Farpi ichb fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan mustaqil ishi
Download 0.88 Mb.
|
I D X, JI va XIM, MUSTAQIL ISHI.
Bugungi kunda Tashqi savdo rejimi haqida memorandum tayyorlanib, Idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlandi va JST sekretariatiga jo‘natildi. Unda savdo rejimi haqida umumiy ma’lumot hamda tegishli ilovalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy aktlaridagi moddalar keltirilgan. Shu o‘rinda TRIPS va shunga o‘xshash boshqa kelishuvlar o‘rtasidagi farqlar haqida ma’lumot berib o‘tish o‘rinli. JSTning ta’sis qilinishi haqida Marrakesh deklaratsiyasi mavjud. GATT, GATS, TRIPS kabilar mazkur deklaratsiya ilovalaridir. Har bir alohida ilova kelishuv hisoblanadi. Deylik, GATT – tovar sotish masalalarini tartibga solib, milliy rejimni qo‘llashga va tovarlarga nisbatan eng qulay sharoitni yaratishga imkon yaratadi. GATS – xizmatlar sotilishi masalalari, milliy rejimni qo‘llash va xizmatlarga nisbatan eng qulay sharoitni yuzagakeltirsa, TRIPS – intellektual mulk masalalarini me’yorga keltirib, milliy rejimni qo‘llashga va intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan qulaylik beradi. Mazkur kelishuvlarning me’yorlari milliy me’yoriy-huquqiy aktlar normalarida o‘z ifodasini topishi kerak. Milliy rejim – IMO chet ellik huquq egasiga nisbatan milliy huquq egalariga beriladigan rejim bilan bir xillikni talab etadi. Eng qulay sharoit yaratuvchi rejim JSTning bitta a’zosiga preferensiya, imtiyoz va boshqalar berilgan taqdirda JSTning barcha a’zolariga barcha preferensiya, imtiyozlar berilishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda JSTga a’zo bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.JSTga kirish bosqichining birinchi talabi bevosita bojxona xizmatlari bilan bog‘liq. Bunda bojxona xodimlariga chegarada intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reestrida IMO ko‘rilmasdan turib, kontrafakt mahsulotlarni oshkor qilish vakolati berilishi talab etiladi. Bunday mexanizm "ex officio" deb ataladi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda milliy mexanizm kirib kelayotgan tovarni kontrafakt mahsulot bor yoki yo‘qligini tekshiruvchi bojxona organlari xodimlarini ushbu tovarni yuqorida esga olingan reestrda tekshirishga majbur etadi. Keyinchalik ular kontrafakt mahsulotni ushbu reestrsiz aniqlashi mumkin. Ikkinchisi esa maxsus huquqbuzarliklar uchun jinoiy jazo kiritilishidir. Lekin bu hamma uchun emas.Tovar belgisi egasining hamda mualliflik va bir-biriga yaqin ob’ektlar huquqiy egalarining boshqalardan farqli huquqlari buzilishida jinoiy jazoni majburiy tartibda kiritishga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun amaliy ishlar davom etmoqda va ishonamizki, yaqin vaqtda bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini beradi.Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling