Farpi ichb fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan mustaqil ishi


Download 0.88 Mb.
bet3/6
Sana09.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1256335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
I D X, JI va XIM, MUSTAQIL ISHI.

Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.

Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari koʻp

  • 1 Uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.
  • 2 Xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.
  • 3 Eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.
  • 4 Milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi.
  • 5 Mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi.

BMTga aʼzo aksar davlatlar JSTga ham aʼzo boʻlib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirgʻiziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozogʻiston 2015-yilda aʼzolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga aʼzolikni “energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash” sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak boʻladi. Bu oʻrinda tashkilotga aʼzolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida koʻrib chiqish ayni muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan soʻng, ushbu kelishuvlar asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-aʼzo boʻldi. 


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling