Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Alyuminiyning galloidli birikmalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Alyuminiyning galloidli birikmalari. Al 2 O 3 yoki Al ni suvsiz HF da erishiga asoslangan. Bu birikma kimyoviy inert, qiyin suyuqlanuvchan, suvda erimaydi: 2Al + 6HF = 2AlF 3 + 3H 2 Suvsiz alyuminiy xlorid havoda tutaydi, chunki gidrolizga uchraydi: AlCl 3 + 3KOH = Al(OH) 3 + 3KCl AlCl 3 ,AlBr 3 ,AlI 3 ikkita molekula birlashgan holda bo‘lib Al 2 Gal 6 formulaga ega. Alyuminiyning vodorodli birikmasi(AlH 3 ) polimer tuzilishga ega. Oq kukun alan deyiladi. 105 o S da vodorod ajratish bilan parchalanadi. Litiy tetragidroalyuminatga AlCl 3 ni efirli sharoitda ta‘sir etish orqali olinadi: 3Li[AlH 4 ]+AlCl 3 =4AlH 3 +3LiCl Alyuminiy va azot asosida juda qiziq birikmalar mavjud. Tarkibi jihatdan bu birikmalar uglevodorodlarga o‘xshab ketadi: CH 3- CH 3 CH 2 =CH 2 CH CH C 6 H 6 NH 3 -AlH 3 NH 2 =AlH 2 NH AlH N 3 Al 3 H 6 Alozan alozen alozin alazol Alyuminiyning kompleks birikmalari. Eritmada alyuminiy ioni akva komplekslar hosil qiladi(Al(H 2 O) 6 3+ ).Qiyin eriydigan ftoridli komplekslar keng tarqalgan: Na 3 [AlF 6 ], Na 2 [AlF 5 ], Na[AlF 4 ]. Tarkibida xlor,brom va iod ionlari tutgan komplekslarning eruvchanligi yaxshi: K[AlCl 4 ], K[AlBr 4 ], K[AlI 4 ]. AlH 3 ni asosli gidridlar ta‘siridan tetragidridialyuminatlar hosil bo‘ladi: LiH+AlH 3 =Li[AlH 4 ] Bunday birikmalar kristall tuzilishga ega, oq rangli moddalar, ular organik kimyoda katalizatorlar sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda ishlatilishi. Alyuminiy birikmalari tibbiyotda ishlatiladi. Alyuminiy gidroksidi adsorbsiya qiluvchi va o‘rovchi material. Uni surtmalar tayyorlashda, utkir va surunkali oshqozon yaralarini davolashda, shuningdek oshqozonni kislotaligi ortib ketganda tavsiya etiladi. U almagel preparati tarkibiga kiradi. Kaliy alyuminiyli kvas –KAl(SO 4 ) 2 *12H 2 O tashqaridan qon to‘xtatish uchun ishlatiladi. 194 Alyuminiyning farmakologik ta‘siri Al 3+ ioning oqsillar (proteinlar) bilan gel hosil qilib cho‘kadigan komplekslar hosil qilishiga asoslangan. Bu mikrob to‘qimalarining cho‘kishiga va yallig‘lanish jarayoning kamayishiga olib keladi. Al(CH 3 COO) 3 birikmasi 8% li eritma holatida Burov suyuqligi deyiladi va tibbiyotda ishlatiladi. 22.3. Galliy guruhchasi elementlari Galliy guruchasi elementlariga Ga, In, Tl kiradi. Agar Al Ga o‘tilsa elementlarning atom radiuslari qisqarib, ionlanish potensiali ortadi. In dan Tl qarab borilganda bo‘lsa atom radiusi ortib, ionlanish potensiali ham birmuncha ko‘payadi. Bu guruh elementlarida galliy va indiyda +3 oksidlanish darajasi, Tl uchun +1 oksidlanish darajasi ko‘proq uchraydi. Tabiatda uchrashi. Bu guruh elementlari Al, Pb va Zn rudalari tarkibida turli minerallar holatida uchraydi. Galliy izotoplaridan 31 69 Ga(60,2%) va 31 71 Ga (39,8%) tarqalgan. Sun‘iy izotoplardan 31 72 Ga bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 14,2 soat va radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Tabiatda indiy izotoplari 49 113 In (4,33%)va 49 115 Jn (95,67%) uchraydi. Talliyning izotop tarkibi esa quyidagicha: 81 203 Tl (29,50%) va 81 205 Tl (70,5%). Olinishi. Galliy va uning analoglari polimetall rudalardan murakkab kimyoviy qayta ishlash natijasida oksidlar yoki xloridlar holatiga o‘tkaziladi. Keyin odatdagi metallar bilan qaytarish yoki eletroliz usullari ishlatiladi. Fizik xossalari. Odatdagi sharoitda galliy guruhchasi elementlari oq, kumush rang oson suyuqlanuvchan metallardir. Galliy eng kichik suyuqlanish haroratiga ega (29,8 o S) Xossalari. Galliy va indiyning sirti oksid pardasi bilan qoplangan. Lekin Tl oson oksidlanadi. Bu metallar oson kislorod bilan qizdirilganda ta‘sir etadi, ayniqsa talliy. Xlor, brom bu metallarga xona sharoitida, yod esa qizdirilganda ta‘sirlashadi. Galliy ishqorlarda eriydi va galliyning gidroksokomplekslarini hosil qiladi: 2Ga+6H 2 O+6NaOH= 3H 2 +2Na 3 [Ga(OH) 6 ] Indiy va talliy ishqorlar ta‘siriga chidamli. Birikmalari. Ga 2 O 3 - oq kristal modda. In 2 O 3 – sariq rangga ega. Tl 2 O 3 jigar rangli birikma. Bu elementlar oksidlari suvda erimaydi. Ga, In va Tl ga tegishli gidroksidlar suvda erimaydi va Al(OH) 3 ga o‘xshab ketadi. Ga – In - Tl qatorida gidroksidlarning asoslik xossalari kuchayib boradi. Oksidlar va gidroksidlarning kislotalarda erishida akva komplekslar hosil bo‘lishi kuzatiladi: [Me(H 2 O] 3+ . Bunday komplekslar Ga va In (III) uchun rangsiz, lekin Tl (III) uchun och-sariq rangli. Indiy va galliyda gidroksokomplekslar hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi: In(OH) 3 +3KOH=K 3 [In(OH) 6 ] Bu birikmalarda ham alyuminiyga o‘xshash KInO 2 va KGaO 2 indatlar gallatlar ma‘lum. Talliy (I) birikmalari asosli xarakterga ega. Tl 2 O (suyuql. harorati 300 o S) qora rangda, suvda yaxshi eriydi. TlOH kuchli asos, 100 o S larda suvini yo‘qotadi. Galogenli birikmalar. Ga, In va Tl ning galogenli birikmalari (ayniqsa xloridli) oson uchuvchan, ularning bug‘lari ikki molekulalai va past suyuqlanish haroratiga ega. InCl 3 -och kul rang, yaltiroq kristal modda. Galliy, indiy va talliyning ftoridlari qiyin suyuqlanuvchan va suvda eriydigan moddalar. 2Ga+3Cl 2 =2GaCl 3 Galliy, indiy va talliy birikmalari zaharli. III A guruh elementlarining tibbiytdagi ahamiyati. Odam organizmida borning miqdori juda oz (10 -5% ).Asosan bor o‘pkada (0,34 mg), qalqonsimon bezda (0,30 mg ) taloqda (0,26 mg) jigar va miyada (0,22 mg) buyrak va yurak muskullarida (0,21 mg) to‘planadi.Borning organizmdagi roli hali to‘la o‘rganilmagan. Organizmda ortiqcha bor borligi zararlidir. Borning ko‘payishi adrenalinni aktivligini kamaytirib, amilaza va proteaza faoliyatini zaiflashtiradi. 195 Hayvonlarga ortiqcha bor berilganda u uglevodlar va oqsillar almashinuviga ta‘sir qilib, endemik ichak kasalliklari enteritlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Alyuminy asosan qon zardobida, o‘pkada, jigar, suyaklarda, buyrakda, tirnoqda va sochda to‘planishi aniqlangan. Bir sutkada alyuminiy 47 mg iste‘mol qilinishi kerak. U bog‘lovchi to‘qimalar, suyak toqimalari va fosfor almashinuviga ta‘sir etadi. Galliy va indiyning biologik ta‘siri hali o‘rganilmagan. Talliy bo‘lsa ancha zaharli elementlardan biridir. Tl + ioni Ag + ioniga o‘xshash oltingugurt tutgan ligandlar bilan oson ta‘sirlashadi. Agar organizmga juda oz miqdorda talliy kiritilsa ham u sochlarni to‘kilishiga sabab bo‘ladi. 23- bob. IV A guruh elementlari IV А guruh asosiy guruhchasiga 5 ta element kiradi. Uglerod, kremniy, germaniy, qalay va qo‘rg‘oshin bu elementlar uchun eng chetki qavatda 4 tadan elektron bor. Ularning oksidlanish darajasi –4, +2 va +4 bo‘lishi mumkin. Qaytaruvchi xossasi atom radiusi ortishi bilan kuchayadi. Oksidlovchi xossasi ugleroddan qo‘rg‘oshinga qarab kamayadi. 44-jadvalda guruh elementlarining eng muhim xossalari keltirilgan. 44-jadval. 1Y A guruh elementlarining eng asosiy xossalari Xossalar Elementlar 6 12 C 14 28 Si 32 73 Ge 50 119 Sn 82 207 Pb Elektron formulasi 2s 2 2p 2 3s 2 3p 2 4s 2 4p 2 5s 2 5p 2 6s 2 6p 2 Ionlanish energiyasi 11,26 8.15 7,90 7,34 7,42 Atom radiusi 0,077 0,117 0,139 0,158 0,175 Elektro manfiyligi 2,5 1,75 2,0 1,70 1,55 Zichligi l.3,54 Gr.2,25 2,33 5,35 7,28 11,34 Suyuql. harorati l.3540 Gr.3800 1413 958 232 327 Qayn. 4347 2630 2730 2350 1750 196 harorati 23.1. Uglerod Tabiatda tarqalishi. Uglerod keng tarqalgan kimyoviy elementlar jumlasiga kiradi, u ko‘p anorganik va organik moddalar tarkibiga kiradi. Uglerod minerali ko‘proq karbonatlar holida uchraydi: Na 2 CO 3 10H 2 O – soda, Na 2 CO 3 CaCO 3 2H 2 O – pireonit. MgCO 3 - magnezit, MgCO 3 CaCO 3 – dolomit, CaCO 3 – viperit va temir shpati – FeCO 3 . MnCO 3 , ZnCO 3 – marganes va rux shpati holatida uchraydi. Shuningdek suvni tarkibida kalsiy va magniy gidrokarbanatlari holatida uchraydi. Organik dunyoda uglerod eng asosiy element hisoblanadi. Uning miqdori hamma kimyoviy elementlar miqdoridan 10 marta ko‘p. Bu oqsil, vitaminlar, yog‘, neft, ko‘mir asosida qazilma boyliklar, antrasen qo‘ng‘ir ko‘mir slanes va boshqalar. Tabiatda uglerodning ikkita barqaror izotopi ma‘lum: 6 12 C (98,892%) va 6 13 C (1,108%). Uglerodning atom massasi 10 dan 16 gacha bo‘lgan radioaktiv izotoplari olingan. Atmosferada neytronlar ta‘sirida uglerodning radioaktiv izotopi 6 C 14 izotopi hosil bo‘ladi. O‘simliklar va tirik organizmlar qoldig‘iga qarab topilmalarning yoshi shu izotop miqdoridan aniqlanadi: 7 14 N + 0 1 n = 6 14 C + 1 1 H Fizik xossalari. Uglerod tabiatda grafit va olmos holida uchraydi. Sintetik usulda olingan karbin va polikumulen allotropik shakl o‘zgarishlar ham ma‘lum. Olmos. Qattiq rangsiz kristall modda. sp 3 gibridlanish tufayli har bir uglerod atomi boshqa to‘rtta uglerod atomi bilan sigma bog‘ yordamida bog‘langan.Atomi kub kristall panjara hosil qiladi(38-rasm). Uglerod atomlari orasidagi masofa 0,154 nm.Olmosning qattiqligi sababi har bir uglerod atomi boshqasi bilan ikki elektronli bog‘ hosil qilganidir. Olmosning zichligi 3,5 g/sm 3 . 38-rasm. Olmos kristall panjarasining tuzilishi. Olmos va boshqa nodir metallar og‘irligi karatlarda belgilanadi (1 karat 0,2 g). Hozirgacha topilgan olmoslar ichida eng kattasi Janubiy Afrtkada topilgan “Kulinom” olmosi. Uning og‘irligi 3020 karat yoki 604 g. Olmos rangli, rangsiz va qora olmoslarga bo‘linadi. Olmosdan metallarni teshishda, burg‘ilashda, aniq uskunalar tayyorlashda ishlatiladi. 197 39-rasm. Grafit kristall panjarasining tuzilishi. Grafit. Geksagonal tuzilishga ega bo‘lgan qora qo‘ng‘ir modda, u qavatli tuzilishga ega. Bunda uglerod atomlari sp 2 gibridlangan ega. Bunda har bir atom uchta kovalent bog‘ hosil qiladi. 4 ta elektrondan ikkitasi bog‘ hosil qilishda ishtirok etmaydi. Uglerod atomlari orasidagi masofa 0,142 nm, uglerod atomlari qatlamlari bo‘lsa bir-biridan 0,689 nm uzoqlikda joylashgan. Grafitning zichligi 2,1-2,5 g/sm 3 . Grafit elektrodlar tayyorlashda, yog‘lash materiallari tayyorlashda va yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan grafitning ma‘lum qismi qalamlar tayyorlashga ketadi. Grafitda 100000 atm bosimda 3000 – 3500 S da sun‟iy olmos olinadi. 1000 S qizdirilsa olmos grafitga aylanadi. 1750 S bu jarayon tezlashadi. Karbin. Uglerodning uchinchi shakl o‘zgarishi karbin deyiladi. U chiziqli polimer. Karbinda uglerod atomlari o‘zaro uch bog‘ bilan bo‘langan. Karbin yarim o‘tkazgich, yorug‘lik ta‘sir etganda unung o‘tkazuvchanligi anchagina oshadi.: -C C-C C-C C-C C- Xuddi shunga o‘xshash birikma polikumulen ham ma‘lum bo‘lib uglerodning yana bir shakl o‘zgarishi ham deyiladi: =C=C=C=C=C=C=C=C= Keyinchalik karbin tabiatda borligi aniqlangan. Hozirgi paytda nanotexnologiya usullari yordamida uglerodning chiziqli polimeri grafen olingan. Bu tola hosil qiluvchi polimer. Uning qalinligi soch tolasidan 150000 marta kichik, lekin pishiqligi po‘latdan minglab marta yuqori. Bunday toladan to‘qilgan parda ichidagi narsalar ko‘zga ko‘rinmaydi. Grafenning amaliy ahamiyati nihoyatda kattadir. Amorf ko‟mir(uglerod yoki saja). Amorf ko‘mirning hamma turi sun‘iy usulda olinadi. Saja – qattiq, suyuq va gazsimon ko‘mir tutgan moddalarni to‘la yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Sajadan bo‘yoqlar, tush, kauchukka qo‘shiladigan qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Yog‟och ko‟miri. Ko‘mirni quruq haydash orqali havosiz joyda olinadi. Kimyoviy xossalari. Uglerodning hamma allotropik shakl o‘zgarishlari kimyoviy jihatdan inert. Masalan, olmos ko‘p kimyoviy reaktivlar bilan ta‘sirlashmaydi. Unga yuqori haroratda kuchli oksidlovchilar ta‘sir etadi. Masalan, kislorod, zar suvi, nitrat kislota. Bunda olmos СО 2 gacha oksidlanadi. Grafit. Kimyoviy ta‘sirga grafit olmosga qaraganda faolroqdir. Amorf ko‘mir grafitga qaraganda tezroq reaksiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchilar ta‘sirida uglerodning (II) yoki (IV) valentli birikmalari hosil bo‘ladi. 198 2С + О 2 = 2СО С + О 2 = СО 2 Yuqori haroratda uglerod vodorod bilan reaksiyaga kirishadi: C+2H 2 =CH 4 CH 4 kovalent bog‘lanishli, molekula tetraedrik tuzulishga ega. Uning molekulasi qutbsiz tabiatga ega. Shuningdek harorat ta‘sirida oltingugurt(1000 o S), kremniy(2000 o S) va bor(2000 o S) bilan ta‘sirlashadi: C+2S=CS 2 ; Si+C= SiC; 4B+C=B 4 C SiC va B 4 C- kovalent tabiatli polimer birikmalar. Ular juda qattiq, qiyin suyuqlanuvchan, kimyoviy jihatdan inert ekanligi bilan tafsiflanadi. Karbidlar. Metallarning uglerod bilan hosil qilgan birikmalaridir Karbidlar odatda kristall moddalar. Ularda kimyoviy bog‘lanish tabiati har xil. I, II, III guruh elementlarining karbidlari ion bog‘lanishga yaqin bog‘lanishga ega. Bularga misol qilib alyuminiy karbid va kalsiy karbidni olish mumkin. Al 4 C 3 Al C Al C Al C Al C CaC 2 Ca C Alyuminiy karbidining gidrolizi paytida Al(OH) 3 va CH 4 hosil bo‘ladi: Al 4 C 3 + 12H 2 O = 4Al(OH) 3 + 3CH 4 Al 4 C 3 (suyuql. harorati 2800 o S), Be 2 C(2150 o S) metannidlarga kiradi,ular qiyin suyuqlanuvchan va ularning gidrolizudan metan ajralib chiqadi. S va d- elementlar karbidlari asetilen birikmalari hisoblanadi va ularning gidrolizida asetilen hosil bo‘ladi: CaC 2 + 2H 2 O = Ca(OH) 2 + C 2 H 2 Bunday birikmalarga Na 2 C 2 , CaC 2 Al 2 (C 3 ) 2 kiradi. Ular asetilenidlar deyilib, ularga Ag 2 C 2 va Cu 2 C 2 birikmalari ham kiradi. d – elementlar karbidlari juma xilma xil: MeC (TiC, ZrC, HfC, VC), Me 2 C (Mo 2 C, W 2 C), Me 3 C (Mn 3 C, Te 3 C, Co 3 C). Karbidlar o‘zgaruvchan tarkibli birikmalarga kiradi, Masalan TiC0 6-1,0 yoki VC 0,58-1,0 . Bularning ko‘pi metallik xossalarini namoyon etadi. Ularning elektr o‘tkazuvchanligi yuqori, metallik yaltiroqligi bor. d – elementlar karbidlari qattiq, issiqqa chidamli, yuqori suyuqlanish haroratiga ega. TiC – 3140 S, Zr 2 C – 3530 S, HfC - 3890 S. MеС – karbidlar juda issiqdqa va haroratga chidamli, masalan: TiC, VC, NbC, Mo 2 C, W 2 C. Uglerodning galogenli hosilalari. Odatdagi sharoitda CF 4 –gaz, CCl 4 - suyuqlik, CBr 4 va CI 4 lar qattiq moddalardir. Yo‘dga o‘tgan sari birikmalarning barqarorligi kamayadi. Grafit faqat ftor bilan qizdirilgandagina CF 4 gacha oksidlanadi. Bu birikma rangsiz, tiniq gaz kimyoviy inert moddadir(suyuql. harorati -184 o S). CCl 4 olish uchun CS 2 xlorlanadi, CCl 4 yonmaydigan erituvchi sifatida ishlatiladi: CS 2 +3Cl 2 =CCl 4 +S 2 Cl 2 Uglerod qo‟sh oksid. Ko‘p miqdorda СО 2 vulqonl gazi chiqadigan yoruqlardan chiqadi. Undan mineral suvlar tayyorlanadi. CаСО 3 + 3НСl = CaCl 2 + CO 2 + H 2 O Sanoatda kalsiy karbonatdan olinadi: СaCO 3 = CaO + CO 2 Karbonat angidrid havodan 1,5 marta og‘ir gaz. U g‘orlarning tagida, shaxtalarda yig‘iladi. СО 2 sovutilganda muz hosil bo‘ladi. Bir litr suvda 15 o S da bir litr CO 2 eriydi. U suvda erib karbonat kislota hosil qiladi. СО 2 + Н 2 О = H 2 CO 3 199 Agar CaCO 3 CO 2 bilan to‘yintirilsa kalsiy gidrokarbonati hosil bo‘ladi: CaCO 3 + H 2 O + CO 2 = Ca(HCO 3 ) 2 Agar natriy gidroksidi CO 2 bilan toyintirilsa: NaOH + CO 2 = NaHCO 3 CO 2 – oksidlovchi xossasini namoyon etadi: 2Mg + CO 2 = MgO + CO C + CO 2 = 2CO H 2 CO 3 – beqaror kislota, uning uchun K 1 =1,31 * 10 -4 , K 2 =4,84 * 10 -11 unga quyidagi orto kislota to‘g‘ri keladi: Н 4 СО 4 bularning tuzlari barqaror. Texnikada ichimlik sodasi – NaHCO 3 , soda – Na 2 CO 3 va potash – K 2 CO 3 va ohaktosh, marmar, bo‘r CaCO 3 ahamiyatga ega. Soda. Kuchli elektrolit. Soda kalsiy, strontsiy, bariy va magniy ionlari bilan erimaydigan karbonatlar hosil qiladi: Ba(NO 3 ) 2 + Na 2 CO 3 = BaCO 3 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling