A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152
Atamashunos - atamalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. 
Atamashunoslik - atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar 
bilan shug‘ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda 
Atamashunoslik qo‘mitasi tuzildi. Gazetadan
1

Ayrim olimlarning fikricha: «Termin» so‘zini belgilash uchun uni 
«atama» so‘zidan farqlash hamda bu ikki til birligini bir-biridan 
chegaralash maqsadga muvofiqdir. «Atama» bu har qanday predmet
belgi xususiyatni atash mumkin bo‘lgan umumiy tushunchadir. 
Adabiyotlarda bu ikki so‘zni biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanaveradi. 
Ammo olimlar tomonidan professional so‘zlarning terminologik 
leksikadan ajratib o‘rganish lozimligi tavsiya qilinganligi
2
masalaning 
o‘ziyoq terminologik tadqiqot ishlarining murakkabligidan dalolat 
beradi
3

Terminologiyani o‘rganish shundan dalolat beradiki, terminologiya 
sohasining taraqqiyoti antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos 
keladi.
Keyingi yillarda terminologiya (atamashunoslik)ning shakllanishi 
va rivojlanishi (terminlar haqidagi bilimlar, fan-texnika rivojlanishi 
tufayli o‘zlashayotgan terminlar va boshqalar) natijasida terminologiya 
hamda tilshunoslikda terminlarni o‘rganuvchi bo‘lim o‘rtasida har xil 
qarashlarning yuzaga kelishi natijasida fanning mutaxassislari o‘rtasida 
va bilimlarni yetkazishda qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Bunday 
muammolarning kelib chiqishi terminologiya fanini yuzaga kelishi va 
terminologiya sohasini tizimlashtirishga olib keldi. 
Terminologiyaga 
kirish 
– tilshunoslikda til tizimining 
terminlarini o‘rganuvchi soha.
1
O’zbek tilining izohli lug‘ati. – Тоshkent, 2006. 4-tom. –Б.113. 
2
Усмонов С. Ўзбек тили терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1962.- Б.17. 
3
Жўрабев А., Собиров А. Халқ томоша санъати терминларини тартибга солишнинг айрим масалалари / 
Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент, 1986. – Б.82. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
17 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling