Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

330


Ohimdin uchti, sabrim agar chu qattiq edi,

G‘am tog‘ini qo‘ngarur emish ishq sarsari. 

Tonglog‘i huru ravza netar kimsakim, bu kun  

Mayxona ichra bor esa bir huri paykari. 

Gar dil shikasta bo‘lsa Navoiy ajab emas,

Nechunki, dilshikan eruru shayx dilbari. 



648

Bazmdin chun chiqti yoru anjumang‘a kirmadi,  

Tandin andoq chiqdi jonimkim, badang‘a kirmadi. 

Barcha huzn ahlin musharraf aylabon shod etti yor,

Ne osig‘, chunkim bizing baytul-hazang‘a kirmadi. 

Ul xino yoqtiyu qon yutti hasaddin nastaran,

Rang aning tirnog‘laridek nastarang‘a kirmadi. 

Loladek qonliq libosim birla dafn aylang meni  

Kim, shahidi ishq ma’hudi kafang‘a kirmadi. 

Bo‘ldi gum, og‘zi sari moyil bo‘lub ko‘nglum qushi,  

Vah, qayon bordikim, ul chohi zaqang‘a kirmadi. 

Dahr bog‘ida vafosizlig‘ ne qushkim, qildi fahm,

Chekti mahzun nola, ammo bu chamang‘a kirmadi. 

Ey  Navoiy, zulfidin ko‘nglung chiqarkim, ul ko‘ngul,  

Ozmadi yo‘lnikim, ul chinu shikang‘a kirmadi. 

649

Shohning munglug‘ mushavvashlar bila ne nisbati,  

Komronlarg‘a  balokashlarga qaydin ulfati. 

Ulki qahr etsa, qilichidin damo-dam qon tomar,  

Bag‘ridin qon tomguchilar birla ne jinsiyati. 

Vasl no‘shi birla jon topqong‘a, vah, andin ne g‘am  

Kim, to‘ladur zahri qotil birla jomi furqati. 

Dahr qilg‘andin yalang boshini teng tufrog‘ ila,  

Ne xabar ulkim, yetar gardung‘a toji rif’ati. 

Mo‘r ayog‘ ostida o‘lgandin qachon topqay vuquf,  

Arslonkim, ko‘kka chirmashg‘ay g‘irevi shavkati. 

Bir kecha tong otqucha hijron o‘tig‘a kuymagan  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

331


Qayda bilsunkim, nedur majruh ko‘nglum holati. 

Qo‘y bu so‘zlarniyu bo‘l holimdin ogoh, ey rafiq  

Kim, bu aqshom asru sa’b o‘lmish firoqim shiddati. 

Ey ko‘ngul, ishq ichra shohu gadog‘a imtiyoz,  

Ut aro tengdur quruq yo o‘l yig‘ochning hirqati. 

Ishq jomin, ey Navoiy, tovba qilmoq sa’b erur,

Xossakim, yo‘q zuhdu taqvo birla ko‘nglum rag‘bati. 

650

Zihi yo‘lungda bir aftoda odami xokiy,  

Havoyi ishqingda sargashta mehri aflokiy. 

Uruj shomi chu bot qaytting bu armondin  

Magarki, har tong o‘lur subh jaybining choki. 

Falak navardinga ham shoxi sidra, ham tubo,  

Bu bir ayog‘ida xas, ul yo‘linda xoshoki. 

Madinang ahlig‘a har yilki, azm etar hujjoj,

Katabtu qissata shavqiyu madma’i bokiy. 

Ne bo‘ldi Yasribu Batho aro o‘qusamkim,  

Ayo manozilu salmo faayna salmoki. 

Sening madoyihi na’tingda, yo Rasululloh,  

Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi poki. 

Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali,  

Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. 

Vale shafoating imkoni qo‘ngliga kirgach,  

Umid ila sezunur yana tab’i g‘amnoki. 

Yetur anga karaming bahridin payopay fayz  

Ki,  na’ting ichra durafshonlig‘ etsun idroki. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling