www.ziyouz.com kutubxonasi
272
Iki ko‘zungki, ko‘ngul saydini talashdilar,
Nelar kesildi bu sayd ul ikov taloshida.
Pariyu hur ul oyg‘a qarobat o‘lmishlar,
Va lekin oncha kishi yo‘q uruq qayoshida.
Toriqmasin, necha gardundin egrilik yetsa,
Biravki tuzlugi yo‘q xalq ila maoshida.
Navoiy o‘ldi, chu boshig‘a yetti tig‘n firoq,
Boshini ayladi past ulcha erdi boshida.
534
Menmudurmen ko‘z yoshim rangin bag‘ir qoni bila,
Lek bag‘rim qon biravning tig‘i hijroni bila.
La’li yodindinki, ko‘nglum muztaribdur, ey rafiq,
Pand anga ko‘p bermakim, darmondadur joni bila.
Su o‘g‘irlab bo‘lsa ko‘nglum zahmi muhlik, ne ajab
Kim, su kelturdi o‘qung zaxm ichra paykoni bila.
Xatti ko‘nglumda so‘ngak yanglig‘ tanimni chirmag‘an,
Muhrluq bir noma, bilgil, dog‘i piihonn bila.
Dardkim, ko‘nglumni buzdi, chiqmas andin, yaxshidur
Chug‘z yanglig‘kim, erur xursand vayroni bila.
Chun bu gulshanga vafo yo‘q, ey ko‘ngul, zinhorkim,
Ko‘p quvonma sunbulu sarvi xinromoni bila.
Ey Navoiy, gar muroding davlati boqiy erur,
Uns tutmoq bartaraf qil olami foniy bila.
535
Zulfi qonlig‘ paykarimnn chekti pechu xam bila,
Ul sifatkim, tortqay ajdar biravni dam bila.
Nola chekmakdin chu qilding man’, ey la’ling nigin,
Bir yo‘li og‘zimni qilg‘il muhr ul xotam bila.
Marhami vaslin ko‘ngul chokidin olma, ey rafiq
Kim, chiqar jonim dog‘i ayrilmay ul marham bila.
To g‘aming vodiysida ovora bo‘ldum, ohkim,
O‘zni hargiz topmadim bir xotiri xurram bila.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |