Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
BOSHQARISH USULLARI 
Boshqarish usullari – belgilangan maqsadlarga erishish jarayonida tashkilot faoliyatini 
uyg‘unlashtirish uchun xodimlarga va umuman jamoaga ta’sir ko‘rsatish usullaridir. 
Hodimlar hatti- harakatini tartibga soluvchi barcha ta’sir o‘tkazish yo‘llarini ikki 
guruhga bo‘lish mumkin: 
• passiv ta’sir o‘tkazish mexanizmi – hodimlarga bevosita ta’sir etmaydigan, lekin 
jamoa faoliyatini tartibga soluvchi me’yor va qoidalar, shart-sharoitlar; 
• faol ta’sir o‘tkazish mexanizmi – jamoaga va aniq (konkret) hodimga bevosita 
ta’sir etadigan usullar.
Ma’muriy boshqaruvda ta’sir o‘tkazish usullari o‘zining xarakteri bo‘yicha asosan 
uchga bo‘linadi: 
1. Iqtisodiy usullar 
2. Tashkiliy – farmoyish usullar 
3. Ijtimoiy - psixologik usullar. 
Boshqaruvning barcha usullari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
1. Iqtisodiy usullar yordamidaboshqaruv ob’ektining moddiy manfaatlarini 
hisobga olgan holda unga ta’sir o‘tkazib, boshqaruv maqsadiga erishish ko‘zda 
tutiladi. Bu usullar bozor munosabatlari sharoitida eng samarali va maqsadga 
muvofiq usullarhisoblanadi.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, avvalo moddiy manfaatlarda namoyon 
bo‘ladi. Ushbu manfaatlar uch hil bo‘ladi: 
• jamiyat manfaatlari; 
• jamoa manfaatlari; 
• shaxsiy manfaatlar. 
Iqtisodiy usullardan shunday foydalanish kerakki, bunda jamoaning va har bir 
hodimning manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketishi ta’minlanishi 
kerak. Bunda ayrim hodim va jamoa uchun foydali tadbirlar jamiyat uchun ham foydali 


bo‘lishi ham ta’minlanishi kerak. Bu usullarni samarali qo‘llash yordamida insonlarning 
shaxsiy va jamoa manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashiga 
erishilanadi.
Shaxsiy va jamoa manfaatlarini ruyobga chiqarish ish xaqi miqdorini oshirish, 
mukofotlar va taqdirlash orqali amalga oshirilsa, umumjamiyat manfaatlariga qaratilgan 
iqtisodiy usullar elementlariga davlat tomonidan kredit va foiz stavkasi bo‘yicha 
beriladigan imtiyozlar; soliq va soliq yuki bo‘yicha imtiyozlar; boj to‘lovlari bo‘yicha 
imtiyozlar; subsidiyalar; litsenziyalashtirish; moliya-kredit munosabatlari; narxlar 
kiradi. 
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har 
qanday darajadagi rahbar ularning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay 
olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar bilan ko‘rsatiladigan ta’sir 
korxonalarda mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga, yangi 
texnologiyalarni joriy qilishga, mehnat unumdorligini oshirishga, raqobatbardosh 
mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantirishi kerak. 
2. Tashkiliy – farmoyish usullar yuqori pog‘onaning quyi pog‘onaga to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishini ifodalaydi,ular yordamida boshqaruv ob’ektining tarkibiy 
tuzilishi va faoliyatining tartib-qoidalari belgilanadi. Bu usullar boshqaruv tizimida 
muhim o‘rin egallab, ular quyidagi chora-tadbirlar asosida amalga oshadi: 
• boshqaruv apparatining muayyan tizimini tuzish; 
• har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash; 
• kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish; 
• bo‘limlar va hodimlarning huquq, burch va javobgarliklarini belgilash; 
• vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash: 
• buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, nizom va yo‘riqnomalar chiqarish, ularning 
bajarilishini ta’minlash; 
topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan 
choralar ko‘rish. 
Tashkiliy – farmoyish usullar boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga soladi, 
boshqaruv idoralarining o‘zaro bog‘lanib ishlashini ta’minlaydi. Bu usullar boshqarish 
funksiyalari bajarilishining tashkiliy barqarorligini, intizomliligini, muvofiqligini, 
uzluksizligini ta’minlaydi
3

 
Tashkiliy ta’sir o‘tkazish shakllarini amalga oshirish yo‘llari 
№ 
Tashkiliy ta’sir o‘tkazish 
shakllari 
Mohiyati 




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling