A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
Qadimgi Xorazm tili va yozuvi. Qadimgi Xorazm yozuvi Oromiy 
yozuvi asosida shakllangan. Xorazm alifbosi miloddan avvalgi V-III 
asrlarda qo‘llanilgan bo‘lib, u 22 harfdan iborat. U Katta Oybuyirqal’a, 
Qo‘yqirilgan qal’adan topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu 
manba yagona aspabarak – otliq so‘zidan iborat.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
41 
Baqtriya tili va yozuvi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriylar so‘zlari 
yetib kelgan. Uning topilmalari milodning I asrlariga tegishlidir. 
Baqtriya yozuvi oromiy va qadimgi yunon alifbesiga asoslanib 
rivojlangan. Baqtriya tili va yozuvi namunalari Surxon vohasi
Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistondan topilgan bo‘lib, ular uncha yaxshi 
o‘rganilmagan. 
So‘g‘d tili va yozuvi. So‘g‘diyona viloyati Zarafshon, Qashqadaryo 
vohalarini o‘z ichiga olgan. Milodning I-IV asrlaridan boshlab, so‘g‘d 
yozuvi keng hududda tarqalgan. 
So‘g‘d tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, 
Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo‘g‘ulistondan topilib o‘rganilgan. 
So‘g‘d yozuvi 17 harfiy belgidan iborat bo‘lib, u qadimgi uyg‘ur, 
mo‘g‘ul va manjur yozuvlari uchun asos bo‘lgan. 
Sak tili va yozuvi. Sak(shak)lar Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda 
istiqomat qilgan ko‘chmanchi qabilalardir. Sak tilida yoritilgan eng 
qadimgi manba - bu Olmaota yaqinidagi Issiq qo‘rg‘oni, Andijonning 
Lo‘mbitepa, Termizning Fayoztepa, Afg‘onistonning Dashti Novur, 
Sharqiy Turkistonning Xotan vohasidan topilgandir. Bu yodgorliklar 
alifbesida 26 harfiy belgi mavjud. Bu yodgorliklarni o‘rganishga 
G.V.Beyli, M.J.Drezden, L.G.Gersenberg, I.M.Oranskiylar katta hissa 
qo‘shganlar. 
«Avesto», xorazmiy, baqtriy, so‘g‘d, sak tillaridagi ayrim atamalar, 
tushunchalar va nomlar hozirgi tillarda ham saqlanib ishlatilmoqda. 
Jumladan, «Avesto» so‘zlari bratar-birodar, aka(rus tilida brat), xapta – 
hafta, yetti; band – bog‘lab qo‘yish; zar – oltin; nau (nav) – yangi; ap – 
ob; framana – farmon; hovana – o‘g‘ir, keli; miysra – mehr, qasam, 
keng, yilning yettinchi oyi; Afrosiyob – Turon shohi; bod – shamol; 
bihisht – eng yaxshi jahon; raoshana – yorug‘, ravshan, oydin (bu so‘z 
Zarafshon nomida saqlangan) va hokazo. 
So‘g‘d tili so‘zlaridan quyidagilar hozirgi tillarda saqlangan: kand 
(kent) – shahar, qo‘rg‘on; tak – qurilish, gumbaz; kat – uy-joy, makon. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
42 
Masalan: Katob (Kitob) – daryo bo‘yidagi makon, qo‘rg‘on; Chortak 
(Chortoq) – to‘rt qurilish, gumbaz; Navkat (Navqat) – yangi uy-joy, 
makon. 
Yozma manbalarga ko‘ra yurtimizda eng qadimgi mahalliy tillar: 
turkiy, fors, arab va o‘zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va 
ma’muriy, adabiy va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari 
vazifasini bajargan
1
.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling