Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

236


Xossa ikki nov ham topqay ul o‘q paykonidin. 

Borg‘ali devona ko‘nglum tan uyin sog‘inmadi,  

Itti Majnun, uylakim, yod etmadi  vayronidin. 

Hajr shomi yig‘laram g‘urbatdin, ey hamsoyalar,  

Bu kecha voqif bo‘lung bu saylning tug‘yonidin. 

Hajr yuz ming yilchayu ashkim urar gardung‘a mavj,  

Men ham o‘ttum Nuhdin, bu ashk ham to‘fonidin. 

Eyki, bu bazm ichra ichting kom ila bir davri may,  

Bilki, nokom oncha qon yutqung falak davronidin. 

Ey Navoiy, tush ko‘rarsenmu vatanni, demakim,  

Telba tushdek sog‘inur, yod etsa xonumonidin. 

464

Yuz o‘tida yuz qatra su, tong yo‘q, xo‘yi g‘altonidin,  

Ko‘nglum o‘tida yo‘qmudur yuz qatra su paykonidin. 

Qilg‘anda raxshin garmpo‘y ul shahsuvori tundxo‘y,  

Qilg‘ay debon ollida go‘y, olmon boshim maydonidin. 

Bu dardu g‘amdin lolmen, maydon aro pomolmen  

Kim, ko‘rgach-o‘q beholmen ul ishvagar javlonidin. 

Boshim sari nazzora qil, ey charx, dod, boringni bil,

Dog‘i saodat anglag‘il har zaxm aning chavgonidin. 

Maydong‘a ul chobuk surub, boshimg‘a chavgon yetkurub,  

Sargashta jonim kuydurub, el po‘yasi har yonidin. 

Ko‘k mazraidin xo‘shae kasb aylasang, qil to‘shae,

Kom istabon tut go‘shae, go‘yi falak davronidin. 

Gardun chekib tig‘in nihon, yuz javr birla to‘kti qon,  

Oxir Navoiy topti  jon, topqach vafo  jononidin. 

465

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,  

Shukrkim, g‘ofil emasmen bir dam aning yodidin. 

Lutf etib, gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,  

Men rizosin istaram yodidinu bedodidnn. 

Kecha aysh ahli mug‘anniy lahnidin xushhol emas,

Onchakim men tongg‘a tegru itlari faryodidin. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling