www.ziyouz.com kutubxonasi
271
Kim, erur qochqali ko‘p daldasi har lahza panoh.
Faqr yo‘lig‘a agar kirmasa el, andindur
Kim, bu vodiyda xatar ko‘pturu ozdur hamroh.
Shoh dargahig‘a gar bor esa hojib moni’,
Ey gado, mujdaki behojib erur bu dargoh.
Xayru shar bo‘lmasa taqdirdin ayru, ey shayx,
Bas Navoiyg‘a gunah aylaganidin ne gunoh.
532
Sham’dek qomatu yuz sham’i ila jonona,
Qildi o‘rtarga ko‘ngullar qushini parvona.
Aqlning silsilai zulfunga vobastalig‘i,
Ko‘runur uylaki zanjir ichida devona.
Oshnodur chun sanga jon bila ko‘nglum azali,
Ne tafovut, manga bo‘lsang abadiy begona.
Ko‘p buzug‘ ko‘ngluma yog‘durma balo o‘qinikim,
Bir yog‘indin teng o‘lur yer bila bu vayrona.
Yor agar kulbai ehzonima kirmas, tong emas,
Kimsa bosh suqqudek ermas bu buzug‘ koshona.
Xonaqah ichra riyo ahlidin o‘ldum diltang,
Ey xusho ahli xarobot bila mayxona.
Bog‘lasam dayrda zunnor, ne tong, mundoqkim,
Dinni yag‘mo qiladur mug‘bachalar mastona.
Dema farzona biravdurki, ulustin chiqmish,
Teng ko‘rar chunki ulus boru yo‘qin farzona.
Ey Navoiy chu erur boisi g‘aflat ko‘p so‘z,
Qariding, ish qilako‘r, aytmag‘il afsona.
533
Firoq neshi ko‘ngulning ichiyu toshida,
Tikilmish onchaki, ohim chiqar xaroshida.
Namoz botil erur, chunki egridur mehrob,
Girihdur ofati din tushsa yer qoshida.
Visol vaqti yuzung o‘rtasa meni, ne ajab
Kim, o‘zga tob bo‘lur yorning quyoshida.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |