Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

495


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

252


Bahor andoqki bulbul gul’uzori toza istarmen  

Ki, ul gulbong ila o‘zni baland ovoza istarmen. 

Chu ul gul toza-toza o‘t solur ko‘nglum aro, men ham  

Ul o‘tdin ko‘kragim dog‘ini toza-toza istarmen. 

Chu yo‘q andoza ishqim birla shavqimg‘a, ul oyni ham,  

Jamolu mehr oyinida beandoza istarmen. 

Eritsam gar ko‘ngul choki uchun paykonlaring, tong yo‘q  

Temurdin chun hisori dard uchun darvoza istarmen. 

Uzori shavqi tig‘idin o‘lub qonlig‘ kafan birla,  

Aning har xoridin huro yuziga g‘oza istarmen. 

Firoqing ichra rozimen falak jismim uyin yiqsa,  

Xilofi odat uy vayron qilurg‘a roza istarmen. 

Navoiy nazmining avroqi zulfungdin parishondur,

Aning jildig‘a sunbul toridin sheroza istarmen. 



496

Voykim, dushvorroqdur mehnati ayyomdin

Subhim o‘tkan subhdin, shomim ham o‘tkan shomdin. 

Vaslidin yo‘q komu hijronda ne umr o‘lg‘ay bukim,  

Bir o‘lar jon minnatin chekmak kerak nokomdin. 

Sabrdnn yo‘q muztarib ovora ko‘nglumga asar,  

Ul sifatkim, dasht paymo jismima oromdin. 

Tiyr  boroni balokim,  paykarimg‘a  yog‘di,  ruh  

Qochti andin uyla qushdekkim, qutulg‘ay domdin. 

Hech ish sarvi gulandomimg‘a beandom emas,  

G‘ayri javru zulmikim, xorijdurur andomdin. 

Jomdin bizga g‘araz may ichra dilbar aksidur,

Yo‘qsa o‘z aksi ham aylar jilva xoli jomdin. 

Ey Navoiy, necha za’fing yozib ul bazl aylagay,  

O‘lmaguncha ish ochilmas ishq aro payg‘omdin. 

497

Ne bahor o‘lg‘ayki, nolam ra’d erur, ashkim yog‘in,  

Barq der ko‘rgan jahon ichra damim o‘t solmog‘in. 

Notavon boshimga yog‘durmoqdin o‘zga qasdi yo‘q,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling