Ma’muriy javobgarlik – huquqiy javobgarlik bo‘lib, vakillik idorasi yoki mansabdor
hodimning qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan ma’muriy
jazo chorasini
qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bunday jazo quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
• Harajatlarni undirib olish;
•
Keltirilgan zararni qoplash;
• Intizomiy choralar;
• Jarima va boshqalar.
Jinoiy javobgarlik – bu mansabdor shaxs tomonidan lavozimini suiste’mol qilish bilan
bog‘liq jinoyat sodir etilganida sudda belgilanadigan jazolardir. Bularga:
•
ozodlikdan mahrum etish;
• moddiy va ma’naviy ziyonni undirish;
• ma’muriy va intizomiy chora ko‘rish va boshqalar kiradi.
3. Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan
xodimlarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olgan holda boshqarishni bildiradi. Bu
usullar ishlab
chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, har bir xodimning
shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan.
Ijtimoiy-psixologik usullar quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:
1. Hodimlarning
dunyoqarashlari,
fe’l-atvorlari,
qobiliyatlari,manfaatlari kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
hisobga olgan holda jamoalarni shakllantirish.
Buning natijasida
jamoada hamkorlik va hamjihatlik ruhida ishlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: