Farpi ichb fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan mustaqil ishi


Download 0.88 Mb.
bet5/6
Sana09.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1256335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
I D X, JI va XIM, MUSTAQIL ISHI.

3 Respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qadam

  • Mutaxassislar fikricha, mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish nafaqat mamlakat investitsiyaviy muhitini yaratishda, balki eksport salohiyatini oshirishga ham muhim yo‘l ochadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 dekabrdagi "Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ko‘p profilli ishlar olib borilmoqda.

– Bugun mamlakatimiz xalqaro bozorda o‘z o‘rnini egallashga harakat qilmoqda. Bu yo‘lda esa o‘ziga xos xalqaro me’yorlar bor. Aynan shu me’yorlarni bajarishda JSTga a’zo bo‘lish muhim qadamdir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi yetakchi mutaxassisi Shoxjahon Yusupov. – O‘zbekiston Respublikasi Idoralararo komissiyasi JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha bosh bo‘g‘in hisoblanadi. U investitsiya va tashqi savdo vaziri tomonidan boshqariladi. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori boshqa davlat organlari rahbarlari bilan bir qatorda mazkur komissiya a’zosidir. Komissiyadan tashqari ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha tematik ishchi guruhlar ham tashkil etilgan. Masalan, intellektual mulk savdo aspektlari bo‘yicha JST kelishuvlari borasida ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, unga bevosita agentlik direktori rahbarlik qiladi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling