A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy terminologiya - terminologiyaning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi. 2. Nazariy terminologiya
- Qiyosiy terminologiya
- Onomasiologik terminologiya
- Kognitiv yoki gnoseologik terminologiya
1.4. Terminologiya tarmoqlari
Reja: 1. Terminologiya tarmoqlari. 2. Terminologiyaning til faktorlariga ko‘ra turi. Tayanch tushunchalar: termin, terminologiya, atama, atamashunoslik, terminshunoslik, amaliy terminologiya, nazariy terminologiya, xususiy terminologiya, tipologik terminologiya, semasiologik terminologiya. Terminologiya fani ham ko‘p tarmoqli fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud: 1. Amaliy terminologiya - terminologiyaning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi. 2. Nazariy terminologiya - terminologiyaga doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda termin haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Terminning A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 25 asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar olg‘a suriladi. 3. Xususiy terminologiya - terminologiya har bir konkret soha (fizika, kimyo, biznes va boshqalar)ning terminlar sistemasi, lug‘at sostavi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu sohaning boshqa soha terminlariga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret sohaning ilmiy terminologiyasini yaratishga intiladi. 4. Umumiy terminologiya - ma’lum bir soha emas, balki umuman terminologiya qonunlari, paydo bo‘lishi, terminning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, bu fanda konkret soha terminlarini, boshqa soha terminlari bilan aloqadorligini o‘rganish natijasida aniqlangan lingvistik faktlar umumiylashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. 5. Tipologik terminologiya - aniq bir terminlarning qurilishidagi xususiyatlar o‘rganilib, umumiy, universal terminologiya qonuniyatlariga qiyoslanadi. Bunda barcha terminlar, ularning kelib chiqishidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. 6. Qiyosiy terminologiya – turli tillar terminlarining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. 7. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning ma’nolari (semantikasi), semantik hodisalar – omonim, sinonim, antonim va boshqalarning ifodalanishi, muammolari o‘rganiladi. 8. Onomasiologik terminologiya – maxsus tushunchalarni nomlash va nomlarning optimal shakllarini tanlash jarayoni, maxsus leksemalarning tuzilishini tadqiq qiladi. 9. Funksional terminologiya – turli matnlar, professional muloqot va mutaxassislar tayyorlashdagi vaziyatlarda terminlarning zamonaviy vazifasi, kompyuter tizimi va nutqda terminlarni qo‘llanishidagi xosliklar, muammolar o‘rganiladi. 10. Tarixiy terminologiya – fanning yuzaga kelish va rivojlanish tarixi, o‘rganish metodlari va tuzilishi, fanlar tizimidagi tutgan o‘rni, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 26 nazariyalari, omillari hamda alohida terminshunoslik maktablarining yuzaga kelish tarixini o‘rganadi 1 . 11. Kognitiv yoki gnoseologik terminologiya – ilmiy bilish va mushohada qilish jarayonida terminlarning vazifasi, o‘rni kabi masalalarni tadqiq qiladi. 12. Metodologik Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling