A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


predmeti muayyan sohaning tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan  terminlar tizimi bo‘lib, uning vazifasi soha terminlarining nazariy-


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152
predmeti muayyan sohaning tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan 
terminlar tizimi bo‘lib, uning vazifasi soha terminlarining nazariy-
metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
Xullas, terminologiyaga oid adabiyotlarda terminologiya – maxsus 
so‘zlar – atamashunoslikterminologik tizim kabi terminlar parallel 
qo‘llaniladi.
1
Кухно И.Ю. Терминология – семиотическая система «второго порядка» / Language. Philology. Culture. 2014. 
№4. –стр.42-43. 
2
Гринев С.В. Введение в терминоведение. – М., 1993. – С. 309; Шелов С.Д. Терминология
профессиональная лексика и профессионализмы (к проблеме классификации специальной лексики) / 
Вопросы языкознания. – 1984. – № 5. – С. 76-87. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
15 
Terminologiyadagi tizimlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning 
o‘zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqador. 
Keltirilib 
o‘tilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, 
«terminologiya» va «terminologik tizim» tushunchalarini farqlash lozim. 
Lekin B.N.Golovin «terminologiya» va «terminologik tizim» 
ifodalarini «professional faoliyat sohalariga aloqador bir-biri bilan 
tushunchaviy, leksik-semantik, so‘z yasalishi va grammatik darajalarda 
bog‘langan terminlar majmui
1
»ni bildiruvchi sinonimlar sifatida 
ishlatishni 
taklif 
qiladi. 
Boshqa 
mualliflar 
esa, 
aksincha, 
«terminologiya» va «terminologik tizim» tushunchalarini farqlash 
lozimligini uqtirishadi, ya’ni «terminologiya» tushunchasi ostida
stixiyali tarzda to‘planib boruvchi terminlar majmuini, «terminologik 
tizim» deganda esa inson bilimlari yoki faoliyatining ma’lum bir 
ixtisoslashgan sohasini tasvirlovchi tushunchalar tizimini adekvat 
ifodalovchi tartibga solingan terminlar majmui»ni tushunishni taklif 
etishadi. Umuman olganda, terminologik tizimlar boshqa til tizimlaridan 
farqli ravishda ilmiy tushunchalarni tasniflash, sistemalashtirish va 
belgilash jarayonlarida yuzaga keladi. Terminologiyaning tizimli 
ekanini til doirasidan chiqmay turib asoslab bo‘lmaydi. 
Xulosa qilib aytganda, olimlar bu tushunchalar o‘rtasidagi 
prinsipial farqni terminlar majmuining tartibga solingan yoki 
solinmaganligida, deya belgilashmoqda. Boshqacha aytganda
terminologiyaning terminologik tizimga aylanishida uning tartibga 
solinganlik omili muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, termin – 
atama - so‘z termin, terminologiya - atamashunoslik kabi tushunchalar 
adabiyotlarda yonma-yon qo‘llanilib kelmoqda. Bunga «O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati»da quyidagicha ta’rif keltirilgan: 
Atama – 1. ayn. termin. 2. Umuman, nom. Pekin shamanni har bir 
xalq o‘z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelgan. «Fan va turmush». 
Respublikamizning o‘zidagina 400 dan ortiq turli tuman qovun 
1
Головин Б.Н. Лингвистические термины и лингвистические идеи / Вопросы языкознания. 1976, № 3. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
16 
atamalari mavjud ekan. «Fan va turmush». 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling