Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

526


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

268


Dayr ichra yana kirdim bir jur’a uchun, vah,  

Ul but manga minnat qo‘yar alminnatu lillah. 

Masjidqa yana kirmasu yuz sajdag‘a qo‘ymas,

Har kimki, bo‘lur dayr ila but sirridin ogah. 

But shohid erur, dayr dog‘i dayri fanodur,

Kufr ahli erur sirrini chun bilmadi gumrah. 

Dermen kechakim tongla chiqay dayrdin, ammo  

Loya’qil etar mug‘bacha may birla sahargah. 

Soqiyg‘a vayo aksig‘a may ichra boqarmen, 

Andin munga, mundin anga chun topmadim ashbah. 

Dayr ichra bu kun kavsaru hur o‘ldi nasibim,  

Tanglag‘a manga va’da berur voizi ablah. 

Haq sirrini har kimga bayon etma, Navoiy,  

Ta’n aylamagay, bilmas ulus anglasa nogah. 



527

Tun-kunkim evrulur meni bemor boshig‘a,  

Sudrab evursa kosh meni yor boshig‘a. 

Netkay meni havoiy agar ashk durlarin

Sochsam borin bulut kebi dildor boshig‘a. 

Ul naxl noz boshida guldur, yo‘q ersa charx  

Payvand qildi gulni sapidor boshig‘a. 

Boshim oqardi ishqda, yo ishq tig‘idin  

Momug‘ yopushturuldi bu afgor boshig‘a. 

Rahm etki, ishq jurmi bila chektilar meni,

Bog‘lab tanob bo‘ynuma, bozor boshig‘a. 

Tun-kun hariri bo‘ldi quyoshning amomasi,  

Tun chirmadi ola-bula dastor boshig‘a. 

Boshida ham o‘tag‘ayu ham boda, ham itob,  

Topti nelar yo‘l ul buti ayyor boshig‘a. 

Muhlikdurur xumor meni kosh, ey rafiq,  

Yetkursang erdi ko‘chai xammor boshig‘a. 

Qatl aylar elni g‘adr ila gardun,

Navoiyo, Tufrog‘ ushbu qotili g‘addor boshig‘a. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling