Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

328


Fitnai olamu oshubi zamon deymu seni?! 

Ey ko‘ngul, ishq aro bir yerga yetibsenki, degil,  

Ibrati dahrimu rasvoyi jahon deymu seni?! 

O‘lturub erdi xumor, aylading, ey  may, ani daf’, 

Quti jon deymu seni, naqdi ravon deymu seni?! 

Qo‘y fano lofi, Navoiyki, so‘zung tutti jahon,  

Bu taayun bila benomu nishon deymu seni?! 

644

Jon ola  kelganda, sa’yu iztirobingg‘a  o‘lay.

Olmasang ham, qaytqan chog‘da shitobingg‘a o‘lay. 

Gul uza shabnam sochibsen, ko‘rguzub sunbulda pech,

Husn aro bu lutf birla obu tobingga o‘lay. 

Kelganingga qahr  ila qatlimga, jon aylay fido, 

Rahm etib, qatlim qilurdin ijtinobingg‘a o‘lay. 

La’li  may yetkach dudog‘ingg‘a bo‘lur obi hayot,

Olloh-olloh, ul iki la’li muzobingg‘a o‘lay. 

Deb emishsen bog‘lag‘um boshin kesib fitrokima,  

To tirikmen jon fido aylab, rikobingg‘a o‘lay. 

Chun tirik sendin qutulmoq bo‘lmas, ey umrum xushi.  

Goh lutfungg‘a beray jon, gah itobingg‘a o‘lay. 

Chun deding o‘lsa Navoiy, jon berur la’lim anga,  

Ey Masihim,  ruhparvar la’li nobingga o‘lay. 

645

Shabistonlarni, tong yuq, gulsiton etsa ko‘zum qoni,  

Erur chun mahvashim har tun birov sham’i shabistoni. 

Ne tong, gar anjuman ahli nishon ko‘rguzsa anjumdin,

Chu bo‘lsa mohi bazm ul chehraning xurshidi raxshoni. 

Netay, el qasrini qilsa munavvar, chunki ul yuzdin

Buzulg‘an tiyra kulbam bo‘lmadi bir shom nuroni. 

O‘tub oylarki, bir kulbamg‘a mayl etkay, kirib chiqqay.  

Quyoshdek yo‘q anga bir lahza taskin tutmoq imkoni. 

Bu oqshom yordin ayru menga voqif bo‘l, ey hamdam  

Ki, ko‘ksumni teshib, jon qasdi qilmish dog‘i hijroni. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling