Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

340


Jong‘a xunobi halok o‘ldi nasib,  

Ul iki la’li qadah paymodin. 

Vaslini har nechakim, tuttum umid,

Bo‘lmadi na’ravu vovaylodin. 

Toatu taqvo ila bo‘lmadi kam  

Ishq oshubi meni shaydodin. 

Hushsiz bo‘ldi ko‘ngul jilva chog‘i  

Ul iki orazi mahi siymodin. 

Dinu imonima ofat yetdi  

Ul buti   ishvagari tarsodin. 

Zuhd tuttumki, unutqaymen ani,

Kecha-kunduz qilibon haq yodin. 

Emdikim, zuhd ila ochilmadi ish,  

Chiqibon savmaai taqvodin. 

Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,

May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 



III

Ishqdin ko‘nglum erur dard olud,  

Hajrdin jonim erur g‘am farsud. 

Ul buti hur sifat shavqidin  

Bo‘ldi nobud manga budu nobud. 

Olam ahli aro maqbul o‘lmoq  

Ne osig‘, gar sanga bo‘lsam mardud. 

Kofiri ishq o‘lubon, dayr sari  

Ayladim azmu bu erdi behbud. 

Bog‘labon rust belimga zunnor,  

Ayladim mast but ollinda sujud. 

Boda, ey mug‘bachakim, dayr ichra  

Budurur bazmim aro emdi surud. 

Charx emasturki, ul oy ishqidin  

Chiqibon evruladur boshima dud. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

341


Vasling iqbolini taqvo yo‘lidin

Tiladim, tutmadi ul chunki vujud. 

Muni bilgach, yetibon mug‘bacha mast,  

Boda tuttiyu bu erdi maqsud. 

Chun shuhud o‘ldi muyassar maydin,  

Yor ham shohid edi, ham mashhud. 

Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,

May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 



IV

Menki, mug‘ dayri aro erdim shod,  

Xotirim dag‘dag‘alardin ozod. 

Dayr piri karamidin xushnud,  

Mug‘bacha ishvalarig‘a mu’tod. 

Kim, sanga bu kelishu ketmakdin  

Ayshu ishrat xud emas erdi murod. 

Sayr bo‘ldi bari olamda ishim,  

Ayog‘im ostida tay bo‘ldi bilod. 

Har tariq ahli sari yuz qo‘ydum,  

Bas, parishonvashu oshufta nihod. 

Oqibat buyla parishonlig‘da,  

May bila mug‘bachani aylab yod. 

Bu tana’umlar aro xotirima

Tushti andishai mabda’yu muod. 

Ma’rifat erdi g‘araz xilqatinga,  

Manga ko‘nglum bu so‘z etkach irshod. 

Kimgakim, hol dedim, bor ermish  

Anga ham ushbu alamdin faryod. 

Har necha sa’yni ko‘praq qildim,

Topmadi hech ishim oyini kushod. 

Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,

May tut, ey mug‘bachai bodaparast! 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling