1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi


Download 274.04 Kb.
bet15/16
Sana19.06.2023
Hajmi274.04 Kb.
#1618333
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
26-30 biletlar

Iqtisodiy zona

Erkin iqtisodiy zona – yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hududdir.
Maxsus ilmiy-texnologik zona – innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hududdir.
Turistik-rekreatsion zona – unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilocharvaboshqaturistikahamiyatdagiobyektlarni),
maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart- sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hududdir.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasi – boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhan- dislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchunyeruchastkalariniajratish orqalishakllantiriladiganxizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.

4.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli.(kapital qo’yilmalar, ustav capital, qurilish industriyasi


) Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Kapital investitsiyalar asosan ularning qiymatini belgilaydigan jismoniy xususiyatlarga ega. Masalan, binolar, asbob-uskunalar, yer va boshqalar. O‘z navbatida, kapital investitsiyalar takror ishlab chiqa- radigan, (masalan, asbob-uskunalar) va takror ishlab chiqarmaydigan (masalan, yer, shaxtalar, san’at buyumlar) kabi turlarga bo‘linishi mumkin.18
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Portfel investitsiyalar turli loyihalar guruhlariga kapital qo‘yishni ifodalaydi. Masalan, korxona qimmatli qog‘ozlarini qo‘lga kiritish. Bunda investorning asosiy vazifasi portfel investitsiyalarni shakllantirish va maqbul boshqarish hisoblanadi. Portfel investitsiyalar qatorida pul-kredit operatsiyalari keng tarqalgan bo‘lib, investorning kapitali kredit sifatida bu omonatlardan keyinchalik foydalanish bilan depozit omonatlar ko‘rinishida bankka joylashtirish tushuniladi.
5.Xorijiy investorlarga yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va rag’batlantirishomillarini aytib bering.(xorijiy investitsiya, imtiyozlar, bojxona boji)
Xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy investitsi- yalarni jalb qilish, buning uchun zarur investitsiya muhiti hamda xorijiy investorlar uchun kafolatlarni yaratish – milliy iqtisodiyotning tizimli ta’minlanishi va ishlab chiqarish modernizatsiyasining eksport o‘sishi va import o‘rnini bosish ta’minlanishining muhim shartlaridandir.
xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga asosan quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi (5.1-rasm):

Download 274.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling