A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
terminologiya
– terminshunoslikning metodologik yoki falsafiy asosini tekshiradi 2 . 13. Stilistik terminologiya – funksional uslublarda terminlarning qo‘llanilishi o‘rganiladi. AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Berilgan terminalogiyaning sohalarini ularga muvofiq javoblar bilan moslashtiring. 1. Amaliy terminologiya – A terminologiyaga doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda termin haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. 2. Nazariy terminologiya – B terminologiyaning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi. 3. Xususiy terminologiya – C ma’lum bir soha emas, balki umuman terminologiya qonunlari, paydo bo‘lishi, terminning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. 4. Umumiy terminologiya - D terminologiya har bir konkret soha 1 Гринев С.В., Лейчик В.М. Функциональная и структурно-содержательная типология банков терминологических данных как фактографических АИПС / Научно-техническая информация. 1988. Сер.2. №10. С.2-4; Лейчик В.М. Терминоведение: предмет, методы, структура. – М., 2006. С. 175, 194. 2 Татаринов В.А. Теория терминоведение: в 3 т. – М., 1996. С. 73-199; Лейчик В.М. Терминоведение: предмет, методы, структура. – М., 2006. С. 195. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 27 (fizika, kimyo, biznes va boshqalar)ning terminlar sistemasi, lug‘at sostavi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu sohaning boshqa soha terminlariga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret sohaning ilmiy terminologiyasini yaratishga intiladi. 5. Tipologik terminologiya - E turli tillar terminlarining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. 6. Qiyosiy terminologiya - F aniq bir terminlarning qurilishidagi xususiyatlar o‘rganilib, umumiy, universal terminologiya qonuniyatlariga qiyoslanadi. 7. Semasiologik terminologiya - G maxsus tushunchalarni nomlash va nomlarning optimal shakllarini tanlash jarayoni, maxsus leksemalarning tuzilishini tadqiq qiladi. 8. Onomasiologik terminologiya - H maxsus leksemalarning ma’nolari (semantikasi), semantik hodisalar – omonim, sinonim, antonim va boshqalarning ifodalanishi, muammolari o‘rganiladi. 9. Funksional terminologiya - I fanning yuzaga kelish va rivojlanish tarixi, o‘rganish metodlari va tuzilishi, fanlar tizimidagi tutgan o‘rni, nazariyalari, omillari hamda alohida terminshunoslik maktablarining yuzaga kelish tarixini o‘rganadi 10. Tarixiy terminologiya - J turli matnlar, professional muloqot A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 28 va mutaxassislar tayyorlashdagi vaziyatlarda terminlarning zamonaviy vazifasi, kompyuter tizimi va nutqda terminlarni qo‘llanishidagi xosliklar, muammolar o‘rganiladi. 11. Kognitiv yoki gnoseologik terminologiya - K terminshunoslikning metodologik yoki falsafiy asosini tekshiradi 12. Metodologik terminologiya - L ilmiy bilish va mushohada qilish jarayonida terminlarning vazifasi, o‘rni kabi masalalarni tadqiq qiladi. 13. Stilistik terminologiya M funksional uslublarda terminlarning qo‘llanilishi o‘rganiladi. Javob 1 2- 3 4- 5 6- 7- 8- 9- 10- 11- 12- 13- Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling