A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Keys 1. «O‘zbek terminologiyasi» fani bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ing. Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: 1. «O‘zbek terminologiyasi» fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Bu fanning o‘qitilishi qanday sharoitlarda yordam beradi? 3. Fanning yuzaga kelishi haqida nimalar bilasiz? A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 21 4. Ayrim kishilar terminlarni, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash jarayonidagi kamchiliklardan ikkita sababini ayting va izohlang. 5. O‘zbek terminologiyasi bo‘yicha dastlabki tushunchalar qachondan kirib kela boshlagan? 6. O‘zbek terminologiyasining rivojida inson ishtiroki? 7. Terminlarning ishonchlilik darajasi haqida mustaqil mulohazalar yuriting? 8. O‘zbek terminologiyasida terminlarning to‘laqonli bo‘lishiga to‘siq bo‘luvchi omillarni sanang ? Keys 2. Bugungi kunda terminologiya sohasida turli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Turli sohalarga terminlar o‘zlashmoqda. Ammo hamma terminlar ham tilimizga kirib o‘z o‘rnini topa olmoqdami? Ushbu jarayonni «SWOT tahlil» qiling. S O W T 1.3. «O‘zbek terminologiyasi»ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi Reja: 1. «O‘zbek terminologiyasi»ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 2. «O‘zbek terminologiyasi»ning nolingvistik sohalar bilan aloqasi. 3. «O‘zbek terminologiyasi»ning lingvistik sohalar bilan aloqasi. Tayanch tushunchalar: termin, terminologiya, atama, atamashunoslik, terminshunoslik, nolingvistik sohalar, lingvistik sohalar, falsafa, mantiq, psixologiya. Terminologiya tilshunoslik fanining obyekti bo‘lib, u tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limidir. Terminologiya fani bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilganda, boshqa fan materiallari ham hisobga olinadi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 22 Fanning biror tarmog‘ini unda qo‘llaniladigan maxsus so‘zlar, ya’ni terminlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, terminologiya lingvistik va nolingvistik sohalarning barchasi bilan chambarchas bog‘liq. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling