A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terminologiya
Prototerminlar (grek. proto – birinchi, termin - chegara)
fanlarning paydo bo‘lishidan oldin yuzaga kelgan va ishlatilgan maxsus leksemalardir (ehtimol 30-40 ming yil oldin). Shuning uchun ular tushunchalarni emas (fanning rivojlanishi bilan yuzaga kelgan), balki maxsus tasavvurlarni ataydilar. Prototerminlar yuzaga kelishidan oldin yo‘q bo‘lib ketmagan - hunarmandchilik lug‘atida va bizgacha yetib kelgan kundalik so‘z boyliklarida saqlanib qolgan (keng qo‘llanila boshlagan) so‘zlar. Vaqt o‘tishi bilan, kasb-korning maxsus so‘zlari va boshqa ba’zi faoliyat turlari ilmiy nazariyalarning paydo bo‘lishi bilan nazariy jihatdan asoslangan va ilmiy tushunchalar tizimiga aylantirilgan. Kasb-korning maxsus nutqida barqaror saqlanib qolgan ba’zi prototerminlar ilmiy terminologiyaga kiritilgan, qolganlari esa umumxalq ishlatiladigan fan leksikasi shaklida mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, eski terminologiyaning ko‘plab asosiy terminlari prototerminlar bo‘lib, ularning bir qator xususiyatlarini saqlab qolgan 1 . Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. 1 Гринев С.В. Введение в терминоведение. — М: Московский Лицей, 1993. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 14 Terminologiya termini birinchi marta 1786-yili Germaniyada professor Shyuts, rus tilida M.V.Lomonosov tomonidan qo‘llangan, Fransiyada XVIII asrda, ingliz tilida 1801-yili Katta Oksford lug‘atida qayd etilgan. V.M.Leychik terminning antik davrdayoq qo‘llanilganligini aytib o‘tadi 1 . Terminologiya (termin+logos – so‘z, ta’limot) ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. 1. Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. Masalan, grammatik terminologiya, san’at terminologiyasi va b. 2. Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi. Ayrim olimlar mazkur terminni 3 xil ma’noda qo‘llanilishini ta’kidlab o‘tadi: 1) Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. 2) Tildagi barcha terminlar majmui. 3) Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi 2 . Shunga ko‘ra, terminologiya termini adabiyotlarda «terminologik leksika», yoki qisqargan shaklda «terminoleksika», 1969-yildan so‘ng esa «terminologiyaga kirish (terminovedenie)», «terminologiya» deb atalib kelmoqda. Demak, terminologiya deganda uch ma’no anglashiladi: terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan terminlar tizimi, til tizimidagi barcha terminlar hamda tilshunoslikda terminlarni o‘rganuvchi bo‘lim sifatida qo‘llaniladi. Ammo keyingi paytlarda bu terminologiya ko‘proq nazariy aspektda qo‘llanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, terminologiyaning Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling