13 mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


BMTning asosiy maqsadi va vazifalari


Download 47.62 Kb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi47.62 Kb.
#1161517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-ma'ruza..

BMTning asosiy maqsadi va vazifalari:
1. Bosh Assambleya har yili jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar berib, tegishli qarorlar ishlab chiqadi. Garchand bu tavsiya va qarorlar a’zo mamlakatlar uchun majburiy bo‘lmasa-da, davlatlarning asosiy ko‘pchiligi ularni bajarishdan manfaatdordir. Ekologik masala va xavfsizlik kengashining qabul qilgan qarorlari esa a’zo davlatlar uchun majburiydir.
2. BMT o‘z a’zolarining suveren tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi va befarq ham bo‘lmaydi.
3. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti jahonda ro‘y berib turadigan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ko‘rib chiqadi, muhokama qilib, tavsiya va qarorlar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar asosan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarga qaratiladi. BMT fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekiston 1993 yil 24 avgustda BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tuzilmasi YUNESKOga a’zo bo‘ldi.
4. Siyosiy masalalar va xavfsizlik ishlari departamentining asosiy vazifasi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni siyosiy vositalar yordamida tartibga solib turish, xalqaro mojarolarni bartaraf etish, harbiy tajovuz yoki tabiiy ofatlar qurboni bo‘lgan xalqlarga yordamlashish, dunyoda mustahkam, barqaror tinchlikka erishish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga yordamlashishdan iborat. SHuningdek, harbiy mojarolarni bartaraf qilish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm (ayirmachilik)ga qarshi birgalikda kurashishda ham bu tuzilma faol ishtirok etadi.
5. Xalqaro sud: BMT tizimida jahondagi siyosatining mojaroli muammolarni xalqaro huquq qonun-qoidalari negizida adolatli va tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashadi:

  • “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr) ijrosini ta’minlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanadi;

  • BMT ustavi va xalqaro huquq prinsiplariga ko‘ra kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik bo‘yicha ish olib boradi;

  • ziddiyatlarni harbiy yo‘l bilan emas, balki tinch yo‘l bilan bartaraf etish uchun kurashadi;

  • o‘zaro hamkorlikka xizmat qiladi;

  • BMTga a’zo davlatlarni xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishga undaydi;

  • Davlatlar chegaralarining daxlsizligi, hududiy yaxlitligi, inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplarining ijrosini ta’minlashda a’zo davlatlarga amaliy yordam beradi va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi.


Download 47.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling