www.ziyouz.com kutubxonasi
339
TARJI’BAND
1
To xarobot aromen durdioshom,
Mastlig‘ birla ishim aysh mudom.
Kim agar soqiyi mahvash tutsa
May quyoshini, to‘la aylab jom.
Meni bu kufr tariqida bilib,
Keldilar boshima ahli islom.
Qildilar shayxi riyoyig‘a zalil,
Beribon savmaa kunjida maqom.
Shayxdin yetmadi nofi’ irshod,
Xilvat ichra dog‘i yuzlanmadi kom.
Rindlar xidmatidin komim bu
Ki, fano kasbig‘a qilsam iqdom.
Solsa may ko‘zgusida orazi aks,
Ko‘zguni aks ila qilsam oshom.
Kuch bila tavba berib maykadadin
Chekdilar, zohir etib zulm tamom.
Muddate ranju riyozat chektim,
Qilib o‘zumga tana’umni harom.
Xonaqahda yoshurun boda ichib,
Ayladim dayr sari masti xirom.
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachae bodaparast!
II
Kuydum ul husnn jahonorodin,
Uldum ul nuktai ruhafzodin.
Ruhuma hol tag‘ayyur topti,
Ko‘rub ul naxli qadi ra’nodin.
Bo‘ldi oshufta dimog‘img‘a futur,
Har dam ul turrai anbarsodin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |