1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi


Download 274.04 Kb.
bet8/16
Sana19.06.2023
Hajmi274.04 Kb.
#1618333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
26-30 biletlar

Investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlariobyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladanchet el valutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni,obligatsiyalarni,veksellarvaboshqaqimmatliqog‘ozlarni;

  • ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar,uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);

  • intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan, u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik

hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni.


Real investitsiya – moddiylashgan asosiy va aylanma vosita (kapital) barpo etishga sarflanadigan mablag‘.
U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: «Real investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (yer, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar bu qog‘ozda bitil- gan shartnomalardir. Bularga oddiy aksiyalar va obligatsiyalar kiradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa, investitsiyalarning asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash institutlari- ning keng miqyosida rivojlanishi real investitsiyalarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Investitsiyalarning bu ikki xil shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchidir»3.

Fransuz olimi P.Masse va ingliz olimi J.Keynsning investitsiya mohiyatini aniqlashdagi mavjud tafovutlarda umumiy metodologik yondashuvifodalangan.Shundayekan,P.Masseta’kidlaydi:«investit-







3ШарпУ.,АлександерГ.,БейлиДж.Инвестиции:Пер.сангл.-М.:ИНФРА-М,1997.–7с.
siyalash bugungi kundagi ehtiyojning qondirilishini manfaat yordami bilan uning kelajakda kutilayotganini almashuv aktini o‘zida ifodalaydi»4. Ushbu ta’rifda investitsiyaning ikki tomonlama mohiyati

  • resurslarga sarflar va bu sarflarning natijalari yoritib berilgan. J.Keyns fikricha, investitsiyaushbu davrga daromadlar, ya’ni ehtiyoj uchun foydalanilmaydigan qismini o‘zida ifodalaydi. Bu «alohida shaxs yoki korporatsiyaning qandaydir eski yoki yangi mol-mulk xaridini, qaysiki yangi investitsiyalar daromad hisobiga turli ko‘rinishdagi kapital mol-mulk xaridini» ifodalaydi5.

  • 2.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli.(kapital qo’yilmalar, ustav capital, qurilish industriyasi)

  • Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.

  • Kapital investitsiyalar asosan ularning qiymatini belgilaydigan jismoniy xususiyatlarga ega. Masalan, binolar, asbob-uskunalar, yer va boshqalar. O‘z navbatida, kapital investitsiyalar takror ishlab chiqa- radigan, (masalan, asbob-uskunalar) va takror ishlab chiqarmaydigan (masalan, yer, shaxtalar, san’at buyumlar) kabi turlarga bo‘linishi mumkin.18

  • Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi. Portfel investitsiyalar turli loyihalar guruhlariga kapital qo‘yishni ifodalaydi. Masalan, korxona qimmatli qog‘ozlarini qo‘lga kiritish. Bunda investorning asosiy vazifasi portfel investitsiyalarni shakllantirish va maqbul boshqarish hisoblanadi. Portfel investitsiyalar qatorida pul-kredit operatsiyalari keng tarqalgan bo‘lib, investorning kapitali kredit sifatida bu omonatlardan keyinchalik foydalanish bilan depozit omonatlar ko‘rinishida bankka joylashtirish tushuniladi.

3.O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi?(Investitsiyaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar)



Download 274.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling