www.ziyouz.com kutubxonasi
332
MUSTAZOD
Bordim bu sahar dayri fano sari urub gom,
maxmuri shabona,
Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom,
noqusi mug‘ona.
Kim, dayri harobot arokim, bor esa maxmur,
qo‘ptung dog‘i bo‘ldik
Ichmakka sabuh ahli bila bodai gulfom,
bu sari ravona.
Bazm o‘rtasida piri xarobotqa maskan,
lekin anga soqiy,
Bir mug‘bacha, ne mug‘bachakim, ofati islom,
oshubi zamona.
Har yonki, boqib, xalqqa hasrat o‘ti yoqib,
otashkadai ishq.
Jonlardin urub, chunki qilib jomi mayoshom
yuz shu’la zabona.
Bazm ichra nekim turfa, mug‘anniy bori dilkash,
lekin bori tarso,
Ham nag‘malari olibon el ko‘nglidin orom,
ham changu chag‘ona.
Men telbani bir jom bila ayladilar mast,
ne mastki, behush,
Andin beri bo‘ldum bu kuhan dayrda badnom,
ishq ichra fasona.
Ish yetti chu bu yerga, Navoiy, yana zinhor
dam urma vara’din,
Oshiq desalar, un beru may tutsalar ol kom,
ko‘p qilma bahona.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
333
Do'stlaringiz bilan baham: |