A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152
 
AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Terminologiyaning taraqqiyot bosqichlarining ketma-
ketlik zanjirini tuzing. 1) istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi; 2) 
eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasi; 3) sho‘rolar davri o‘zbek tili 
terminologiyasi; 4) eski turkiy til terminologiyasi; 5) qadimgi turkiy til 
terminologiyasi. 
 
 
 
 
 
 
 
2-topshiriq. Quyida berilgan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri? 
Javoblar jadvaliga «ha» yoki «yo‘q» so‘zlarini yozing. 
A.Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus 
tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan 
terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari 
zaminida tarkib topdi va takomillashdi. 
B.O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan 
terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, 
eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX 
asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va 
istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish. 
Taraqqiyot bosqichlari 
















A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
47 
C.Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik 
xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun 
iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik 
birliklar tarkibida terminologik leksika asosiy o‘rinni egallamagan. 
D.O‘zbek tili terminologiyasini davrlashtirish salkam o‘n to‘rt 
asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va 
intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish 
imkonini beradi. 
E.Qadimgi turkiy til terminologiyasi oʻz ichiga X-XII asrlarni
oladi. 
F.Eski turkiy til terminologiyasi oʻz ichiga XI-XIV asrlarni oladi. 
G.Eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi oʻz ichiga XV-XX 
asrlarni oladi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling