aʼzo boʻlish uchun ariza bergan. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir.
Jahon Savdo Tashkiloti aʼzolari (toʻq yashil rangda), Jahon Savdo Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi aʼzolari (och yashil rangda), kuzatuvchilar (koʻk rangda)
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik Oʻzbekistonga nima beradi Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun: — iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish; — narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish; — alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash; — tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish; — xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish; — import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi. Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |