1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet38/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

3. Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi mavzuni tushuntirishda suyuqliklarning asosiy xossalariga katta e'tiborni qaratishi lozim. Oquvchanlik, siqilmaslik, hajmini saqlay olish, molekular tuzilishi haqida to'liq ma'lumotni berishi kerak.
Mavzuni yoritishda suyuqlikning qattiq jismdan farqi tushuntiriladi. Quyidagilarni tushuntirishga alohida e'tibor beriladi:

Mavzuni tushuntirish jarayonida slaydlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Dars jarayonida o'qituvchi muammoli hamda qiziqarli savollar bilan o'quvchilarga murojaat etsa, dars yanada mazmunli o'tadi.
Mavzuni tushuntirishda darslikda berilgan ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda molekular kuchlar haqidagi quyidagi ma'lumotlarni ham bayon etish tavsiya etiladi:
Moddaning molekulalari o'rtasida o'zaro ta'sir kuchlari bo'ladi, bu kuchlar molekular kuchlar deb ataladi. Agar molekulalar o'rtasida tortishish kuchlari bo’lmaganda edi, unda hamma moddalar har qanday sharoitda ham faqat gaz holatida bo'lgan bo'lur edi. Tortishish kuchlari tufayligina molekulalar bir-birlari yaqinida tutib turilib, suyuq va qattiq jismlar hosil qiladi.
Biroq tortishish kuchlarining o'zi atom va molekulalardan tuzilgan turg'un sistemalarning mavjudligini ta'minlay olmaydi. Molekulalar bir- biriga juda yaqin joylashganda ular orasida itarish kuchlari ta'sir qiladi.
Atom va molekulalarning tuzilishi. Atom, ayniqsa, molekula — elektron va atom yadrolaridan iborat zaryadli ayrim zarralardan tuzilgan murakkab sistemadir. Garchi butunligicha olib qaralganda molekulalar elektr jihatidan neytral bo'lsa-da, bir-biriga juda yaqin bo'lganida ular orasida ancha katta elektr kuchlari ta'sir qiladi. Qo'shni molekulalarning elektronlari va yadrolari orasida o'zaro ta'sir yuzaga keladi. Atom va molekulalar ichidagi zarralarning harakatini va molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlarini tavsiflash juda murakkab masaladir. Bu masala atom fizikasida o'rganiladi. Biz bu yerda faqat oxirgi natijani: ikki molekula orasidagi o'zaro ta'sir kuchining ular orasidagi masofaga taxminiy bog'lanishini keltirish bilan kifoyalanamiz.
Atom va molekulalar zaryadining ishorasi qarama-qarshi bo'lgan zaryadli zarralardan iborat. Bir molekulaning elektronlari bilan boshqa molekulaning atom yadrosi o'rtasida tortishish kuchlari ta'sir qiladi. Ayni vaqtda ikkala molekulaning elektronlari orasida va yadrolari orasida itarishish kuchlari ta'sir qiladi.
Atom va molekulalar elektr jihatidan neytral bo'lgani sababli molekular kuchlar yaqindan ta'sir etuvchi kuchlar bo'ladi. Molekulalar orasidagi masofalar molekulalarning o'lchamlaridan bir necha marta ortiq bo'lganda ular orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari amalda sezilarli bo'lmaydi.


    1. Download 5.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling