Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

334


Qad egildi, sarvqadlarni unutsam yaxshiroq.  

Bosh oqardi, sabzxatlar tarki tutsam yaxshiroq,  

Kim, xush ermastur yigitlar bazmida alo yigit. 

Ohkim, o‘tkardi umrum xushlug‘in charxi daniy,  

Sovug‘ ohim birla sarg‘ardi hayotim gulshani,  

Garchi may ichmak emas umrin kechirgan el fani,  

Ey Navoiy, qarib o‘zni solmakim, aylar seni,

Bir qadah may birla ul sho‘xi qadah paymo yigit. 



2

Ko‘rguzub yuz, ko‘ngluma yuz ming jafomu qilmading!  

Jism uyidin xasta jonimni jalomu qilmading!  

Xotirimni  ishq  o‘tig‘a  mubtalomu qilmading!  

Ishq o‘tidin qismatim dardu balomu qilmading!  

Dudi birla  xonumonimni qoromu qilmading! 

Toki ko‘rdum yo‘l ozib, ko‘y pchra sen dilxohni,  

Qaysi o‘tqa solmading har dam meni gumrohni,  

Etmadingmu jonima qotil g‘ami jonkohni,

Kuymakimga barqi ofat qilmadingmu ohni,  

O‘lmakimga ashkni sayli balomu qilmading! 

Qilmadingmu past jismim yerga, ey sarvi baland,

Achchiq-achchiq yig‘larimg‘a  etmadingmu no‘shxand, 

Tig‘ tortib surmadingmu boshima har yon samand,  

Javr tig‘ridin tanimni qilmadingmu band-band,  

Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading! 

Yuz tazallum ayladim, ul sho‘xi mavzun qildi zulm  

Mehnatu dardim kebi har dam digargun qildi zulm,  

Arzi holim ko‘ngluma qildim bayon, chun qildi zulm,  

Ey ko‘ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,

Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading! 

Dahr elidin jong‘a har dam yuz balo ermas dema,  

Ulki mahvash bo‘lsa, bemehru vafo ermas dema,  

Shevasi gardun kebi javru jafo ermas dema,  

Shikva qilsaq sendin, ey gardun, ravo ermas dema,  

Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading! 

Ey ko‘ngul, to dardi ko‘yida gadolig‘ topmading,  

Bilki, ahli dard ichinda podsholig‘ topmading,  

Qo‘rmading hargiz navo, to bonavolig‘ topmading,  

Bahrn ishq ichra, Navoiy, oshnolig‘ topmading,  

To bu bir ko‘zni Aras, ul birni Omu qilmading. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling