Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

329


Quyosh yuz yoshurub, ermas shafaqkim, yana bu oqshom  

Sipehr ayvonig‘a bosh chekti shavqum o‘ti tug‘yoni. 

Mening men tashnalabg‘a, soqiyo, ne kayfiyat bergay,  

Bu yanglig‘kim, yog‘ar ustiga ashkim sayli to‘foni. 

Guli ahdu vafo davr ahlidin ko‘z tutmakim, hargiz

Muzayyan bo‘lmamish mundoq chechakdin dahr bo‘stoni. 

Navoiy ul pariy bazmida gar devonaliq qilsa,  

Erur ham mast, tong yo‘q, bazmdin sudratsalar oni. 



646

Baski nohamvor bedod ul jafokor ayladi. 

Men jafokash paykarin yer birla hamvor  anladi. 

Tig‘i bedodi agar ko‘nglumnn nokor etti, lek

Elga urg‘an tig‘i behad ko‘ngluma kor ayladi. 

Bodadin  ruxsorida  gullar  magar qilgay  iloj,  

Ulki, ko‘nglumni tikanlar birla afgor ayladi. 

Obi hayvon yonida yuz Xizr aylar parvarish,

Lab uza to xatti zangori padidor ayladi. 

Qatl dog‘i hayf angakim, ishq da’vo aylabon,  

Biymi qatl o‘lg‘ach, bu da’vosidin inkor ayladi. 

Dayrdin chiqmon meni majnunki, ahli hush ham,  

Charx zulm etkanga, azmi ko‘yi xammor ayladi. 

Gar Navoiyg‘a yetar ming sa’b hol andin durur  

Kim, xabarsizlarni holidin xabardor ayladi. 

647

Ko‘nglum harimi ichra qilur jilva ul pariy,

Andoqki, Ka’ba ichra haramning kabutari. 

Gulgun yuzunda xollari go‘yiyo erur, 

Har yon shafaqda ishq elining tiyra axtari. 

Ko‘nglum takallufi erur ul zulfu ko‘z bila,  

Zindonning o‘ldi bandu balo zebu zevari. 

Majnun ishqi shohduru tog‘ — taxt anga,  

Qush oshyoni hay’ati boshida afsari. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling