Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari.
- 24.2. Azotning vodorodli birikmalari Azotning vodorod bilan to‘rtta asosiy birikmasi bor: NH 3
- Ammiakning olinishi
- Ammoniy ioniga sifat reaksiya
- .. ..
- Triazid yoki azotovodorod kislotasi.
- 24.3. Azotning kislorodli birikmalari
Fizik xossalari. Azot rangsiz gaz, hidi va mazasi yo‘q. Bir litr suvda 23,3 ml azot eriydi. Uning qaynash harorati -198 o S. Azot molekulasi juda barqaror hatto 3000 o S da ham parchalanmaydi (1% atrofida parchalanadi). Olinishi. Sanoat miqyosida havodan fraksion haydab olinadi. Haydash paytida avval azot (-195 o S), so‘ngra kislorod haydaladi (-183 o S). Olingan azot tarkibida oz miqdorda kislorod aralashgan bo‘lib, uni tozalash uchun gazlar aralashmasi qizdirilgan mis qirindilaridan o‘tkaziladi. Laboratoriyada azot olish uchun ammoniy nitrit parchalanadi: NH 4 NO 2 =N 2 +2H 2 O Agar ammiak qizdirilgan mis(I) oksidi ustidan o‘tkazilsa ham azot hosil bo‘ladi: t 0 2NH 3 + 3CuO = N 2 + 3Cu + 3H 2 O Eng toza azot metallarning nitridlarini parchalash orqali olinishi mumkin: 2Na 3 N=6Na+N 2 Gidrazinnig qizdirilganda parchalanishi ham laboratoriyada azot olishga imkon beradi: t 0 NH 2 -NH 2 2H 2 + N 2 Kimyoviy xossalari. Azot molekulasi ikki atomli (:N N:) . Molekulaning atomlarga parchalanish energiyasi 940 kJ/mol. 3000 o S da faqat 0,1% parchalanadi. U kimyoviy raksiyaga kirishmaslikda inert gazlarga o‘xshab ketadi. Lekin ba'zi mikroorganizmlar azotni o‘zlashtirish xossasiga ega, bunda murakkab organik o‘git hosil bo‘ladi. Odatdagi haroratda azot faqat litiy bilan ta‘sirlashadi va uning nitridini hosil qiladi: N 2 + 6Li = 2Li 3 N Qizdirilganda oson boshqa metallarning nitridlari hosil bo‘ladi: 6Na+N 2 =2Na 3 N 3Ca+N 2 =Ca 3 N 2 Ishqoriy va ishqoriy – yer metallari nitridlari kristall moddalar suvda oson gidrolizlanadi: Na 3 N+3H 2 O=3NaOH+NH 3 Metallardan tashqari nitridlar metallmaslar bilan ham hosil bo‘ladi: Si 3 N 4 , P 3 N 5 , BN, Ge 3 N 4 2000-3000 o S da suyuqlanadigan polimer moddlardir. d-elementlarning nitridlari o‘zgaruvchan tarkibga ega bo‘lib, ular metallik xossalarga ega. Bunday nitridlar juda qattiq, qiyin suyuqlanadi. Ular suv, kislota va ishqorlar hamda oksidlovchilar ta‘siriga chidamli hisoblanadi.Masalan,TiN (3220 o S), HfN (2982 o S), TaN (3090 o S). Azot va kislorodning o‘zaro ta‘siri qaytar reaksiya bo‘lib 1500 o S dagina sezilarli tezlikda ketadi va azot(II) oksidi hosil bo‘ladi: N 2 +O 2 2NO + H Azotga, xlor, ozon va ftor ta‘sir etmaydi. Azotning vodorod bilan o‘zaro ta‘siri yuqori haroratda va qaytar tarzda sodir bo‘lib, bunda ammiak hosil bo‘ladi: N 2 +3H 2 2NH 3 Agar elektrod ko‘mir bo‘lsa, azot atmosferasida vodorod ishtirokida 33 % HCN hosil bo‘ladi. Kalsiy karbidi va azot ishtirokida kalsiy sianamidi hosil bo‘ladi: CaC 2 + N 2 = CaCN 2 + C Ishlatilishi. Azotning ishlatilishi ammiak, nitrat kislita va azotli o‘g‘itlar olishda xom ashyo sifatida qo‘llanilishidir. 210 24.2. Azotning vodorodli birikmalari Azotning vodorod bilan to‘rtta asosiy birikmasi bor: NH 3 - ammiak, H 2 N-NH 2 - gidrazin, NH 2 OH-gidroksilamin, H[N 3 ] - azotovodorod kislotasi (triazid). Ammiak. NH 3 - tabiatda ko‘p miqdorda oqsil moddalar tarkibida, ammoniy tuzlari holida uchraydi. NH 3 - rangsiz gaz, o‘siga xos hidi bor. Qaynash harorati -33,4 0 S, d=0,77 g/l. 1 litr ammiak= 0.7709 gr. >tº 2NH 3 ↔ N 2 + 3H 2 -46,19 kJ H H : N H N 107,5ºS H H H NH 3 molekulasida azot atomi sp 3 gibridlangan, gibrid orbitallardan birida bir juft elektron joylashgan. Molekula qutbli =1,46 D. Molekula uch yoqli piramida tuzilishga ega. Ammiak qaytaruvchi va u kislorod atmosferasida oksidlanadi: 4NH 3 + 3O 2 = 6H 2 O + 2N 2 Agar ammiakni (800 o S) oksidlanishi katalizator ishtirokida (Pt-Rh) amalga oshsa: 4NH 3 + 5O 2 6H 2 O + 4NO NO dan, NO 2 va undan HNO 3 olinadi. Ammiakdan yod ta‘sir etish orqali yod nitride (NI 3 ) olinadi: NH 3 + 3J 2 = 3HJ + NI 3 Yod nitridi ammiak bilan ta‘sir etadi: NJ 3 + NH 3 = NH 3 NJ 3 3NH 3 + 3HJ = 3NH 4 J Ammiak xlor yoki brom atmosferasida oksidlansa: 2NH 3 + 3Cl 2 = N 2 + 6HCl 2NH 3 + 3Br 2 = N 2 +6HBr Ammiak 300 0 S qizdirilgan KClO 3 ustidan NaOH ishtirokida o‘tkazilsa, NO 3 - gacha oksidlanadi. 3NH 3 + 4KClO 3 + 3NaOH = 3NaNO 3 + 4KCl + 6H 2 O Ammiak kompleks birikmalar hosil qilishi mumkin, chunki unda 2 ta bo‘linmagan elektronlar jufti mavjud. [NH 3 ] HCl ammoniy tuzlari [Ag(NH 3 ) 2 ]Cl, [Cu(NH 3 ) 4 ]SO 4 kompleks ammiakatlar hosil bo‘ladi. NH 3 + H 2 O= [NH 4 ] + + OH - kuchsiz ishqor Ammiakning olinishi. Labaratoriyada ammoniyli tuzlarga ohak ta‘si ettiriladi: (NH 4 ) 2 SO 4 + Ca(OH) 2 = 2H 2 O + 2NH 3 + CaSO 4 2NH 4 Cl + CaO = 2NH 3 + CaCl 2 + H 2 O Nitridlar gidrolizida ham ammiak hosil bo‘ladi: Mg 3 N 2 + 6H 2 O = 3Mg(OH) 2 + 2NH 3 Sanoatda ammiak toshko‘mirni koksga aylantirganda hosil bo‘ladi. Azot va vodoroddan ammiak sintez qilish Taber usuli ham deyiladi: 3H 2 + N 2 2NH 3 + 46.19 kJ./mol 211 46-jadval.Ammiak hosil bo‘lishining bosinga bog‘liqligi t 0 1atm 100 atm 1000 atm 200 15,30 80,6 98,3 600 0,049 4,5 31,4 1000 0,0044 0,44 < 12,9 Odatda bu jarayonda harorat 500-600ºS, bosim 1000 atm, katalizator-temir va promotorlar sifatida K 2 O+Al 2 O 3 qo‘shiladi (46-jadval). Bosimning ortishi va haroratning pasayishi muvozanatni ammiak hosil bo‘lish tarafiga qarab suradi. Reaksiyaga kirishmagan azot va vodorod yana reaksion sistemaga kiritiladi. Franko va Karlo usuli kalsiy sianamidga suv bugi ta'siriga asoslangan: CaCN 2 + 3H 2 O = CaCO 3 + 2NH 3 CaCN 2 – g‘o‘zani defolianti (bargini to‘kuvchi) sifatida ishlatiladi. Uni olish uchun ohaktoshga ko‘mir ta‘sir ettiriladi: CaCO 3 + 4C = CaC 2 + 3CO Hosil bo‘lgan karbidlarga elektr yoyi ishtirokida azot ta‘sir ettirilganda kalsiy sianamidi hosil bo‘ladi: CaC 2 + N 2 = CaCN 2 + C Nitridlardan alyuminiy nitridini gidrolizlanishi ham texnik ahamiyatga ega bo‘lib bu usulda( Erlek usuli) ham ammiak olinadi: AlN + 3H 2 O = Al(OH) 3 + NH 3 Nitridlar – azoining har xil elementlar bilan birikmasi. d - elementlarning nitridlari yuqori qattiqlikka ega. Ular harorat ta‘siriga chidamli va yuqori mustahkamlikka ega: VN – Tc = 2300ºS, ZnN – Tc = 2588ºS, TaN – Tc = 3087ºS. Ishlatilishi: Ammiak ko‘p biikmalar olish uchun zaruriy xom ashyo, masalan: HNO 3 , (NH 4 ) 2 SO 4 , NH 4 NO 3 olish uchun sarflanadi. Bundan tashqari ammiak soda (Solvey usuli), mochevina CO(NH 2 ) 2 va nashatir spirti (1O% li NH 4 OH) olish uchun ham sarflanadi). Natriy amid - NaNH 2 , rangsiz kristall. Suyuqlanish harorati 210ºS. Natriyning suyuq ammiak bilan ta‘siri orqali olinadi: 2Na + 2NH 3 =2NaNH 2 + H 2 2NaNH 2 + 2Na = 2Na 2 HN + H 2 2Na 2 NH +2Na= 2Na 3 N + H 2 NaNH 2 -natriy amidi, Na 2 NH- natriy imidi, Na 3 N-natriy nitrid hosil bo‘ladi. Ammoniyning hamma tuzlari issiqlikka chidamli emas. Ammoniy tuzlari termik parchalanishi mumkin. 1.Ammoniy tuzlari uchuvchan birikmalar hosil qilib parchalanishi: t 0 (NH 4 ) 2 CO 3 3NH 3 + H 2 O + CO 2 NH 4 Cl = NH 3 + HCl 2.Qisman termik parchalanishi: t 0 (NH 4 ) 2 SO 4 NH 3 + [NH 4 ]HSO 4 t 0 (NH 4 ) 3 PO 4 3NH 3 + H 3 PO 4 Piro- va meta- kislotalar hosil bo‘lishi bilan parchalanish: t 0 2Mg[NH 4 ]PO 4 Mg 2 P 2 O 7 + 2NH 3 + H 2 O t 0 NaNH 4 HPO 4 NaPO 3 + NH 3 + H 2 O 3.Disproportsionalanish reaksiyasi: 212 t 0 NH 4 NO 2 N 2 + H 2 O NH 4 NO 3 = N 2 O + H 2 O (NH 4 ) 2 Cr 2 O 7 N 2 + 4H 2 O + Cr 2 O 3 2(NH 4 ) 2 Cr 2 O 4 N 2 + 2NH 3 + 5H 2 O + Cr 2 O 3 NH 4 Cl kons. eritmasi galogenlar bilan pH muhitga qarab ammiakning har xil birikmalari hosil bo‘ladi. рН > 8.5 NH 4 Cl + Cl 2 = NH 2 Cl + 2HCl xloramin рН = (4,5-5,0) NH 4 Cl + 2Cl 2 = NH 2 Cl + 3HCl рН < (4.5-5.0) NH 4 Cl + 3Cl 2 = NCl 3 + 4HCl xlor nitridi Hosil bo‘lgan moddalarni bir necha marta efirda ekstraktsiya qilinsa NH 4 J efirda erib, cho‘kmada NJ 3 qoladi. NJ 3 mexanik kuch ta'sirida portlaydi. 2NJ 3 =N 2 + 3J 2 Ammiakatlar [Ag(NH 3 ) 4 ]Cl; [Cu(NH 3 ) 4 ]SO 4 ; [Zn(NH 3 ) 6 ](OH) 2 ; [Co(NH 3 ) 6 ]Br 3 ; [Ni(NH 3 ) 6 ](NO 3 ) 2 . Ammoniy ioniga sifat reaksiya: Ammoniy tuzlarining ishqorlar ta‘siridan parchalanishi va NH 3 ajralishi ammiak aniqlashdagi sifat reaksiyalardan biri hisoblanadi: NH 4 Cl+NaOH=NH 3 +NaCl+H 2 O Ammoniy tuzlariga Nesler reaktivi ta‘sir ettirish ham ular uchun sifat reaksiyalardan biri hisoblanadi: Hg NH 4 Cl+4KOH+2K 2 [HgI 4 ] = [O NH 2 ]I +7KI+KCl+3H 2 O Hg Ammoniy xlorid - NH 4 Cl simobli peshob haydovchilar ta‘sirini kuchaytirish, balg‘am ko‘chiruvchi va yurak tomirlaridagi o‘zgarishlarda ishlatiladi. Ammoniy karbonat – (NH 4 ) 2 CO 3 oziq –ovqat sanoatida, tort, pishiriqlar tayyorlashda, xamirga kerakli g‘ovaklik berish uchun, qo‘llaniladi. (NH 4 ) 2 CO 3 ishlatilganda uning parchalanishi ro‘y beradi: NH 4 HCO 3 =NH 3 +CO 2 +H 2 O Gidrazin. H 2 N-NH 2 - rangsiz, havoda tutaydigan suyuqlik (suyuql. harorati -52 o S, qaynash harorati 119 o S). Azotning oksidlanish darajasi -2, valentligi 3. H .. .. H N N H H Suvda va ishqorda yaxshi eriydi. H 2 N-NH 2 + HCl N 2 H 4 HCl N 2 H 5 Cl gidrazin gidroxloridi ancha barqaror birikma.. [N 2 H 4 ] 2HCl - dixlorgidrazin; [N 2 H 4 ] H 2 SO 4 - gidrazin sulfati N 2 H 4 - kuchli qaytaruvchi, O 2 , J 2 va boshqalar bilan oksidlanadi: N 2 H 4 + O 2 = N 2 + 2H 2 O N 2 H 4 + 2J 2 = N 2 + 4HJ Gidrazin kuichli oksidlovchilar (AuCl 3 ) ishtirokida ham azotgacha oksidlanadi: N 2 H 4 + 4AuCl 3 = 3N 2 + 12HCl + 4Au Agar gidrazinga KMnO4 ta‘sir ettirilsa u azotgacha oksidlanadi: 4KMnO 4 +6H 2 SO 4 +5N 2 H 4 = 2MnSO 4 +5N 2 +2K 2 SO4+16H 2 O Gidrazinning nitrat kislotasi bilan ta‘siridan triazid H[N 3 ] hosil boladi: N 2 H 4 + HNO 2 = HN 3 + 2H 2 O azotvodorod kislotasi H 2 N-NH 2 ni olinsh uchun ammiakka natriy gipoxloriti ta‘sir ettiriladi: NH 3 + NaClO= NH 2 Cl + NaOH 213 kons. kons. Hosil bo‘lgan xloramidiga yana ammiak ta‘sir ettirilsa gidrazin hosil bo‘ladi: NH 2 Cl + NH 3 = H 2 N-NH 2 + HCl HCl + NaOH= NaCl + H 2 O Gidroksilamin. 33,1 o S da suyuqlanadigan rangsiz krisrall. Azotning valentligi 3, oksidlanish darajasi -1. .. .. H O N H H Nitrat kislotaning elektroliz jarayonida qaytarilishi tufayli olinishi mumkin: HNO 3 +6H= NH 2 OH+2H 2 O Gidroksilamin kuchsiz asos xossalarini namoyon etadi va u ammiakdan ko‘ra kuchsizdir: NH 2 OH+HCl = [NH 3 OH]Cl Gidroksilamin tuzlari qattiq moddalar , ular suvda yaxshi eriydi. Gidroksilamin qaytaruvchi va oksidlovchi hisoblanadi. Yod ta‘sirida ishqoriy muhitda oksidlanadi: NH 2 OH+I 2 +NaOH= N 2 +2NaI+4H 2 O Agar gidroksilaminga kislotali muhitda qaytaruvchilar ta‘sir ettirisa u oksidlovchi : 2NH 2 OH+4FeSO 4 +3H 2 SO 4 =2Fe 2 (SO 4 ) 3 +(NH 4 ) 2 SO 4 +2H 2 O NH 2 OH – oson parchalanadi va ammiak, suv hamda azot hosil qiladi: 3NH 2 OH= NH 3 +N 2 +3H 2 O Gidroksilamin organik sintezda ishatiladi va u kompleks birikmalar olish uchun ligand vazifasini bajaradi: [Co(NH 2 OH) 6 ]Cl 3 -geksagidroksilamminkobalt (III) xlorid uning barqaror komplekslaridan biri hisoblanadi. Triazid yoki azotovodorod kislotasi. Triazid kislota -80 o S da qotadigan va 36 o S da qaynaydigan o‘tkir hidli suyuqlikdir. Azid kislota kuchli zahar. Triazid kislotasining tuzlari amaliy ahamiyatga ega. Triazid nitrit kislotasining gidrazin bilan ta‘siri orqali olinadi: N 2 H 4 +HNO 2 = H[N 3 ]+ 2H 2 O [N - N + N - ] - azid ion azotovodorod kislotasining qoldig‘idir. Molekuladagi chetki atomlar sp 2 gibridlangan holatda, markaziy atom esa sp – gibridlangan. Triazid kuchsiz kislota, uning eruvchanligi xlorid kislotaga o‘xshab ketadi. Agar triazidga mis ta‘sir ettirilsa bunda azot ajraladi: Cu+3HN 3 =Cu(N 3 ) 2 +N 2 +NH 3 Azidlar detonatorlarda portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Bu borada Pb(N 3 ) 2 ko‘p qo‘llaniladi. NaN 3 va KN 3 suvda eriydigan qattiq moddalar , ular portlamaydi. Eritmada triazid dissosilanadi. Uning dissotsilanish konstantasi K=3 * 10 -3 ga teng. H[N 3 ] H + + N 3 - Triazid kislota yuqori haroratga chidamsiz, u 300 o S da portlaydi: 2HN 3 = 3N 2 +H 2 + 590 kj/mol Kaliy yodid azid kislotani azotgacha oksidlaydi: HN 3 +2KI+2H 2 O=I 2 +2KOH+N 2 +NH 3 24.3. Azotning kislorodli birikmalari Azotning kislorodli birikmalari N 2 O, NO, N 2 O 3 , NO 2 , N 2 O 4 va N 2 O 5 hisoblanadi. Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona haroratida barqaror. Azot(I) oksidi molekulasi chiziqli tuzilishga ega: N …… N …… N 112,6 nm 118,6 nm 214 Markaziy azot atomi ikkita sp gibrid orbitallarga ega.N 2 O molekulasi ozroq bo‘lsa ham dipol momentiga ega, shuning uchun suvda ozroq eriydi. Azot(I) oksdidi ammoniy nitratini qizdirib olinadi: NH 4 NO 3 = N 2 O + 2H 2 O N 2 O aktivligi kam, lekin qizdirilsa metallar bilan ta‘sir etadi: Cu+N 2 O= CuO+N 2 Yuqori haroratda oltingugurt va uglerodni ham oksidlaydi: C+ 2N 2 O = CO 2 +2N 2 S+ 2N 2 O = SO 2 +N 2 Yuqori haroratda(700 o S) N 2 O parchalanadi: 2N 2 O= 2N 2 +O 2 N 2 O ga tegishli giponitrit kislotasi(H 2 N 2 O 2 ) ma‘lum. Bu oksid betaraf oksid va u suv bilan ta‘sirlashmaydi. Shuning uchun giponitrit kislota bilvosita usullar bilan olinadi. Giponitrit kislota quyidagicha tuzilishga ega: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling