Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Jamoada tashkiliy madaniyatni shakllantirish, tashkilot qadriyatlari  tizimi, namunali an’analar va urf-odatlarni joriy qilish.  3


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2. Jamoada tashkiliy madaniyatni shakllantirish, tashkilot qadriyatlari 
tizimi, namunali an’analar va urf-odatlarni joriy qilish. 
3. Hodimlarda ijtimoiy rivojlanishni, yangiliklarga intilishni va 
tashabbusni rag‘batlantirish, ularning umumiy bilim va malaka 
darajasining ortishini ta’minlaydi. 
4. Hodimlarning madaniy va maishiy extiyojlarini qondirish, ya’ni uy-
joy sharoiti, farzandlarining bog‘chalarga joylashganligi, davolanish, 
dam olish va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan talabning qondirish 
imkoniyatlari.
5. Hodimlarning o‘z mehnat faoliyatlaridan, tanlangan mutaxassisligi va 
kasbidan qoniqishlari uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish. 
Ijtimoiy-psixologik usullar “Boshqaruv sotsiologiyasi” va “Boshqaruv psixologiyasi”ga 
asoslanadi. 
Boshqarish sotsiologiyasi mehnat jamoasini tarkib topdirish, rivojlantirish, 
xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni hal 
etishga qaratilgan.Boshqarish psixologiyasi kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga 
qo‘yish, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rahbatlantirishda
intizomni mustaxkamlashda qo‘llanadi.Sotsial psixologiya – insonlar va jamoa faoliyati 
psixologik va sotsial omillarining o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar 
xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan 
psixologiya fanining soxasidir. 


Boshqaruv qarorlari. 
Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish — bu boshqaruvning bosh jarayoni bo‘lib, 
qarorning o‘zi esa boshqaruv tizimining mahsulidir. 
Qaror qabul qilish – bu maqsadga erishish uchun tashkilot rahbarining o‘z 
vakolati va omilkorligi doirasida muqobil yo‘lni tanlash jarayonidir.
Turli pog‘onadagi rahbar o‘zining amaliy ishida yuzaga keladigan muammolarni hal 
qiladi. Muammo — bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala yoki amaliy 
vaziyat. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling