqlikka o‘tadi. Suvda, efirda, spirtlarda yaxshi eriydi. Yuqori haroratda uglerod va azotning o‘zaro ta‘siridan olinadi: 2C+N 2 =(CN) 2 350-450 o S da simob sianidni parchalanganda ham hosil bo‘ladi: Hg(CN) 2 =Hg+(CN) 2 Disian termik jihatdan ancha barqaror. Disian gidrolizlanganda sianid va sianat kislotalar hosil bo‘ladi: (CN) 2 +H 2 O=HCN+HCNO Disian gidrolizlanishining oxirgi mahsuloti ammoniy oksalat hisoblanadi: (CN) 2 +4H 2 O=(NH 4 ) 2 C 2 O 4 Agar disianga ishqorlar ta‘sir ettirilsa sianidlar sianatlar hosil bo‘ladi: (CN) 2 +2NaOH=NaCN+NaCNO Kimyoviy jihatdan u qaytaruvchi: (CN) 2 + Cl 2 = 2CNCl Cl 2 yoki KMnO 4 , Вr 2 va oksidlovchi Н 2 + (CN) 2 = 2НCN 2Nа + (CN) 2 = 2NаСN Sianid kislota. Sianid kislotasi - НCN rangsiz (suyuql.harorati -13,3 o S), oson harakatlanuvchan, achchiq bodom hidiga ega, rangsiz suyuqlik, kuchli zahar. Molekula chiziqsimon tuzilishga ega va unga ikkita tautomer izomer to‘g‘ri keladi: H-C N ↔ H- N= C Azotning elektromanfiyligi yuqori bo‘lgani uchun, kovalent bog‘ uni tarafiga surilgan. НCN ↔ Н + + CN - kuchsiz elektrolit. K=7,9 * 10 -10 . НCN suv bilan reaksiyaga kirishib, ammoniy formiat hosil qiladi: НCN + 2Н 2 О = НСООNН 4 НCN va uning tuzlari qaytaruvchi: КCN + Сl 2 + 2КОН = КCNО + 2КСl + Н 2 О КCN + S = KCNS Sianidlar ichida natriy sianid ko‘p ishlatiladi. Uni olish uchun kalsiy sianamididga ko‘mir va soda qo‘shib suyqlantiriladi: CaCN 2 +C+Na 2 CO 3 =2NaCN+CaCO 3 Laboratoriyada sianid kislota olish uchun esa bariy oksidiga ko‘mir va azot qo‘shib qizdiriladi: 3C + N 2 + BaO = CO + Ba(CN) 2 Hosil bo‘lgan bariy sianidga kuchli kislota qo‘shiladi: Ba(CN) 2 + H 2 SO 4 = 2HCN+BaSO 4 Texnikada sianid kislota is gaziga ammiak ta‘sir ettirish orqali olinadi: CO + NH 3 = HCN + H 2 O KCN va NaCN eruvchan tuzlar bo‘lib ular, kumush va oltin olishda ishlatiladi. CN - ioni kompleks birikmalar olishda ligand hisoblanadi va uning kompleks birikmalari: K Ag(CN) 2 , K 3 Fe(CN) 6 , K 4 Fe(CN) 6 . Sianat kislota. Sianat kislota yoki qaldiroq kislota nomi bilan mashur. HCNО birikmalari sianatlar (k=1,2 * 10 -4 ) deyiladi. Uning ikkita tautomer izomeri mavjud: .. .. H-O-C N ↔ H- N= C=O Sianat kislota tuzlaridan Hg(CNO) 2 detonator sifatida ishlatiladi. Sianatlar zaharli moddalar qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi foydalaniladi. 202 Rodanid kislotasi.Rodanid kislotasi (HCNS) – H- S-C N, yog‘simon, suv bilan yaxshi aralashadigan, kuchli kislota (K=0,14). Rangsiz moysimon suyuqlik (suyuql.harorati 5 o S) faqat eritmada mavjud bo‘ladi. Agar ammiakka uglerod(IY) sulfid ta‘sir ettirilsa rodanid kislotaning ammoniyli tuzlari hosil bo‘ladi: 2NH 3 +CS 2 =NH 4 CNS+H 2 S Rodanid tuzlari: KCNS, NaCNS, NH 4 CNS. Rodanidlar olish uchun sianidlarga oltingugurt qo‘shib suyuqlantiriladi: KCN + S = KCNS Analitik kimyoda Fe 3+ ionini ochish uchun ishlatiladi bunda to‘q qizil cho‘kma hosil bo‘ladi: Fe +3 + 3CNS - = Fe(CNS) 3 Simob rodanidi -Hg(CNS) 2 . Simob rodanidi simob nitratiga rodanidlar qo‘shib olinadi va ularni tozalash uchun efirda yuviladi: Hg(NO 3 ) 2 + 2KCNS = Hg(CNS) 2 + 2KNO 3 Hg(CNS) 2 - fira‘vn iloni deyiladi. Bu modda yonganida gazlar hosil bo‘lib kengayish oqibatida ilon hosil b‘lishi kuzatiladi: 2Hg(CNS) 2 +9O 2 = 2HgO+4CO 2 +2N 2 +4SO 2 2 N -3 -6e N 2 } 4 2 2S -2 -12e 2S +4 O 2 + 4e 2O -2 18 9 Sianamid kislota.Agar kalsiy karbidiga azot ta‘sir ettirilsa kalsiy sianamid hosil bo‘ladi: СаС 2 + N 2 = СаCN 2 + С Bu birikmaning kislotasi sianamid kislota- H 2 CN 2 rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi va quyidagi holatlarda uchraydi: H-N=C=N-H H 2 N-C N Bu birikma suv bilan ta‘sirlashib : H 2 CN 2 +3H 2 O= 2NH 3 +H 2 CO 3 Uglerodnong tibbiyotdagi ahamiyati. Uglerodning juda ko‘p birikmalar hosil qila olish qobiliyati tufayli turli tuman hayvonot va o‘simlik dunyosi mavjuddir. Uglerodning, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari tirik biologik to‘qimalarning asosini tashkil etadi. Ular tirik tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Kishi tanasining 16 kg ugleroddan iboratdir (70 kg). Havo tarkibidagi uglerodning miqdori 0,03 % dan iborat bo‘lib u 10% dan ortsa , inson halok bo‘ladi. Kishi zaharlanganda , nafas olish markazi shikastlanganda va behush holatida bo‘lganida karbonat angidridning kislorod bilan aralashmasi(karbogen) ingalyatsiya sifatida ishlatiladi. Uglerod (II) oksid – is gazi, kuchli zahar bo‘lib, nafas olganda qondagi gemoglobin bilan birikadi va karboksogemoglobin hosil qiladi. Buning natijasida gemoglobinning kislorod tashish xususiyati yo‘qoladi. Havoda 1% CO bo‘lsa, u o‘limga olib keladi. Sianid kislota ham kuchli zahar bo‘lib, uning O,O5 g miqdori insonni o‘ldiradi. Uning tuzlari ham zaharlidir. U to‘qimaning oksidlovchi fermentlari bilan birikadi, chunki to‘qima fermenti tarkibida uch valentli temir bo‘lib, u sianid ioni bilan katalitik faol bo‘lmagan kompleks birikma hosil qiladi. Bu esa to‘qimalarning o‘z navbatida ishdan chiqishiga va zaharlanishiga olib keladi. Sianidlar oz miqdorda ba‘zidanaklarning mag‘zida ham uchraydi, masalan, achiq bodom, olxo‘ri, olcha va shaftoli danaklarining mag‘izida bor. NaHCO 3 bekarbon tabletkasining tarkibiga kirib spazmolitik, og‘riq qoldiruvchi va oshqozondagi erkin kislotalarning neytrallash xususiyatiga ega. 23.2. Kremniy 203 Tabiatda uchrashi. Yer po‘slog‘ida eng ko‘p tarqalgan element. Kremniy (IV)oksidi yoki silikat angidrid SiO 2 holatida uchraydi. Bundan tashqari silikatlar ham juda keng tarqalgan. NaAlSi 2 O 8 – albast, KAlSi 3 O 8 – ortoklaz, NaAlSiO 4 – nefelin, Al 2 O 3 ·2SiO 2 ·2H 2 O– kaolin, Mg 3 Si 2 O 7 ·2H 2 O – asbest, n SiO 2 -kvars va boshqalar. Tabiatda kremniyning uchta barqaror izotoplari uchraydi: 14 28 Si (92,27%), 14 29 S I (4,68%) va 14 30 Si (3,5%). Fizik xossalari. Kremniy ikkita allotropik shakl o‘zgarish holatida uchraydi: kristall va amorf. Kristall kremniy to‘q kulrang yaltiroq modda oktaedrik kristallar hosil qiladi(suyuql. harorati 1423 S), elektr tokini o‘tkazadi. Amorf kremniy qo‘ng‘ir kukun, kimyoviy jihatdan faolroq. Olinishi. Agar qum magniy bilan suyqlantirilsa qo‘ng‘ir amorf kukun olinadi: SiO 2 +2Mg=2MgO+Si Agar SiCl 4 rux bilan qizdirilganda ham kremniy hosil boladi: SiCl 4 +2Zn=2ZnCl 2 +Si Toza kremniy olish uchun kremniyga xlor ta‘sir ettirilib avval SiCl 4 olinib va undan vodorod bilan qaytarib kremniyga aylantiriladi: SiCl 4 +2H 2 =Si+4HCl Kimyoviy xossalari: kuchli oksidlovchi, galogenlar, O 2 , S bilan kremniy qaytaruvchi, lekin metallar bilan oksidlovchidir. Kremniy va kislorod orasidagi o‘zaro ta‘sir 600-700 o S haroratda sodir bo‘lib kislorod miqdoriga qarab SiO yoki SiO 2 hosil bo‘ladi: 2Si+O 2 =2SiO Si+O 2 =SiO 2 Amorf kremniy ftor bilan xona sharoitida ta‘sirlashadi va kremniy(IY) ftoridni hosil qiladi: Si + 2F 2 = SiF 4 Olingan kremniy (IY) ftorid o‘tkir hidli rangsiz gaz hisoblanadi. Kremniy va xlor orasidagi reaksiya 400 o S haroratda amalga oshadi va bunda kremniy (IY) xlorid (rangsiz, tiniq suyuqlik ) hosil boladi: Si + 2Cl 2 = SiCl 4 Anchagina yuqori haroratda (1000 o S) kremniy azot bilan ta‘sirlashganda kremniy nitrid olinadi: 3Si + 2N 2 = Si 3 N 4 Kremniyning bor bilan ta‘siri ham yuqori haroratda amalga oshib, turli tarkibli birikmalar : SiB 3 SiB 6 olinadi. Kremniy bilan uglerod (2000 o S) o‘zaro ta‘sirlashib SiC( korborund) hosil qiladi. SiC d=3,17 qattiqligi jihatidan olmosga yaqin, uning suyuql. harorati 1830 S. Kremniy ishqorlarning suyultirilgan eritmalari bilan ta‘sirlashib silikatlar hosil qiladi ba bu reaksiyada vodorod ajraladi: Si + 2NaOH + H 2 O = Na 2 SiO 3 + 2H 2 Kremniy faqat ftorid kislotasida erib, boshqa kislotalarda erimaydi: 3Si+4HNO 3 +18HF=3H 2 [SiF 6 ]+4NO +8H 2 O Bunda H 2 [SiF 6 ] vodorod geksaftorosilikat kislotasi hosil bo‘ladi u faqat eritmada mavjud bo‘ladi. Silitsidlar. Metallarning kremniy bilan hosil qilgan birikmalari ular karbidlardan tubdan farq qiladi. Silitsidlar bog‘lanish ionli-kovalentdan metallgacha o‘zgaradi. Kremniyning metallar bilan ta‘sirida kremniy oksidlovchi bo‘ladi: 2Mg + Si = Mg 2 Si Shunga o‘xshash silitsidlar Ca, Fe, Cu, Bi bilan olingan. Silitsidlar kislotalar va yuqori haroratga chidamli, shuning uchun ular ana shu maqsadlarda ishlatiladi. Ba‘zi bir silitsidlar o‘zgaruvchan tarkibga ega: Mo 3 Si, MoSi, MoSi 2 bu birikmalardan valentlikni bilib bo‘lmaydi. Ayniqsa d-elementlar karbidlari qiyin suyuqlanuvchan moddalarga kiradi: WSi 2 (2165 o S), MoSi 2 (2050 o S), V 5 Si 3 (2150 o S), Ti 5 Si 3 (2120 o S). Anchagina yuqori haroratda kremniyga suv ta‘sir etadi: Si+3H 2 O=H 2 SiO 3 +2H 2 204 Kremniyning vodorodli birikmalari. Silanlar tarkibi Si n H 2n+2 . Ular silanlar deyiladi va tarkibi jihatdan uglevodorodlarga o‘xshab ketadi. Agar C-C bog‘ning bog‘lanish energiyasi 347,69 kJ/mol ni tashkil etsa, Si-Si bog‘ining bog‘lanish energiyasi 174,56 kJ/mol ni tashkil etadi. Shuning uchun ham silanlar beqarorroq. Agar silitsidlarga suv yoki kislotalar ta‘sir ettirilsa ulardan silan hosil bo‘lishi kuzatiladi: Ca 2 Si+4HCl=2CaCl 2 +SiH 4 SiH 4 badbo‘y hidli gaz modda bo‘lib . issiq ta‘siriga chidamsiz: SiH 4 =Si+2H 2 Silanning yonishidan SiO 2 va suv hosil boladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling