Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Tashkil qilish funksiyasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Tashkil qilish funksiyasi joriy va strategik rejalarning ijrosini ta’minlash 
bo‘yicha birinchi qadamdir. Bu funksiya yordamida rejalarni amalga oshirish bo‘yicha 
boshqaruv (texnologik va ishlab chiqarish) jarayonlar belgilanadi. Jarayonlar asosiy, 
yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lishi mumkin. Mutanosiblik, uzluksizlik, 
parallellik, aniqlik, bir maromdalik, ixtisoslashish, universallashtirish va boshqalar 
jarayonlarni oqilona tashkil etishning asosiy tamoyillari bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruvning bu funksiyasi mehnatni ixtisoslashtirish, vazifalarni bo‘lib berish, 
birlashtirish (kooperatsiyalashtirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ichki va tashqi 
shart-sharoitlarning o‘zgarib turishiga qarab amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish 
yoki yangisini tuzish masalalari hal etiladi. 
Muvofiqlashtirishning asosiy vazifasi oqilona aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan 
boshqariladigan tizimning turli qismlari o‘rtasida kelishib ish olib borishni 
ta’minlashdir. Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi bir-
birini takrorlaydigan jarayonlarni bartaraf qilish imkonini beradi. Tartibga solish 
muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib, u sodir bo‘lib turadigan chetlanishlarni bartaraf 
etib, og‘ishlarning oldini olish choralarini ko‘radi. 
Nazorat qilish funsiyasining maqsadi boshqaruv ob’ektida sodir bo‘layotgan 
jarayonlarni hisobga olish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini sozlab 
turishdir. Muntazam nazorat yo‘q joyda samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi. 
Рағбатлантириш 
(мотивация) 
Мувофиқлаштириш. 
тартиблаштириш 
НАЗОРАТ 
Ташкил қилиш 
Режалаштириш


Boshqaruvning spesifik (ixtisoslashgan) funsiyalari tizimiga quyidagilar kiradi: 
ishlab chiqarishni boshqarish
• marketingni boshqarish; 
moliyaviy boshqarish
• sifatni boshqarish; 
mehnatni boshqarish
• kadrlarni boshqarish; 
• innovatsiyalarni boshqarish. 
Boshqarilayotgan farmasevtik tashkilotning ish xajmi kichik bo‘lsa, ushbu funksiyalar 
umumlashgan holda rahbar tomonidan amalga oshirilsa, yirik korxonalarda ushbu 
funksiyalarning har biri alohida bo‘linma rahbarlariga yuklatiladi
2


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling