Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari
Doimiy (uzluksiz) va davriy takrorlanadigan maqsadlar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fursatli maqsadlar
- Boshqaruv funksiyalari
- Rejalashtirish
Doimiy (uzluksiz) va davriy takrorlanadigan maqsadlar – muntazam ravishda
belgilanadigan va amalga oshiriladigan maqsadlar. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, intizomni mustaxkamlash, mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish kabi uzluksiz ravishda belgilanadigan maqsadlar. Fursatli maqsadlar - biror bir muammoni hal etish zarurati tug‘ilgan hollarda belgilanadigan maqsadlar. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jixozlarni yangilash. Boshqarish jarayonining samarali bo‘lishi maqsadning asoslanganligi va to‘g‘ri belgilaganligiga bog‘liq. Chunki aynan shu maqsadga binoan boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi, lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. Shu sababli, boshqaruv yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov sifatida ta’riflanadi.Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qilishga hamda bu qarorning bajarilishininazorat qila bilishga bog‘liq. Boshqaruv boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishga va oqilona qarorni qabul qilishni o‘rgatadi. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchi-menejerlarni tayyorlash. Boshqaruv funksiyalari — bu boshqaruv faoliyatida bajarilgan ishlarning mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli yo‘naltirilishi alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari. Boshqaruv funksiyalari ikki guruhga ajratiladi: ▲ umumiy; ▲ spesifik (ixtisoslashgan). Boshqaruvning quyidagi umumiy funksiyalari mavjud bo‘lib, ular boshqaruvning barcha darajalarida (farmatsevtika xizmatini davlat miqyosida boshqarish yoki biron-bir tashkilot miqyosida boshqarish), va faoliyat turidan qat’iy nazar har bir tashkilotda qo‘llaniladi. Bu funksiyalarga quyidagilar kiradi: • rejalashtirish; • tashkil qilish; • rag‘batlantirish (motivatsiya); • tartibga solish va muvofiqlashtirish; • nazorat. Rejalashtirish – boshqaruvning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Boshqarish rejasida: • boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish maqsadlari; • vazifalarni amalga oshirish usullari; • bo‘g‘inlarning o‘zaro aloqalari belgilanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling