Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monoperoksisulfat kislota - HOOSO 3 H
- Biperoksisulfat kislota – HSO 3 -O-O-SO 3 H.
- 25.5. Selen, tellur va polloniy
- 25.6. YI A guruh elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati
- 26.1. Ftor Ftor(Ftorum). Tabiatda uchrashi.
- Xossalari.
Tiosulfat kislota. H 2 S 2 O 3 – tiosulfat kislota deb yuritiladi. Bunday tarkibli kislota erkin holda mavjud emas. Lekin uning tuzlari – tiosulfatlar barqaror moddalardir. Natriy tiosulfat - Na 2 S 2 O 3 tiosulfat kislotaning tuzidir. Agar -78 o S da vodorod sulfid va sulfat angidrid ta‘sir ettirilsa H 2 S 2 O 3 hosil bo‘ladi: H 2 S+SO 3 =H 2 S 2 O 3 Tiosulfat kislota odatdagi sharoitda tez parchalanadi u beqaror modda: H 2 S 2 O 3 =H 2 O+SO 2 +S Odatda tiosulfatlar natriy sulfitiga oltingugurt qo‘shib suyuqlantirish orqali olinadi: Na 2 SO 3 +S=Na 2 S 2 O 3 Na - O S S Na – O O S 2 O 3 2- ionida oltingugurtlardan birining oksidlanish darajasi -2 ga teng. Natriy tiosulfatining xlor bilan ta‘sirida sulfatlar hosil bo‘ladi, shuning uchun u ―antixlor‖ nomini olgan xlor ta‘sirini yo‘qotish uchun ishlatiladi: Na 2 S 2 O 3 +Cl 2 +H 2 O=Na 2 SO 4 +S+2HCl Hosil bo‘lgan oltingugurt xlor ta‘sirida sulfat kislotagacha yoki uning tuzlarigacha oksidlanadi: S+3Cl 2 +4H 2 O=H 2 SO 4 +6HCl Oxirgi mahsulot tarkibi quyidagicha bo‘ladi: Na 2 S 2 O 3 +4Cl 2 +5H 2 O= 2NaHSO 4 +8HCl Agar tiosulfatlarga bromli suv ta‘sir ettirilsa, oltingugurt cho‘kmasi hosil bo‘lishi kuzatiladi: Na 2 S 2 O 3 +Br 2 +H 2 O=Na 2 SO 4 +S +2HBr Tiosulfat kislotaning tuzlari iod ta‘sirida tetrationatlarga aylanadi: J 2 +2Na 2 S 2 O 3 =2NaI+Na 2 S 4 O 6 Natriy tiosulfat fotografiyada fiksaj sifatida ishlatiladi.Undan analitik kimyoda yodometriktahlilda keng qo‘llaniladi. Na 2 S 2 O 3 – galogenlar, sianidlar bilan zaharlanganda, shuningdek As, Pb, Hg birikmalarining ta‘sirini yo‘qotish uchun ishlatiladi.Bundan tashqari Na 2 S 2 O 3 allergiya va asab kasalliklarida ham tavsiya etiladi.Tiosulfatlarni sianidlar ta‘sirini yo‘qotishi ularning ta‘sirida sianidlarning bezara rodanidlarga aylanishidir: KCN+Na 2 S 2 O 3 = KCNS+Na 2 SO 3 Tiosulfatlar juda oson kompleks birikmalar hosil qilish xossasiga ega: AgCl +Na 2 S 2 O 3 = Na[AgS 2 O 3 ]+NaCl Tion kislotalar. Yuqoridagi natriy tetrationat tion kislotaning tuzidir. Umumiy formulasi H 2 S n O 6 bo‘lgan kislotalar polition kislotalar (n=3,4,5,6,7,20 gacha) deyiladi.H 2 S 2 O 6 , dition, H 2 S 4 O 6 - tetration,H 2 S 5 O 6 pentation va hokazo: O O O O ║ H-O ║ S ║ O-H H-O ║ S S –O-H S S S S ║ ║ ║ ║ O O O O Xlorsulfon kislota HSO 3 -Cl sulfat kislotaning chala xlorangidridi bo‘lib, SO 3 ga HCl ta‘sir ettirib olinadi: SO 3 +HCl= HSO 3 Cl 238 Xlorsulfon kislota oson gidrolizga uchraydi va sulfat kislotaga aylanadi: HSO 3 Cl+H 2 O=H 2 SO 4 +HCl Pirosulfat kislota –H 2 S 2 O 7 sulfat kislotadan suv ajralib chiqishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir: O O 2H 2 SO 4 =H 2 S 2 O 7 +H 2 O H-O ║ O ║ O-H S S ║ ║ O O Monoperoksisulfat kislota - HOOSO 3 H vodorod peroksiddagi vodorodning bir qismi sulfoguruhga almashinganda hosil bo‘lgan mahsulotdir.U quyidagicha tuzulish formulasiga ega: O ║ S H-O-O ║ O-H H 2 SO 5 O H 2 SO 5 oltingugurt(YI) oksidining suvsiz H 2 O 2 da erishidan hosil bo‘ladi va Karo kislotasi ham deb yuritiladi: H 2 O 2 +SO 3 =H 2 SO 5 H 2 SO 5 kristal modda (suyuql. harorati 45 o S). Oksidlovcholik xossalari yaqqol ifodalangan kuchli kislotalardan: 2 KI+H 2 SO 5 = K 2 SO 4 +I 2 +H 2 O Biperoksisulfat kislota – HSO 3 -O-O-SO 3 H. Vodorod peroksiddagi ikkala vodorodning sulfoguruhga almashinishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Empirik formulasi H 2 S 2 O 8 bo‘lgan kristall modda. Suvda eriganida sulfat kislota va vodorod peroksidini hosil qiladi: H 2 S 2 O 8 +2H 2 O= 2H 2 SO 4 +H 2 O 2 Biperoksisulfat kislota juda kuchli oksidlovchi hisoblanadi: 2KI+H 2 S 2 O 8 = 2KHSO 4 +I 2 Sanoat miqyosida H 2 S 2 O 8 va uning tuzlari H 2 SO 4 ning 5O % li eritmalarini yoki gidrosulfatlarni gidrolizlab olinadi: H 2 SO 4 H + +HSO 4 - K(-) 2H+ +2e H 2 o A(+) 2HSO 4 - -2e H 2 S 2 O 8 H 2 S 2 O 8 dan vodorod peroksidi olish uchun ishlatiladi. 25.5. Selen, tellur va polloniy Se, Te va Po ning elektron tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi.Bu guruhni selen guruhchasi deb yuritiladi. Bu guruhcha elementlarining atom tuzilishi oltingugurtga o‘xshab -2,+2,+4 va +6 ga teng. Bu guruhdagi Po metal xossalariga ega va metall kristal panjara hosil qiladi. Selen bo‘lsa kul rang selen hosil qiladi va uni kristallari polimer tuzilishga ega. Qizil selen bo‘lsa Se 8 siklik tuzlish mosdir. Tellurning polimer modofikasiyasida selen atomlari o‘zaro zigzagsimon bog‘langan. Geksagonal holatda oq, kumushsimon metallga o‘xshash kristall tuzilishga ega. Selen va tellur yarim o‘tkazgichlar bo‘lib, yorug‘lik tushganida selenning elektr o‘tkazuvchanligi minglab marta ortadi. Polloniy tashqi ko‘rinishiga ko‘ra qo‘rg‘oshinga o‘xshab ketadi. Selenning oltita izotopi ma‘lum. Ulardan eng ko‘p tarqalgani 34 80 Se (79‘9%). Tellurning tabiatda sakkizta izotopi uchraydi. Ulardan 52 130 Te (34,5%) ahamiyatga ega. Kisloroddan polloniyga qarab oksidlovchilik xossasi kamayib, qaytaruvchanlik xossasi ortib boradi. Selen suv bilan ta‘sirlashmaydi, lekin tellur 160 o S larda TeO 2 ga aylanadi: Te+2H 2 O=TeO 2 +2H 2 239 Selen va tellur kislotalar ta‘sirida H 2 EO 4 formulali kislotalar hosil qilsa, tellur tuzlarni hosil qiladi: Po+8HNO 3 =Po(NO 3 ) 4 +4NO 2 +4H 2 O H 2 S, H 2 Se, H 2 Te, H 2 Po qatorida molekula barqarorligi kamayib, kislotalarnig kuchi ortib boradi.Shu qatorda qaytaruvchilik xossalar ortadi. H 2 Po olingan zahoti oz-ozidan parchalanadi. Bu birikmalarning xossalari 48-jadvalda keltirilgan. 48-jadval.Selen guruhchasi elementlarining vodorodli birikmalarining xossalari Birikmalar H 2 O H 2 S H 2 Se H 2 Te Qayn.harorati, o S 100 -60,4 -41,4 -2 E-H bog‘ining uzunligi,nm 0,096 0,133 0,146 0,169 K 1 suvdagi eritmada 1,8 * 10 -16 1 * 10 -7 1,7 * 10 -4 1,O * 10 -3 Selen(Selenium). Oltingugurt birikmalari bilan birga uchraydi. Havoda yonganida SeO 2 hosil bo‘ladi. SeO 2 (bug‘l. harorati 315 o S). Selen xlorid va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi.Konsentrlangan sulfat kislota ta‘sirida yashil rangli SeSO 4 hosil bo‘ladi: Se+2H 2 SO 4 =SeSO 4 +SO 2 +2H 2 O Vodorod bilan selenning ta‘sirlashuvida H 2 Se hosil bo‘ladi: H 2 +Se=H 2 Se Uning kislotalik xossalari TeO 2 va PoO 2 dan kuchliroq. Suvda yaxshi eriydi. Bunda selenit kislotasi hosil bo‘ladi: SeO 2 +H 2 O=H 2 SeO 3 H 2 SeO 3 erkin holda ajratib olingan.H 2 SeO 3 qattiq modda, lekin oson suvini yo‘qotadi. SeCl 4 - qattiq moddalardir(suyuql.harorati 100-350 o S). Suv ta‘sirida oson gidrolizlanadi va selenit kislotasini hosil qiladi: SeCl 4 +3H 2 O=H 2 SeO 3 +4HCl SeF 6 (gaz modda bugl. harorati -46,6 o S). Selen oltingugurtga o‘xshash disproportsialanish reaksiyasiga kirishadi: 3Se+6KOH=K 2 SeO 3 +2K 2 Se+3H 2 O SeO 3 oq rangli shishasimon qattiq modda(suyuql. harorati 118,5 o S). Suv bilan oson ta‘sirlashadi va selenat kislotani hosil qiladi: SeO 3 +H 2 O=H 2 SeO 4 Selenat kislotaning tuzlari selenidlarlarga kuchli kislotalar ta‘sir etib olinadi: K 2 Se+4NaNO 3 = K 2 SeO 4 +4NaNO 2 Selenat kislota oq rangli kristall modda(suyuql. harorati 62,4 o S). Uning suvli eritmasi kuchli kislota (K 1 =1,2 * 10 3 , K 2 =1,2 * 10 -2 ). Selenat kislotaning bariyli va qo‘rg‘oshinli tuzlari erimaydi. Selen uchun quyidagi anion komplekslar o‘rinli: K[SeF 5 ], K 2 [SeF 6 ]. Tellur(Tellurium). Tellur, ko‘pincha, oltingugurt va selen birikmalariga aralashgan holda uchraydi. Kumush tellurid (gessit) - Ag 2 Te, oltin tellurid (klaverit)- Au 2 Te, silvanit- AgAuTe 4 tellurning tabiiy birikmalari hisoblanadi. Tabiatda turg‘un radioaktiv izotoplari atom massasi 210-218 oralig‘ida bo‘ladi. Ularning ichida eng turg‘uni 84 210 Po (yarim emirilish davri 138,8 sutka). Oddiy holatda to‘q kul rang kukun holatda va kumushsimon oq kristallar hosil qiladi. Tellur juda mo‘rt moddadir. Avvalo rudalardan TeO 2 ga o‘tkazilib, unga ishqorlar so‘ngra SO 2 ta‘sir ettiriladi: TeO 2 +2NaOH=Na 2 TeO 3 +H 2 O 2Na 2 TeO 3 +SO 2 = Te +2Na 2 SO 4 240 Tellur yonganda TeO 2 ga aylanadi. Tellur ishqorlarda oson eriydi va telluritlar va telluridlar hosil qiladi: 3Te+6KOH= K 2 TeO 3 +2K 2 Te+3H 2 O H 2 Te rux telluridiga kuchli kislotalar, masalan, HCl ta‘sir ettirish orqali olinadi: ZnTe+2HCl= ZnCl 2 +H 2 Te H 2 Te qo‘llansa hidli gaz modda ( qayn. harorati -1,8 o S). Telluridlar yarim o‘tkazgichvlar hisoblanadi Bi 2 Te 3 termobatareyalar tayyorlashda ishlatiladi. TeO 2 rangsiz kristall modda, suvda oz eriydi. H 2 TeO 3 beqaror va kuchsiz kislota. H 2 TeO 3 tarkibida 2H 2 O tutgan holda ortotellurat kislota H 6 TeO 6 ni hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari Ag 6 TeO 6 tarkibga ega. TeCl 2 va TeI 2 ancha barqaror. TeI 4 anionli komplekslar hosil qiladi: TeI 4 +2KI=K 2 [TeI 6 ] H 6 TeO 6 kislotadan suv ajralganida tellurat kislota hosil bo‘ladi H 2 TeO 4 . TeO 3 suvda erimaydi, lekin ishqorlarda eriydi. Tellurat kislota kuchsiz kislota (K 1 =2 * 10 - 8 ,K 2 =5 * 10 -11 ). Tellur qotishmalarga qo‘shiladi. Undan yarim o‘tkazgichlar tayyorlanadi. Polloniy(Pollonium).Oq kumush rang metal (suyuql. harorati 254 o S). Metallar bilan pollonidlar hosil bo‘lib: Na 2 Po, PbPo, HgPo birikmalari ma‘lum. PoCl 2 xossalari bo‘yicha tuzlarga o‘xshaydi. Po(IV) birikmalari ham tuzlarga o‘xshaydi: Po(SO 4 ) 2 , Po(NO 3 ) 4 . PoO 2 da kislotalik xossalar kuchsiz. PoO 2 kislotalar bilan asosli oksidga o‘xshab ta‘sirlashadi: PoO 2 +2H 2 SO 4 =Po(SO 4 ) 2 +2H 2 O PoCl 4 juda oson anion komplekslar hosil qiladi: 2KCl+PoCl 4 =K 2 [PoCl 4 ] Selen o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi asboblarda ishlatiladi.U shisha ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Tellur qo‘rg‘oshin tarkibiga qo‘shilganda qo‘rg‘oshinning mexanik xossalari va korroziyaga chidamliligi ortadi. Po – zarrachalar olishning arzon manbai hisoblanadi. 25.6. YI A guruh elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati Kislorodning biologik ahamiyati nihoyatda kattadir. Kislorod tirik organizmlardagi biokimyoviy jihatdan muhim bo‘lgan moddalar tarkibiga kiradi (oqsillar, yog‘lar,uglevodlar, suv, nuklein kislotalar va boshqalar). Barcha o‘simlik va hayvonlar kislorod bilan nafas oladi. Tirik organizmdan kislorod uglevodlar, yo‘g‘lar va boshqa organik moddalarni oksidlaydi. Bunda ajralib chiqqan energiya barcha hayotiy jarayonlarni ta‘minlaydi(biokimyoviy sintez, muskullarning ishi, harakat va boshqalar. Kislorod organizm tarkibiy qismining 64,4 % ini tashkil etadi.Tinch holatda odam organizmi har daqiqada 0,264 l kislorod iste‘mol qiladi. Organizmda kislorod yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha kasalliklarda davolovchi vosita sifatida ishlatiladi. Nafas olish yo‘llari, yurak qon –tomir tizimi kasaliklarida hamda is gazi, sianidlar bilan zaharlanganda kislorod ishlatiladi. Odatda 95% kislorod va 5% uglerod (IY) oksidi bo‘lgan aralashma- karbogen qo‘llaniladi. Kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi bo‘lgan ozon kuchli oksidlovchi bo‘lganligi sabali suvni, havoni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi va bunda u suvdagi mikroblarni o‘ldiradi. Oltingugurtning kishi tanasidagi umumiy miqdori 140 g atrofida bo‘lib, unda organizmning kundalik ehtiyoji 1 g ni tashkil etadi. Oltingugrt ko‘pgina organk moddalarning, jumladan oqsil, aminkislotalar(sistein, sistin, metionin) gormonlar(insulin), vitamin(B) tarkibiga kiradi. Tarkibida oltingugurt tutgan ba‘zi aminokilotalar tirik organizmda vodorodni tashish vazifasinin bajaradi. 241 Sistein, sistin va tarkibida –SH, -S-S- guruhini tutgan boshqa moddalar organizmni radiatsion nurlanishdan himoya qiladi. Shuning uchun ular nur kasalligini davolashda tavsiya etiladi. Oltingugurt qadimdan dori moddasi sifatida ishlatilib kelingan. Oltingugurtning teriga ta‘siri natijasida sulfidlar va pentation kislota(H 2 S 5 O 6 ) hosil qiladi. Ular mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Oltingugurt ichilganda 10-40% atrofida vodorod sulfidga va sulfidlarga aylanadi. Ular ichni yumshatadi. Bu maqsadlarda tozalangan va cho‘ktirilgan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida oltingugurt bo‘lgan ko‘pgina tuzlar dori moddasi sifatida qo‘llaniladi. Na 2 S 2 O 3 – natriy tiosulfat galogenlar, sianidlar bilan zaharlanganda, shuningdek, As, Pb, Hg birikmalari bilan zaharlanishda ishlatiladi. Na 2 S 2 O 3 galoganlar zaharsiz tuzlarga, sianidlar esa rodanidlarga aylanadi: KCN+Na 2 S 2 O 3 =KCNS+Na 2 SO 3 As, Pb, Hg zaharsiz silfidlar hosil qilib organizmdan chiqib ketadi. Bundan tashqari, Na 2 S 2 O 3 allergiya, asab kasalliklarida ham qo‘llaniladi. Na 2 SO 4* 10H 2 O natriy sulfati kristallogidrati surgi sifatida hamda qo‘rg‘oshin va bariy birikmalari bilan zaharlanganda ishlatiladi. Tarkibida oltingugurt tutgan organik birikmalardan sulfanilamidlar (etazol, norsulfazol va boshqalar) tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Selen- katta biologik ahamiyatga ega. Selenning organizmni himoyalanish qoboliyatiga hamda fermentativ reaksiyalarga katta ta‘sir qilishi aniqlangan. Odam, hayvon va qushlarning ko‘z pardasida oz miqdorda selen bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatining o‘tkirligi bilan ajralib turuvchi burgutlarning ko‘z pardasida selenning miqdori odamnikidan yuz marta ko‘p. Shuning uchun selen ―ko‘rish elementi‖ deb ataladi. Hozirgi paytda tibbiyotda tarkibida selen tutgan organik moddalar dori modda sifatida keng qo‘llanilmoqda. 26-bob. VII A guruh elementlarining umumiy tavsifi Ftor, xlor, brom, yod va astat galogenlarga tegishli. Galogen so‘zi ―tuz tug‘diruvchi‖ degan ma‘noni beradi. Bu elementlar p- elementlarga kirib ular tuz hosil qilishga moyil. Bu elementlar tashqi qavatida ettitadan elektron bor. Galogenlar ns 2 np 5 elektron formulaga ega bo‘lib, tashqi qavatdagi etti elektronning ikkitasi s- va beshtasi p- orbitallarda joylashgan. Galogenlar uchun tegishli eng asosiy kattaliklar 49- jadvalda keltirilgan. 49-jadval. YII A guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari Asosiy kattaliklar Ftor Xlor Brom Yod Astat Atom massasi Elektron formulasi Atom radusi, nm E - ion radiusi,nm Suyuql. harorati, o S Qayn. harorati, o S Odatdagi sharoitda Ionl. energiyasi, eV E E + Yer po‘stlog‘idagi miqdori,mol % 18,998 2s 2 2p 5 0,071 0,133 -219,6 -188,1 Och yashil gaz 17,42 2,8 * 10 -2 35,453 3s 2 3p 5 0,099 0,181 -101,0 -34,1 Yashil-sariq gaz 12,97 2,6 * 10 -2 79,904 4s 2 4p 5 0,114 0,196 -7,3 59,2 Qizil qong‘r syuqlik 11,84 8,5 * 10 -5 126,904 5s 2 5p 5 0,133 O,220 113,6 185,5 Qora siyoh kristall 10,45 4*10 -6 209,98 6s 2 6p 5 - 0,23 227 317 Qora – ko‘k kristal 9,2 Izi bor Galogenlar tashqi qavatida bittadan elektronlar bo‘lib, bir zaryadli anionlar hosil qiladi. Ftordan tashqari barcha galoganlar o‘z elektronlarini berib + 1 dan +7 gacha oksidlanish 242 darajasini namoyon qiladi. Ftordan astatga qarab atom radiusi ortadi, ionlanish energiyasi kamayib, metall xossalar kuchayib boradi. Ftor- xossalari yaqqol ifodalangan metallmas, ayni paytda astatda metallik xossalar bor. Ftordan astatgacha oddiy moddalarning agregat holatlari gazdan qattiq holatga o‘zgaradi. Oddiy modda holatida galogenlar ikki atomli molekula hosil qiladi. Molekulada atomlar orasi ftorda yodga o‘tgan sari uzoqlashgani uchun molekulaning qutblanuvchanligi ortib boradi. 26.1. Ftor Ftor(Ftorum). Tabiatda uchrashi. Eng muhim minerallaridan fluorit –CaF 2 , kriolit Na 3 [AlF 6 ], ftorapatit 3Ca 3 (PO 4 ) 2* CaF 2 . Ftor tish emali tarkibida va suyaklarda borligi aniqlangan. Olinishi. Birinchi marta 1886 yilda Muasson tomonidan KF ni suvsiz vodorod ftoridda elektroliz qilib ajratishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirgi paytda ftor olish uchun HF va KF aralashmasi yoki KHF 2 tuzi 70 o S da elektroliz qilinadi. Elektrolizyor nikeldan yasalgan va u anod hisoblanadi. Ko‘mir bu jarayonda katod sifatida ishlatiladi. Elektrolizda ajraladigan vodorod va ftor portlab ketmasligi uchun katod va anod bo‘shlig‘i diafragma bilan ajratilgan. Tabiatda ftor birgina izotop holatida 9 19 F holatida uchraydi. Ftorning sun‘iy yo‘l bilan olingan 9 17 F, 9 18 F, 9 20 F izotoplari olingan. Ularning saqlanish muddati juda oz. Xossalari. Ftor o‘tkir hidli sariq-yashil tusli gaz modda. Gaz holatdagi ftor suyuq HF da yaxshi eriydi. Suyuq holatdagi ftor suyuq kislorod va ozonda eriydi. Juda past haroratda (-188 o S) ftor kub shaklli kristall panjara hosil qiladi. Ftorni saqlash va tashish uchun zanglamaydigan po‘lat, mis, alyuminiy, nikeldan yasalgan ballonlar ishlatiladi. Agar metal sirtiga ftoridlardan qatlam hosil bo‘lsa bu metallar ozgarishga uchramaydi. Kimyoviy xossalari. Ftorning yuqori kimyoviy aktivligi uning molekulasining dissotsilanish energiyasi kichikligi (159 kJ/mol) bilan tushuntiriladi. Ftor suvda eritilsa, erish o‘rniga shiddatli ta‘sirlashuv yuzaga keladi: 2F 2 +2H 2 O= 4HF+O 2 Bu jarayonda atomar kislorod hosil bo‘lib undan O, O 3 , OF 2 , H 2 O 2 hosil bolishi ham kuzatiladi. Ftor atmosferasida hatto shisha ham yonadi: SiO 2 +2F 2 =SiF 4 +O 2 Ftor barcha oddiy moddalar bilan hatto sovuqda ham oson ta‘sirlashadi. Fosfor va oltingugurt ftor bilan -190 o S da ta‘sirlanadi: S+3F 2 =SF 6 2 P+5F 2 =2PF 5 Kremniy odatdagi sharoitdayoq ftor bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi: Si+2F 2 =SiF 4 Ftor ishqorlar bilan ham ta‘sirlashib, unda ftor oksidini hosil bo‘ladi: 2 F 2 +2NaOH=2NaF+OF 2 +H 2 O F 2 O- kislorod ftorid nafas yo‘llariga kuchli ta‘sir etuvchi gaz modda (suyuql. harorati- 223,8 o S, qayn. harorati -145 o S). Ftor va kislorod aralashmasiga elektr razryadi ta‘sir ettirib kislorod diftorid olingan: F 2 +O 2 =O 2 F 2 O 2 F 2 – faqat past haroratda barqaror modda. U qizg‘ish rangli qattiq modda, -163 o S da qotadi, -57 o S da qaynaydi va bir oz yuqoriroq harorat ta‘sirida parchalanib ketadi. Kislorod va azot ftor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri birikmaydi. Ftor vodorod bilan hatto qorong‘ida juda past temperaturada (-250 o S) ham ta‘sirlashadi: H 2 +F 2 =2HF Oltin va platina cho‘g‘ holatga keltirilganda va boshqa metallar odatdagi haroratda ftor bilan reaksiya kirishadi: 2 Au+3F 2 =2AuF 3 Pt+2F 2 =PtF 4 2Fe+3F 2 =2FeF 3 Nikel, qo‘rg‘oshin va mis sirti ftor atmosferasida ftoridlar qatlami bilan qoplangani uchun metallning ichki qismi ftor ta‘siridan saqlanadi. 243 Ftor ta‘sirida hatto inert gazlar ham oksidlanadi: Xe+2F 2 =XeF 4 Ksenoning ftorli birikmalari tarkibi turlicha: XeF 2 , XeF 4 , XeF 6 . Ksenon ftoridlari asosida XeOF 2 , XeOF 4 va XeO 2 F 2 birikmalari olingan. 235 UF 6 va 238 UF 6 larni diffuzion usulda ajratishda ftor kerak bo‘lgani uchun ham ftorga bo‘lgan qiziqish juda ortib ketdi. Og‘ir metallarning ftoridlari , masalan, UF 6 56,7 o S da qayanaydi. Shuningdek ftor sovituvchi agentlar va ftoroplastlar olishda ham katta amaliy ahamiyatga ega. F Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling