Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1.4. Boshqarish uslublari 
Boshqaruv: 
1) jarayon sifatida rahbar va boshqaruv apparatining insonlarning birgalikdagi 
faoliyatini belgilangan maqsadga erishish yo‘lida muvofiqlashtirishga qaratilgan kasbiy 
faoliyatdir; 
2) fan sifatida boshqaruv faoliyatining qonunlari va qonuniyatlari, tamoyillari, 
funksiyalari, shakllari va usullarining nazariy asoslarini tashkil etadi. Boshqaruv fani 
ilmiy asoslangan holda, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va boshqa qonunlarga tayanadi. 
3) tashkilot boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini aks ettiradi; 
4) faoliyat turi sifatida rahbarlik lavozimini anglatadi
1
.
Boshqaruv jarayoni boshqaruv faoliyatining ketma-ketligi bilan belgilanadigan quyidagi 
bosqichlarga ega: maqsad; vaziyat; muammo; qaror. 
Boshqaruvning asosiy elementi tashkilotning aniq maqsadi bo‘lib, u ko‘p jihatdan 
tashkilot faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beradi. Shu sababli har bir menejer o‘zi 
boshqarayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalay olishi, hamda unga 
erishish vositalarini belgilashi lozim. 
Tashkilotning maqsadi — bu belgilangan vaqt davomida barcha hodimlarning 
muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari yordamida erishish mumkin bo‘lgan istalgan holat 
yoki natija. 
Maqsadlarni ifodalash ularning xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni 
aniq tushunilishini taqozo etadi. 
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
• aniqlik (aniq ifodalangan yakuniy natija); 
• mantiqiyligi (mazmuni bo‘yicha bir ma’noni anglatishi, qarama-qarshi 
talqinlarning istisno etilishi); 
• erishish imkoniyati (bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak); 


• miqdoriy jihatdan o‘lchanishi;
• vaqt bo‘yicha belgilanganligi (bajarish muddatlari) 
• maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor; 
• maqsadni amalga oshirish bo‘yicha xatti-xarakatlar bo‘limlar va ma’sullar 
bo‘yicha taqsimlanganbo‘lishi lozim; 
• samaradorlik (natija va foyda berishi). 
Tashkilotning boshqaruv maqsadlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash 
mumkin, ularning ichida vaqt davri, takrorlanish va ustuvorlik mezonlari yetakchilik 
qiladi. 
Vaqt davriga qarab maqsadlar strategik (5—10 yillik davri uchun), taktik (5 
yilgacha), tezkor (operativ) maqsadlarga ajratiladi.
Ustuvorlik darajasi bo‘yicha maqsadlar zudlik bilan amalga oshiriladigan va
nomuhim maqsadlarga toifalanadi.
Takrorlanishi bo‘yicha esa — doimiy, davriy takrorlanadigan va fursatli 
maqsdlarga bo‘linadi. Doimiy va davriy takrorlanadigan maqsadlar uchun, odatda, 
standart axborotlardan foydalangan holda, ya’ni rasmiy yondashuv ishlab chiqiladi. 
Fursatli maqsadlarga erishish uchun yangi uslublar yaratiladi, mutaxassislar o‘qitiladi, 
yangi resurslar izlab topiladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling