Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Intizomiy javobgarlik – bu belgilangan vazifalarni bajarmaslik va xizmat burchlarini 
buzish, vakolatlarni suiste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan ma’suliyatdir. Mazkur 
javobgarlik quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: 
• tanbeh (ogohlantirish); 
• hayfsan; 
• ma’lum muddatga lavozimini pasaytirish; 
• muayyan ijtimoiy imtiyozlardan mahrum qilish va boshqalar. 


Ma’muriy javobgarlik – huquqiy javobgarlik bo‘lib, vakillik idorasi yoki mansabdor 
hodimning qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini 
qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bunday jazo quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
• Harajatlarni undirib olish; 
Keltirilgan zararni qoplash
• Intizomiy choralar; 
• Jarima va boshqalar. 
Jinoiy javobgarlik – bu mansabdor shaxs tomonidan lavozimini suiste’mol qilish bilan 
bog‘liq jinoyat sodir etilganida sudda belgilanadigan jazolardir. Bularga: 
ozodlikdan mahrum etish
• moddiy va ma’naviy ziyonni undirish; 
• ma’muriy va intizomiy chora ko‘rish va boshqalar kiradi. 
3. Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan 
xodimlarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olgan holda boshqarishni bildiradi. Bu 
usullar ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, har bir xodimning 
shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan.
Ijtimoiy-psixologik usullar quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan: 
1. Hodimlarning 
dunyoqarashlari, 
fe’l-atvorlari, 
qobiliyatlari,manfaatlari kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
hisobga olgan holda jamoalarni shakllantirish. Buning natijasida 
jamoada hamkorlik va hamjihatlik ruhida ishlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling