www.ziyouz.com kutubxonasi
343
Dayr tomi uza to ko‘rdum ani,
Nola noqus kebi tortib zor-zor.
Shayx San’on kebi din tarki qilib,
Zuhdu taqvodin etib istig‘for.
Tobi zulfingda kamand ichra shikast,
Xoli xattingda tun ichra ayyor.
Ul ne tarsoki, Masihog‘a erur
Ollida dam ura olmoq dushvor.
Gabrki, shol solib egnimga,
Bo‘lubon hushu xiraddin bezor.
Butu tarso qoshida sajda qilib,
Kuydurub mushafu bog‘lab zunnor.
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast!
VII
Ulki, bor oy kebi ruxsora anga,
Bo‘lmisham bedilu bechora anga.
Ko‘yiga bordi ko‘ngul, to, netkay
Yana ul sho‘xi sitamkora anga.
Tig‘i hajringdin erur yuz pora,
Yuz tuman ming yara har pora anga.
Xoraning daf’i uchun bo‘ldi nasib,
G‘arqaliq bahri fano ora anga.
Dardu bechoralig‘ o‘tti haddin,
Ya’s zo‘r ayladi yakbora anga.
Dudi ohim g‘amidin bo‘ldi sipehr,
Ashk erur kavkabi sayyora anga.
Qaysi zaxmini ko‘ngulning tikayin,
Chun adaddin ko‘p erur yara anga.
Bosh chiqarmon ko‘zum ashki suyidin
Ki, falakdin yog‘adur xora anga.
Topmadi yor sari yo‘l nechakim,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |