www.ziyouz.com kutubxonasi
262
Shayxnnng xilvatda jomi xushguvori bormu?
Ey Navoiy, demakim, ushshoq sari yorning
Iltifoti ko‘p degil, men xasta sori bormu?
515
Kamandi zulfung aro solma pechu tob asru,
Ko‘ngul shikanjasig‘a eshmagil tanob asru.
Bihishti vasl aro, qo‘ykim, dame tana’um etay
Ki, hajr do‘zaxida chekmisham azob asru.
Kuyub bag‘ir uza sho‘roba to‘kma ko‘p, ey ko‘z
Ki, qochmag‘ay iti, sho‘r o‘lsa bu kabob asru.
Raqiblarg‘a tutub jomi ayshu men mardud,
Alarni mastu meni aylading xarob asru.
Ayog‘ sol ikki ko‘zum halqasig‘a, ey chobuk
Ki, o‘pmasun ayog‘ing ul ikki rikob asru.
Visol chehrasidin parda och, bo‘lub foniy
Ki, o‘zlukung tuzi o‘lmish, anga hijob asru.
Navoiy o‘lgusidur, azm istasang, jono,
Tilab halokin aning qilmag‘il shitob asru.
516
Bulbuli ruhum qilur bog‘i visolin orzu,
Suyu dona o‘rnig‘a ruxsoru xolin orzu.
Ham ko‘ngul gulzorida gulbargi ruxsorin havas,
Ham nazar bo‘stonida qaddi niholin orzu.
La’li serobin gar ettim orzu, vah, kimdurur
Ulki, qilmas chashmai hayvon zulolin orzu.
Men kimu topmoq va lekin bir yiroq ummid uchun,
Doim aylarmen visoli ehtimolin orzu.
Ishq aro ahvolim andoq sa’bdurkim, tunu kun,
Aylaram Majnun bila Farhod holin orzu.
Muntaqildur jon adam mulkiga baskim, bor aning
Qildi g‘urbatdin vatanga intiqolin orzu.
Sham’i gulro‘yum firoqinda qilurmen uchqali
Jismima bulbul parin, parvona bolin orzu.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |