www.ziyouz.com kutubxonasi
255
Birining ishtiyoqidin, birining ibtilosidin.
Navoiy ishqi tavrin ibtido qilg‘andadur yuz hayf
Ki, bir ham qilmading andisha bu ish intihosidin.
501
Zulm tig‘i qolmadi gardun boshimg‘a urmag‘an,
Har tuki soyi jafo toshi bila sindurmag‘an.
Yuz o‘lumcha bordurur ag‘yor ila o‘lturmag‘i,
Javri tig‘idek yonimda bir zamon o‘lturmag‘an.
Ko‘rgach ani, notavon ko‘nglumni uzdi iztirob,
Do‘stlar, mundoq ko‘ngulni kimdurur oldurmag‘an.
Borsa ashkim yer quyi, ne vajh ila istay ani,
Men ko‘zumda asrabon, mundoq vatanda turmag‘an.
Bir pariy ishqinda mendek bo‘lsa rasvo, tong emas,
Sirrini devonalig‘din ko‘nglida yoshurmag‘an.
Qoshidin ko‘rsam jafo tong yo‘qki, bu qavsi sipehr
Hech kim jonig‘a ermas javr yosin qurmag‘an.
Bu ko‘han dayr ichra tinmasliqqa qolgay tunu kun,
Xotirni yaxshi yomon savdosidin tindurmagan.
Jonni jonon istasa — bergil, Navoiykim, emas
Oshiqi sodiq nekim jonon tilar, topshurmag‘an.
502
Kosh ko‘nglumdin chiqarg‘ay erdim ul oy ulfatin,
Vasl ayyomida-o‘q xo‘y etkay erdim furqatin.
Vaslini zikr etmagay erdi tilim, bal ishqini,
Bilsam erdi hajrida bu nav’ ko‘nglum holatin.
Ko‘rmamish bo‘lsang yog‘ochkim, bargin ol etmish xazon,
Jismim uzra ko‘r yangi qonlig‘ tugonlar hay’atin.
Tanda har yon hajr tig‘i, zaxmi chektim, qilma chok,
Jonning, ey tig‘i ajal, yuz ming yamog‘liq kisvatin.
Tig‘ ila g‘amgin ko‘ngul o‘tig‘a taskin bermadi,
Ohkim, tufroqqa elturmen ul su hasratin.
Demagil uzr, ey mug‘anniykim, unum topmish xarosh,
Qir o‘shul suhon ila ko‘nglumdin anda suratin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |