Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
KIMYO FANI VA SANOATINING ISTIQBOLLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYO FANI VA SANOATINING ISTIQBOLLARI O‘zbekistonda kimyo fani jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Mamalakatimizda O‘zbekiston fanlar akademiyasi tasarufuda bo‘lgan kimyo sohasiga tegishli 6 ta ilmiy tekshirish institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bularga umumiy va noorganik kimyo , o‘simlik moddalari kimyosi , bioorganik kimyo, polimerlar fizikasi va kimyosi, O‘zbekiston farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti va boshqalarni olish mumkin. Bundan tashqari universitetlarning kimyo fakultetlarida, kimyo texnologiya instituti, shuningdek Toshkent farmatsevtika institutining qator kafedralarida kimyo faniga tegishli eng dolzarb masalalarni hal etish yo‘lida katta ilmiy izlanishlar olib boriladi. Mamalakatimiz kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan xom ashyolar – tabiiy gaz, neft, toshko‘mir, mineral rudalar ko‘pligi ilmiy izlanishlar olib borish uchun yangidan yangi kimyoviy 255 moddalarni yaratishga va kerakli mahalliy xom ashyolar zahirasidan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Kimyogar olimlar o‘simliklar va hayvonot dunyosining zahiralaridan ekologik toza, yuqori samarali va kerakli kimyoviy moddalar va dori-darmonlar yaratish ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kelajakda kimyo fani va sanoati oldida olamshumul yangiliklar yaratish turibdi. Yangi ustivor yonalishlardan biri nanotexnologiya usullaridan foydalanish orqali yangi materiallar yaratishdir. Bu jarayonda alohida atomlar bilan ishlash texnologiyalari nazarda tutiladi. Nanometr (nm) metrning milliarddan bir bo‘lagi hisoblanadi. Atomlarning o‘lchami bir necha nanometrni taskil etadi. Polimer oqsillar esa 50-900 nm, ribosomalar va ba‘zi tranzistorlar 20 nm o‘lchamga ega. Atomlarni alohida ―g‘ishtlar‖ deb qarab, nanotexnologiya usullari yordamida oldindan xossalari ma‘lum bo‘lgan har qanday materiallarni yasash mumkin bo‘ladi. Hozirgi paytda nanotexnologiya usullari bilan yaratilgan materiallar ishlab chiqilmoqda. O‘simlik xom ashyolaridan bifaol moddalarni ajratib olishda ham bu texnologiya ishlatilayoganligi va samarali dori turlari oliganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Tibbiyot va farmatsiyaga ham shunday ustivor texnologiyalardan foydalanish qarilikni oldini olish, xafli o‘smalarni boshlang‘icv davrida davolash, toqimalardagi hujayralarni faoliyatini boshqarish, yangi dori darmonlar yaratish va boshqa yangiliklarni yuzaga keltiradi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda kimyo sanoati jadal rivojlanayotganligi kimyo korxonalari chiqindisiz texnologiyalardan foydalanayotganligi juda ahamiyatlidir. Hozirgi paytda respublikamizda quyidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda: -Chirchiq elektrokimyo kombinati. Qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan ammiak, selitra, karbamid, yuqori kontsentrasiyali nitrat kislota, vodorod, karbonat angidrid, natriy, kaliy metallari, mis-rux-alyuminiy katalizatorlari va boshqalar ishlab chiqazadi. Kombinatning asosiy xom ashyosi havodan (azot va kislorod) olinadi. Metanni parchalash orqali atsetilen va vodorod olinib ulardan juda ko‘p mahsulotlar tayyorlanadi. Xuddi shunday mineral o‘g‘itlar Navoiy azot va Farg‟ona azot birlashmalarida ham amalga oshiriladi. - Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi, Qo‘qon superfosfat zavodi ham asosan fosforli , azotli va boshqa o‘gitlar ishlab chiqarishga moslashtirilgan. -Sho‟rtan neft-kimyo sanoati birlashmasi zavodlarida ham kimyo sanoatining qator muhim mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu korxonalarda neftning yo‘ldosh gazlari qayta ishlanib yuqori bosimli polietilen olinadi. - Kaustik soda zavodi O‘zbekistonda amalga oshirilgan katta ishlardan biridir. Mamalakatimizda yuqori sifatli soda olishni solvey usuli asosida amalga oshirilmoqda. Bu usulda eng asosiy xom ashyo osh tuzi, karbonarangidrid, ammiak va suv hisoblanadi. Bu xom ashyolarning zahiralari mamlakatimizda etarli miqdorda mavjud. -Neftni qayta ishlash korxonalari. O‘zbekistonda yirik 5 ta neftni qayta ishlash zavodlari (Farg‘ona, Buxoro, Muborak, Fuzor, Oltiariq) bor. Ularda kimyo va dori-darmon sanoati uchun zarur bo‘lgan qator xom ashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yuqoridagilardan boshqa respublikada qator qurilish materiallari korxonalari, yog‘-moy zavodlari, oziq –ovqat va yengil sanoati korxonalari borki ularda ham kimyo sanoati uchun zaruriy mahsulotlar etarli miqdorda olinadi. Ayniqsa Qoraqumda katta fosforitlar koning ochilganligi fosforli og‘itlar ishlab chiqarishni kengaytirishga imkon beradi. Inson va biosfera, kimyodagi ekologik muammolar. Biosfera faqat muhitgina bo‘lmasdan inson yashaydigan makondir. Inson shu makonda yashar ekan u planetamizdagi ekosistemalarning biri hisoblanadi. Hayot faoliyati davomida elmentlarning aylanishi sodir bo‟ladigan haqiqiy biologik chegara ekosistema deyiladi. 256 Inson o‘z hayot faoliyati davomida anorganik moddalardan organik moddalar yarata olmaydi u tabiatdan organik moddalarni faqat tayyor holda o‘simlik yoki hayvonlardan oladi. Inson uchun kerak bo‘ladigan havo toza bo‘lishi kerak. Insonni o‘zi hayot faoliyati davrida tabiatning biogen aylanishiga putur etkazishi mumkin. Atrof muhitni sanoat, kimyo korxonalari, insonning hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan chiqindilar buzadi.Odatda havoda juda kichik qattiq zarrachalar va zaharli gazlar bor. Havoga metall oksidlarini kuydirishdagi chiqindilar, masalan sulfidlar yongandagi gazlar: 2ZnS+3O 2 = 2ZnO+2SO 2 Havoga tarqalgan gazlar tarkibida SO 2 , NO 2 va boshqa gazlar bo‘lib, ular suv bilan ta‘sirda kislotalar hosil qiladi va yerga yana kislotali yomg‘irlar holiday qaytib keladi. Odatda yomg‘ir suvida pH 5,6 ga teng bo‘lishi kerak. Lekin ba‘zan atmosferaga chiqindi gazlarning otilishi oqibatida sanoat korxonalari yaqinida yomg‘ir suvining pH qiymati 4,3, va hatto 1,5 gacha kamayganligi kuzatilgan. Bunday kislotali yomg‘irlar o‘simliklar hayoti va o‘rmonlar uchun zararli. Kislotali yomg‘irlar hovuzlar va suv havzalarini to‘ldirganligi uchun ular baliqlar va suv hayvonlariga ancha zarar keltiradi. Ayniqsa ichki yo‘nar dvigatellardan chiqadigan CO, azot oksidlari, ozon atmosferani ifloslantiradi. Ayniqsa yoqilg‘iga qo‘shiladigan qo‘rg‘oshinning organik birikmalari(tetraetil qo‘rg‘oshin) atmosferaga qo‘rg‘oshin galogenidlari holatida tarqaladi. Katta sharlarda qo‘rg‘oshin miqdori ruxsat etilgan holatdan minglab marta oshib ketadi. Sanoat miqyosida simob, kadmiy kabi zaharli metallarning ishlatilishi va ulardan oqava suv orqali atmosferaning buzilishi ko‘p sodir bo‘ladi. Atmosferaning va atrof muhitning zararlanishidan turli kasalliklar kelib chiqishidan tashqari u yoki bu geografik joylanishga bog‘liq kasalliklar ham mavjuddir. Ana shu kasalliklar endemik kasalliklar deyiladi. Kimyoviy elementlarning turli hududlarda konsentartsiyasi har xilligi shu tumanlarda o‘ziga xos biokimyoviy reaksiyalar ketishini ko‘rsatadi. Masalan, Boshqirdistonda mis ko‘p tarqalgan, Armanistonda molibden, O‘rta Osiyoda yod etishmasligi, O‘zbekistonnig janubiy viloyatlarida atrof muhitni ftor bilan zaralanishi turli o‘ziga xos endemik kasalliklarni ko‘payishiga olib keladi. 257 Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Н.С. Ахметов. Общая и неорганическая химия» Высшая школа».М.,2002. 2.K.M.Ahmerov, A.Jalilov, R.S.Saefitdinov, Umumiy va anorganik kimyo, ”Ozbekiston”,2006. 3.N.A.Parpiev, H.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyoning nazariy asoslari. T.,”Ozbekiston”,2002. 4.N.A.Parpiev,A.G.Muftaxov,H.R.Rahimov, Anorganik kimyo.”О‟zbekiston”, 2003. 5.Ҳ.Р.Рахимов, Анорганик химия. Олий ўқув юрт. Химия ихтисослиги бўйича таълим олувчи студ. учун дарслик. Қайта ишланган тўлдирилган 2-нашри. Т. «Ўқитувчи», 1984.-424 бет. 6.A.И.Горбунов. Теоретические основы общей химии.М.,2001. 7.Д.А.Князев,Неорганиеческая химия:учеб.для ВУЗов/Д.А.Князев, С.Н.Смарыгин.-3- изд.испр.-М.:Дрофа,2005.-591. 8.Общая химия. Биофизическая химия.Химия биогенных элементов: Учебник для ВУЗов/ Ю.А.Ершов, В.А.Попков,А.С.Берлянд и др.; под ред. Ю.А.Ершова- 4 изд.,-М.: Высш.шк.,2003.-560 с. ил. 9.Э.Т.Оганесян. Неорганическая химия.-М.,Высшая школа,1984.-с.379. 10. Е.Я. Левитин,А.Н.Бризицкая,Р.И.Клюева Общая и неоргнаическая химия: Учебник для студентов фармац. ВУЗов и фармац. Фак. медВУЗов.Х.:Изд-во НФАУ: Золотые страницы,2002.-536 с. 258 MUNDARIJA So‟z boshi…………………………………………………………………………7 Zamonaviy muammolarni hal etishda kimyo fanining o‟rni…………………10 I QISM. UMUMIY KIMYO 1- bob. Kimyoning asosiy qonunlari ………………………………………… 12 Kimyoning tarixi 1. 1. Kimyoning asosiy qonunlari ………………………………………………. 14 1. 2. Gaz qonunlari……………………………………………………………… .17 1.3. Asosiy tushunchalar…………………………………………………………19 1.4.Gazlarning molekulyar massasini aniqlash………………………………… 20 1.5.Atom massani aniqlash usullari…………………………………………… 20 2- bob. Moddalarning agregat holatlari……………………………………….21 2.1. Moddalarning qattiq holati…………………………………………………. 21 2.2. Suyuqliklar tuzilishi………………………………………………………....23 2.3.Moddalarning gaz va boshqa holatlari………………………………………24 3- bob. Anorganik moddalarning sinflari…………………………………….25 3.1.Oksidlar ……………………………………………………………………. 26 3.2.Asoslar……………………………………………………………………… 29 3.3. Kislotalar………………………………………………………………… 30 3.4.Tuzlar………………………………………………………………………. 33 4-bob. Kimyoviy reaksiyalarning energetikasi va yo‟nalishi………………. .38 4.1.Kimyoviy reaksiyalarning energetikasi …………………………………… 38 4.2.Termokimyoviy hisoblashlar………………………………………………...41 4.3. Kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishi……………………………………… 43 5 –bob. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi……………………………………. 50 5.1. Reaksiyalar tezligi………………………………………………………… 50 5.2. Reaksiya tezligiga ta‘sir etuvchi faktorlar…………………………………51 5.3. Reaksiya tezligiga haroratning ta‘siri ……………………………………. 52 5.4. Reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi……………………………… 54 5.5. Murakkab reaksiyalar………………………………………………………55 5.6.Kataliz.Katalitik reaksiyalar……………………………………………… 57 5.7. Kimyoviy muvozanat……………………………………………………….58 5.8. Kimyoviy reaksiyalarning mexanizmi…………………………………… 60 5.9. Kimyoviy jarayonlarning sodir bo‘lish shartlari…………………………. 61 6 -bob. Eritmalar………………………………………………………………. 63 6.1. Eritmalar konsentratsiyasi………………………………………………….. 65 6.2.Eruvchanlik. Erish mexanizmi………………………………………………..67 6.3.Eritmalarning fizik-kimyoviy xossalari…………………………………… 69 6.4.Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi ………………………………………. 73 6.5.Dissotsilanish darajasi………………………………………………………. 73 6.6. Eruvchanlik ko‘paytmasi……………………………………………………76 6.7. Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatinining siljishi ……………………..77 6.8. Suvning ion ko‘paytmasi…………………………………………………. 79 6.9.Indikatorlar haqida tushuncha………………………………………………80 6.10. Kislota va asoslar to‘grisidagi zamonaviy tassavurlar……………………81 6.11.Aktivlik, aktivlik koeffisienti.Eritmaning ion kuchi………………………..83 7- bob. Tuzlar eritmalarining gidrolizi……………………………………..85 259 7.1.Gidroliz tulari……………………………………………………………….85 7.2. Gidroliz konstantasi………………………………………………………..88 7.3. Gidrolizlanish darajasi……………………………………………………..89 8- bob. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari……………………………….. 91 8.1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining nazariyasi………………………. 93 8.2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglashtirish……………………… 93 8.3. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarining turlari………………………… 94 8.4. Oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalenti……………………………. 101 8.5. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari potensiallari………………………...101 8.6. Elektroliz…………………………………………………………………103 8.7. Metallar korroziyasi………………………………………………………106 9-bob. D.I.Mendeleyvning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi…98 9.1. Davriy sistemaning tuzilishi………………………………………………. 99 9.2. Elementlar va ularning birikmalari xossalaridagi davriylik………………100 9.3. Davriy jadvaldagi qonuniyatlar……………………………………………101 10 -bob.Atom tuzilishi………………………………………………………. 108 10.1. Atomning yadroviy tuzilishi……..……………………………………… 108 10.2.Izotoplar, izobarlar va izotonlar….……………………………………… 111 10.3. Yadro reaksiyalari……………………………………………………… 112 10.4.Atomlar spektri … …………………………………………………… 113 10.5.Nurning kvant nazariyasi……………………………………………….. 112 10.6.Kvant mexanikasining nazariy asoslari…………………………………. 113 10.7. Elektron bulut……………………………………………………………113 10.8. Shredinger tenglamasi……………………………………………….…..115 10.9. Kvant sonlar…………………………………………………………… . 115 10.10. Atom elektron qavatlarining tuzilishi………………………………….. 116 11 -bob.Kimyoviy bog‟lanish va molekula tuzilishi……………………… 122 11.1. Kimyoviy bog‘lanishning tabiati………………………………………… 122 11.2. Kovalent bog‘ hosil qilish usullari………………………………………..124 11.3. Gibridlanish nazariyasi………………………………………………….. 128 11.4. Kimyoviy bog‘ning asosiy tavsiflari……………………………………. 131 11.5. Molekulyar orbitallar usuli ……………………………………………… 133 11.6. Ion bog‘lanish ……..……………………………………… …………… 140 11.7. Ionlarning qutblanishi va qutblanish darajasi……………………………. 141 11.8. Vodorod bog‘lanish …………………………………………………… 143 11.9. Metall bog‘lanish…………………………………………………………144 11.10.Molekulalararo ta‘sirlar………………………………………………….144 12 - bob. Kompleks birikmalar………………………………………………146 12.1. Verner nazariyasi…………………………………………………………147 12.2. Kompleks birikmalarning nomlanishi…………………………………… 148 12.3 Kompleks birikmalarning molekulyar tuzilishini aniqlash ………………149 12.4. Kompleks birikmalarning turlari…………………………………………151 12.5. Kompleks birikmalarning eritmadagi barqarorligi ………………………153 12.6. Kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi va izomeriyasi ……………..154 12.7. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanishning tabiati……………….155 II QISM. ANORGANIK KIMYO 13-bob. Biogen elementlar kimyosi…………………………………………..161 13.1. Tabiatda biogen elementlarning tarqalishi………………………………..161 13.2. Odam organizmida makro- va mikroelementlar………………………….163 13.3. Odam organizmida biogen elementlarning joylanishi…………………….165 13.4. Organizmdagi kimyoviy elementlarning biologik o‘rni ………………….167 14- bob. Metallarning umumiy xossalari…………………………………….168 260 14.1. Metallarning kimyoviy xossalari……………………………………… 169 14.2. Metallarning standart elektrod potensiallari qatori………………….. 171 14.3. Metallarning olinish usullari …………………………….. …………… 173 15-bob. s-elementlar…………………………………………………………..174 15.1.Vodorod………………………………………………………………… 174 15.2. Suv va uning xossalari……………………………………………………177 15.3.Vodorod peroksidi va uning xossalari…………………………………….179 15.4. I A guruh elementlari…………………………………………………… 182 15.5. II A guruh elementlari …………………………………………………..186 15.6. Suvning qattiqligi va uni yo‘qotish usullari……………………………..191 16 -bob. III-V B guruh elementlari va ularning xossalari………………….193 16.1 Skandiy birikmalari……………………………………………………… 194 16.2.Lantanoidlar va aktinoidlar……………………………………………….194 16.3. IV B guruh elementlari…………………………………………………..196 16.4. V B guruh elementlari……………………………………………………198 17-bob .VI B guruh elementlari……………………………………………. .200 17.1.V1 B guruh elementlarining umumiy tasnifi ……………………………..200 17.2. Xrom va uning birikmalari………………………………………………..200 18 -bob.VII B guruh elementlari…………………………………………….. 206 18.1. VII B guruh elementlarining umumiy tasnifi……………………………..206 18.2. Marganes birikmalari………………………………………………………206 18.3. Texnetsiy va reniy to‘g‘risida qisqacha ma‘lumot ………………………..211 19-bob. VIII B guruh elementlari…………………………………………….212 19.1. VIII B guruh elementlarining umumiy tavsifi……………………………212 19.2. Temir birikmalari…………………………………………………………..213 19.3.Kobalt va uning birikmalari ………………………………………………..219 19.4. Nikel va uning birikmalari………………………………………………. 202 20- bob. I B guruh elementlari…………………………………………… 220 20.1. IB guruh elementlari, ularning birikmalari va xossalari…………………..222 20.2. Mis…………………….…………………………………………………..223 20.3. Misning birikmalari.………..…………………………………………… 224 20.4. Kumush va uning birikmalari…………………………………………….. 226 20.5. Oltin va uning birikmalari………………………………………………. 228 21- bob. II B guruh elementlari………………………………………………. 231 21.1. Rux birikmalari…………………………………………………………….233 21.2.Kadmiy……………………………………………………………………..235 21.3. Simob va uning birikmalari………………………………………………..236 III.QISM. Metallmaslarning umumiy xossalari……………………………239 22- bob. IIIA guruh elementlari……………………………………………….239 22.1. Bor va uning xossalari …………………………………………………….241 22.2.Alyuminiy va uning birikmalari ………………………………………… 246 22.3. Galliy guruhchasi elementlari……………………………………………..249 23- bob. IV A guruh elementlari………………………………………….. 252 23.1. Uglerod………………………………………………………………….. 252 23.2. Kremniy………………………………………………………………….. 262 23.3. Germaniy, qalay va qo‘rg‘oshin…………………………………………..265 24- bob. V A guruh elementlari ………………………………………………269 24.1.Azot……………………………………………………………………….. 269 24.2.Azotning vodorodli birikmalari………………………………………… 271 24.3. Azotning kislorodli birikmalari……………………………………………276 24.4.Nitrat kislota va uning tuzlari………………………………………………280 24.5. Fosfor………………………………………………………………………282 261 24.6. Fosforning oksidlari va kislotalari…………………………………………285 24.7.Mishyak………………………………………………………………….. 290 24.8. Surma………………………………………………………………………293 24.9.Vismut…………………………………………………………………… 294 25 – bob. V1A guruh elementlari…………………………………………….. 295 25.1. Kislorod va uning xossalari………………………………………………..296 25.2. Oltingugurt………………………………………………………………..298 25.3. Sulfat kislotasi va uning xossalari………………………………………. 305 25.4.Oltingugurtning murakkab kislotalari………………………………………306 25.5.Selen, tellur va polloniy…………………………………………………….308 25.6.VI A guruh elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati……………………… 311 26-bob. VII A guruh elementlarining umumiy tavsifi……………………. .313 26.1. Ftor………………………………………………………………………. 313 26.2. Xlor va uning birikmalari…………………………………………………316 26.3. Xlorning kislorodli birikmalari……………………………………………318 26.4. Brom………………………………………………………………………321 26.5. Yod………………………………………………………………………..323 26.6. Astat……………………………………………………………………….325 26.7.Galogenlarning o‘zaro hosil qilgan birikmalari…………………………. 325 26.8. Galogenlar birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati……………………… 326 27-bob.VIII A guruh elementlari tavsifi…………………………………….. 327 27.1. Geliy, neon va argon…………………………………………………… 328 27.2. Kripton guruhchasi elementlari………………………………………….. 329 Kimyo fani va sanoatining istiqbollari ……………………………………. 330 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………… 333 Mundarija…………………………………………………………………. … 334 Hakim Raxmonovich To‘xtayev Rahim Aristanbekov Komiljon Aminjonovich Cho‘lponov Sobirjon Nigmatovich Aminov ANORGANIK KIMYO Farmasevtika institutining farmatsiya mutaxassisligi tlabalari uchun darslik Toshkent, 2008 . 262 ОГЛАВЛЕНИЕ Введение…………………………………………………………………………7 Роль химии при решении севременных проблем............…………………10 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling